L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#147186
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   135
Kitob 8491 uzsmart.uz

O‘qituvchi: 
Belgilangan vaqtda 
interaktiv usulni qo‘llab 
mashg‘ulotni qiziqarli va 
mazmunli o‘tishiga erishadi 
Talaba: 
Mavzuni to‘liq o‘zlashtirishga, 
mavzuning mohiyatini 
o‘rganishga, bir-birini fikrini 
xurmat qilishga va mustaqil 
fikrlashga o‘rgandi 
Kelgusi 
rejalar 
Interaktiv usulda 
mashg‘ulotlarni o‘tishga 
ko‘nikma hosil qilib boradi 
Gurux bo‘lib ishlashga , o‘zgalar 
fikrini tinglash va xurmat 
qilishga, o‘z fikrini mustaqil 
bayon etish kunikmasiga ega 
bo‘lib boradi 
Mashg‘ulotni olib borishda qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar va 
foydalaniladigan tarqatma materiallar bayoni. 
«3x4»va «Kichik guruxlarda ishlash» texnologiyasidan foydalanib boshg‘ulot 
olib boriladi. Buning uchun gurux 3tadan 4ta yoki 4tadan bir nechta teng sonli 


 
131 
talabalardan iborat kichik guruxlarga bo‘linadi. va ularga savol yuzasidan tarqatma 
materiallar beriladi.
Birinchi gurux uchun tarqatma material
. Keynsning iqtisodiy qarashlari
J.M.Keyns (1884-1946) "kapitplizmni tartibga solish"ga oid g‘oya tadqiqotchilaridan 
biri bo‘lib klassik maktabga qarshi davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi 
tarafdoridir. U qiymatning mehnat nazariyasini, qo‘shimcha qiymatni inkor etadi. 
Ularni ishlab chiqarish omillari konsepsiyasi bilan almashtiradi. A. Marshallning
Kembridj maktabining davomchidir. Uning bosh asari « Ish bilan bandlik, foiz va 
pulning umumiy nazariyasi»(1936)dir (qisqacha «Umumiy nazariya» deb ataladi).
Keyns ta’limotining xususiyatlari: 
1. Bozor munosabatlarining mavjud tizimi o‘z-o‘zini avtomatik tarzda tartibga 
sola olmasligi asos qilinib olinganligi. 
2. Iqtisodiyotning o‘sishi va eng yuqori ish bilan bandlikni ta’minlash 
davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi zarurligi(«aralash iqtisodiyot» otasi). 
3. Iqtisodiy hodisalar tahlilini makroiqtisodiy jihatdan (xususiy milliy daromad 
va jamg‘arish o‘rtasida bog‘liqlik va nisbatlarni) tadqiq etish zarurligi. 
4. Bandlik nazariyasi quyidagilarga asoslanadi: Bandlik ortishi tufayli, milliy 
daromad, ayni paytda istemol ham ortadi, ammo daromad istemolga nisbatan 
sekinroq ortadi, odatda insonlarning psixologik «qonuni»dan kelib chiqib, ularda 
jamg‘arishga moillik kuchayadi. Investitsiyaga imkon tug‘iladi va yangi korxona,ish 
joylari paydo bo‘ladi,bu esa iqtisodiyotni yanada rivojlantiradi. Oqibatda "samarali 
talab" kamayadi. Bu ishlab chiqarish hajmiga va bandlikka ta’sir etadi. 
5. Foiz pul qarzi (kredit)uchun beriladigan qonuniy haq deb hisoblanadi. 
Foizning miqdori "likvidlik afzalligi" (likvidlik - pulga tez aylana olish, qadrlilik)ga 
to‘g‘ri va muomiladagi pul miqdoriga teskari proporsionaldir. Investitsiyalarning 
umumiy hajmi bandlik hajmini belgilashda hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. Yangi 
investitsiyalar tufayli bandlikning o‘suvchi qo‘shimcha bandlikni vujudga keltiradi. 
qo‘shimcha bandlikning o‘sish koeffitsiyenti multiplikator deb ataladi. U bir 
tomondan investitsiya o‘sishini, ikkinchi tomondan bandlik va daromadlarning 
o‘sishi o‘rtasidagi nisbatni ko‘rsatadi. Multiplikator qo‘yilgan investitsiya qancha 
foyda berish koeffitsiyentidir. O‘sha davrdagi AQSH multiplikatori 2,5ga teng 
bo‘lgan, ya’ni 1dollar investitsiya 2,5dollar foyda keltirgan. 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin