Beshinchi gurux uchun tarqatma material .
Monetarizm konsepsiyasi. Monetarizm iqtisodiy ta’limotlar tarixida keng tarqalgan mashhur va nufuzli
oqimdir. Bu oqimning atoqli namoyandasi Chikago universitetining professori,
iqtisod sohasida Nobel mukofoti sohibi Milton Fridman (1912) hisoblanadi. Uning
«Pulning miqdoriy nazariyasiga oid tadqiqotlar» nomli asari (1956) katta ahamiyatga
ega.
Bu maktab vakillarining diqqat markazida pul kategoriyasi va pul-kredit
dastaklari turadi. Monetarizm bozor iqtisodiyotida pulni olqishlovchi nazariya bo‘lib,
davlatning pul va ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlangan holda, pul
muomalasini nazorat qilish rolini tan oladi. Boshqa sohalarga davlat aralashuvini
inkor etadi.
Pulga bo‘lgan talab va taklif Inson bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘z boyliklarini har xil shakllarda (pul,
qimmatli qog‘ozlar, yer uchastkasi, ko‘chmas mulk) saqlashi mumkin. Boylikning bir
qismini pul shaklida ushlab turish maqsadga muvofiq. M.Fridmanning real kassa
qoldiqlariga bo‘lgan talab formulasi qo‘yidagi ko‘rinishga ega:
D
m
= M / R = F ( R
b,
Re, P
e,
K, Y/R, u),
Bu yerda: M / R – real kassa qoldiqlari summasi, R
b
va Re – obligatsiya va
aksiyalardan olinishi kutiladigan nominal daromad normasi, P
e
– baholar o‘zgarishi,
K – moddiy ashyoviy shaklda jamg‘arilgan boyliklar ulushi, Y/R – real daromad , u –
hisobga olinmagan omillar.
Muomalada pul taklifi markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi, tijorat
banklari beradigan kreditlar miqdori, qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bilan tartibga
solinib turiladi. Pul massasi ko‘p bo‘lsa tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab yuqori
bo‘ladi. Pul massasining ko‘payishi bilan baholarning o‘sishi kelib chiqadi, bu esa
tadbirkorlarni ishlab chiqarish xajmini kengaytirishga, mahsulot yetishtirishni
ko‘paytirishga rag‘batlantiradi.