134
Ular Keyns ta’limotini dinamik, harakatchan nazariya deb qaraydilar. "Yuqori
naf", ishlab chiqarish omillarining eng yuqori unumi nazariyalarini tanqid qilish
harakterlidir. Ijtimoiy institutlar roli ham kiritilgan. Bu ta’limda o‘sish va taqsimot
muammolari markaziy o‘rinni egallaydi. Ishlab chiqarish va o‘sish sur’atlari milliy
daromadning taqsimotiga bog‘liq, daromad va uning o‘sishi esa, jamg‘arma, umumiy
jamg‘arma esa, ish haqi va foydadan jamg‘arilgan jami summaga teng bo‘ladi.
Postkeynschilar kapitalistik iqtisodiyotni tartibga solish mexanizmini yanada
takomillashtirish tarafdorlari bo‘lganlar.
Rejadagi savollar «Kichik guruxlarda ishlash» texnologiyasi yordamida
o‘rganilib bo‘lingach, o‘tilgan mavzular bo‘yicha testlar savollari o‘tkaziladi. Buning
uchun kichik guruxlardagi talablar joylariga qaytadilar yoki o‘tirgan joyida test
yechadilar. Buning uchun har bir talabaga alohida test tarqatiladi. Talabalar
individual holda test savollariga javoblar belgilaydilar.
Dostları ilə paylaş: