18
tartiblab turish yo‘li bilan mamlakatning pul boyligini ko‘paytirishga
qaratilgan edi
(mamlakatning puli qancha ko‘p bo‘lsa, u shuncha boy hisoblangan).
Dastlabki merkantilistlar qo‘yidagi omillarni:
Eksport qilinadigan tovarlarga maksimum yuqori baho o‘rnatishni;
Tovarlar importini har tomonlama cheklashni;
Mamlakatdan oltin va kumushning oqib chiqib ketishiga yo‘l
qo‘ymaslikni maqsadga muvofiq hisobladilar.
Keyingi merkantilizm 16-asrning ikkinchi yarmidan 18-asrgacha bo‘lgan davrni
o‘z ichiga oladi. Bu davrga kelib mamlakatlar o‘rtasida savdo aloqalari keng va
muntazam rivojlana boshladi. Dastlabki merkantilistlarning «pul balansi» o‘rniga
keyingi merkantilistlarning «savdo balansi» nazariyasi kelib chiqdi. Keyingi
merkantilizmning asosiy
vakillari ingliz Tomas Mann, Jon Lokk, R.Kantilon,
fransiyalik Antuan Monkreten hisoblanadilar.
Mazkur konsepsiya vakillari dastlabki merkantilistlarni mamlakatdan tashqariga
pul chiqarishni man etgani, importni haddan tashqari cheklagani uchun tanqid qildi.
Ularning
fikricha, hukumatning tashqi iqtisodiy siyosatdagi asosiy vazifasi – aktiv
savdo balansiga erishishdir. (eksportning importdan ustun bo‘lishidir). Eksport va
import o‘rtasidagi farq – mamlakat boyligining o‘sishidir. Real boylik – bu «o‘lik
pullar» yig‘indisi emas, balki yangi pullarni, ya’ni pul kapitalini vujudga keltiruvchi
pullardir.
Keyingi merkantilizmning aktiv savdo balansiga
erishish uchun bir qator
tavsiyalari shulardan iborat edi:
Tashqi bozorlarni nisbatan arzon tovarlar sotish yo‘li bilan egallash;
Mamlakatda aktiv savdo balansini saqlab turgan holda tovarlar
importiga ruxsat etish (zeb-ziynat buyumlaridan tashqari);
Shu haqda yetuk ingliz merkantilist Tomas Men «agar mamlakatda pul
muomalasi qattiq
tartibga solinib turilsa, chetga monetani erkin chiqarilishini
taqiqlansa, unda tashqi savdoni normal rivojlantirib bo‘lmaydi» degan xulosaga
keladi.
O‘z
navbatida, fransiyalik Antuan Monkreten(1576-1621) «Siyosiy iqtisod
traktati» nomli asarida savdogarlarni ancha foydali toifa, deb hisoblaydi. U
manufakturani
rivojlantirishni, hunarmandchilik maktablarini tashkil etishni,
mahsulotlar sifatini yaxshilashni va mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar savdosini
kengaytirish bilan Fransiya bozoridan xorijiy savdogarlarni siqib chiqarishni tavsiya
qildi.
Dostları ilə paylaş: