32
baklifdan kam bo‘lsa, bozor
bahosi tabiiy bahodan past, agar talab taklifdan ko‘p
bo‘lsa, bahoning oshishiga va taklifning ko‘payishini rag‘batlantiradi. Bunda bozor
bahosi «tabiiy baho» atrofida tebranib turadi, u bozor
holatiga qarab undan yuqori
yoki past bo‘lishi mumkin.
Mehnat bozori va pul
A.Smitning ko‘rsatib berishicha, mehnat bozorida talab va taklifning mosligi
kuzatiladi, chunki taklifning talabga moslashuvi
nafaqat tovarlar bozorida, balki
mehnat bozorida ham amal qiladi. Masalan, aholining o‘sishi ishchi kuchiga bo‘lgan
talab bilan tartibga solinib turadi. Quyi sinflarda an’anaviy ravishda bolalarning
tug‘ilishi ko‘p bo‘ladi. Ammo
ishchi kuchiga talab ortmasa, albatta, ish haqi past
bo‘ladi va ularning ko‘pi kambag‘allikdan o‘lib ketadi.
Shuning uchun, yuqori ish haqi iqtisodiy taraqqiyot – progressga yordam beradi,
chunki u mehnat unumdorligini oshirish uchun rag‘batlantiradi. Uning asosiy fikri
shuki, cheklangan maosh olayotgan ishchi hech qachon to‘la kuch bilan ishlamaydi,
chunki u bundan manfaatdor emas. Lekin kam haq to‘lash
qanchalik ziyon keltirsa,
ortiqcha ko‘p maosh ham jamiyat uchun naf keltirmaydi.
Smit ish haqi tirikchilik uchun zarur minimum harajatlardan ancha ortiq bo‘lishi,
bolalar hayoti va tarbiyasiga oid harajatlar ham hisobga olinishi kerak, ish haqi milliy
boylik o‘sishiga bevosita bog‘liq degan fikrda edi.
U o‘z ta’limotida kapitalist ishchiga ish haqi sifatida ishchi mehnati tomonidan
yaratilgan qiymatning faqat bir qismini to‘laydi, ikkinchi qismini esa kapitalist foyda
sifatida o‘zlashtiradi degan fikrni ilgari surdi. Amalda foyda bu qo‘shimcha
qiymatdir. Bunda u kapitalizm tizimida ishchi mehnati sotiladi deb hisoblaydi.
Shuningdek, pulga bo‘lgan talab uning taklifini tartibga solib turadi. Smitning
fikricha, pul texnik qurol bo‘lib, iqtisodiy
jarayonlarni yengillashtiradi, uni
«muomalaning buyuk g‘ildiragi» deb baholaydi. Mamlakatda tovar muomilasi uchun
pullar qanchalik talab etilsa, shuncha pul taklif etiladi. A.Smit oltin va kumush
pullarni qog‘oz pul bilan almashtirish maqsadga muvofiq, uni esa banklar cheklangan
miqdorda chiqarishi zarur deb hisoblagan. Agar
mamlakatda tovar kamayib ketsa,
unda pullar import tovarlarini sotib olish uchun chetga chiqariladi. A.Smit
merkantilistlarni pulni ko‘paytirish konsepsiyasini tanqid qilib, iqtisodiyotda pulga
zarurat tovarlarga nisbatan kamroq bo‘ladi deb o‘ylaydi.
Mamlakatda pul massasi
qancha kam bo‘lsa, iqtisodiy yo‘qotishlar shuncha kam deb hisoblaydi. Biroq,
A.Smit pulning roliga yetarlicha ahamiyat bermaydi va unga zarurat, boshqa
tovarlarga qaraganda, doimo kamroq bo‘ladi, deb aytadi. Uning bu xatosini izdoshlari
o‘zlashtirib olib, klassik maktab nazariyasi o‘z ta’limotlarida qo‘lladilar.
Smit jamiyatning uch holatini: yuksalayotgan – progress, statsionar – turg‘un va
tanazzul – regressga uchragan holatlarini farqlagan. Birinchisida boylik ko‘payadi va
mehnatga talab-ehtiyoj ortadi. Statsionar holatda ishchilarning ahvoli og‘ir,
tushkunlikda esa ayanchli bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: