L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


Merkantilizmning tarixiy ahamiyati



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#147186
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   135
Kitob 8491 uzsmart.uz

Merkantilizmning tarixiy ahamiyati. 
Merkantilizm, uning vakillari iqtisodiy ta’limotlar tarixida o‘chmas iz qoldirdi. 
J.M.Keyns «Merkantilizm to‘g‘risidagi mulohazalar»da bu ta’limotning ayrim 
g‘oyalarini qo‘llaydi, unda «amaliy donolik» kurtaklari borligi ta’kidlanadi. 
Eksportning importdan ko‘pligi, oltinlarning oqib kelishi esa pulga taklifni 
kuchaytirib, foiz stavkalarini pasaytiradi va shu bilan investitsiya hamda bandlikni 
rag‘batlantiradi. Keyns shularni «merkantilizm doktrinasidagi ilmiy haqiqat 
urug‘lari» deb ataydi.


 
19 
Merkantilizm Angliya va Fransiyada klassik siyosiy iqtisodning vujudga 
kelishiga sabab bo‘ldi.
Angliyada proteksionizm siyosati faol qo‘llanilishi natijasida savdo va sanoatda 
kata yutuqlarga erishildi. Buning natijasida XIX asrda Angliya ancha kuchli 
rivojlangan amalakat sifatida ichki va tashqi savdoda to‘la erkinlik siyosatini amalga 
oshira boshladi.
Fransiyada proteksionizm siyosatining noto‘g‘ri qo‘llanilishi oqibatida, ya’ni 
mamlakat tashqarisig don chiqarishni taqiq eti shva boshqa mamlakatlardan uning 
erkin olib kelinishi bilan fermer xo‘jaliklarin6ing shakllanishi va rivojlanishiga 
to‘sqinlik qilindi. Ammo proteksionizm siyosati olib borilishi natijasida Fransiya 
sanoatida qudratli manufaktura tarmoqi yaratildi. 
Ammo merkantilizmning asosiy va bosh xatosi shundan iborat ediki
mamlakat boyligi oltin va kumush zahiralardangina iborat bo‘lmay, yer, qurilish, 
boshqa ko‘plab iste’mol mollaridan iboratdir. Angliyalik Uilyamm Petti 18-asr 
oxiridagi pul miqdoriga baho berib, bu pullar barcha mulkning 3% dan kamroq 
ekanligini isbotlab beradi.
Aktiv savdo balansi faqat vaqtincha samara berdi.
 
Tayanch so‘z va iboralar: 
Merkantilizm, dastlabki va keyingi merkantilizm, «pul balansi», «savdo 
balansi», proteksionizm, savdo kapitalining asosiy tamoyili; kolbertizm.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin