L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


T.Maltusning iqtisodiy ta’limoti. «Nufus qonuni»



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#147186
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   135
Kitob 8491 uzsmart.uz

T.Maltusning iqtisodiy ta’limoti. «Nufus qonuni». 
Ingliz iqtisodchisi Tomas Robert Maltus
(1766-1834) dvoryan oilasida 
tug‘ilgan. Uning asosiy asarlari « Aholi nufusi qonuni to‘g‘risidagi tajriba» (1798), 
«Yer rentasining tabiati va o‘sishi to‘g‘risida tadqiqot» (1815), «Siyosiy iqtisod 
prinsiplari» (1820) hisoblanadi.
Tadqiqot predmeti – ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish yo‘li bilan 
jamiyatning moddiy boyligini yanada ko‘paytirish masalasi qaraladi. Shu bilan birga, 
birinchi marta iqtisodiy o‘sish muammosini aholining o‘sishi bilan bog‘lashga 
harakat qilingan.
 
«Aholi nufusi qonuni» 
Muallifning xulosa qilishicha, aholi o‘sishi, agar u ongli suratda cheklanmasa, 
unda kambag‘allik, urushlar, kasalliklar va boshqa halokatli sabablar bilan to‘xtatib 
turiladi. 
T.Maltus 
aholining 
tez 
o‘sish sur’atini pasaytirish maqsadida 
kambag‘allarning nikohdan o‘zlarini tiyishlarini, kech turmush qurishlarini taklif 
qiladi. Lekin uning o‘zi ham o‘z tavsiyalarining to‘g‘riligiga unchalik ishonmagan. 
T.Maltus o‘z nazairyasini asoslab berishda tuproq unumdorligining pasayishi 
konsepsiyasidan foydalangan. Agar bitta yer uchastkasining o‘ziga ustma-ust mehnat 
sarflansa, u xuddi shunday nisbatda hosildorlikning o‘sishiga olib kelmaydi, chunki 
hosildorlik faqat mehnatga emas, balki tuproqning tabiiy unumdorligiga ham bog‘liq 
bo‘ladi. U berishi mumkin bo‘lgan narsadan ortiqchasini undan olib bo‘lmaydi. 
Hisoblab chiqqach, T.Maltus xulosa qiladi: insoniyat qancha harakat qilmasin
qishloq xo‘jaligidan u oladigan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori faqat arifmetik 
progressiyada o‘sishi, aholining soni esa geometrik progressiyada o‘sishi mumkin. 
 
T.R.Maltus «Nufus qonuni»ning matematik ifodasi 
 
Aholining o‘sishi 
Geometrik progressiya 
1,2,4,8,16,32,64,128… 
(2 barobar kup buladi) 
Tirikchilik 
vositalarining o‘sishi 
Arifmetik progressiya 
1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,… 
(absolyut miqdorga oshib 
boradi) 
200 yildan so‘ng 
Aholining 
o‘sishi 256 
marta 
Tirikchilik 
vositalari 

marta 
300 yildan so‘ng 
Aholining o‘sishi 9096 
marta 
Tirikchilik vositalari 13 
marta 
T.Maltus hisobidan shu narsa kelib chiqadi: agar yer kurrasi aholisi sonining 
o‘sishi cheklanmaydigan bo‘lsa, u chog‘da odamlar dahshatli ocharchilikka duch 
keladilar.
Bu nazariya barcha iqtisodiy ta’limotlar ichida eng qayg‘uli, eng ma’yuslisi 
hisoblanadi. Maltus «doktrinasi» avvalo, uslubiy jihatdan xato edi, chunki insonlar 


 
38 
o‘simlik va hayvonot dunyosidan farqli o‘laroq faqat iste’mol qilmaydilar, balki 
o‘zlari ishlab chiqaradilar va tirikchilik vositasini ko‘paytirish imkoniyatlariga 
egadirlar. Qolaversa, ingliz olimi o‘lim darajasiga e’tibor bermagan (o‘lim darajasi 
bilan aholining ko‘payish darajasi nisbatan bir xil) va jamiyat farovonligining o‘sishi 
tug‘ilishning kamayishiga olib kelishini ham hisobga olmagan. Chunki tug‘ilishning 
kamayishiga ta’sir etuvchi sabab urbanizatsiya – ya’ni jamiyatning rivojlanishida 
shaharning ahamiyati oshib borishi hisoblanadi. Shahar hayot tarzi ko‘p bolali 
oilalarning ko‘payishini keltirib chiqarmaydi. Agar qishloqda bola yoshligidan 
yordamchi hisoblansa, shaharda esa o‘z tarbiyasi uchun katta mablag‘ va vaqt 
sarflashni talab qiluvchi iste’molchi hisoblanadi. 
Biroq, Maltus g‘oyalarida bir qancha ijobiy fikrlar ham mavjud. 21 asr boshida 
planetamizda 6 mlrd.dan ortiq aholi istiqomat qilmoqda (1945 yilda aholi soni 2,5 
mlrd. edi) va bu ko‘rsatkich tobora ortib bormoqda. Eng muhim va ayanchli tomoni 
shundaki, kam rivojlangan va qoloq davlatlarda bu o‘sish tez bo‘lib, aholining 75% 
shu davlatlarga to‘g‘ri keladi. BMT ma’lumotiga ko‘ra hozir dunyoda 1 mlrd. 400 
ming kishi kambag‘al. Kam rivojlangan mamlakatlar turmush darajasini «jahon 
andozasi»ga «ko‘tarish» uchun resurslardan foydalanishni 50 baravar ko‘paytirishga 
to‘g‘ri keladi. Shuning uchun demografiya muammosi hozirda ham nihoyatda 
dolzarbdir. Bugungi kunda bu muammoni hal qilish maqsadida hatto oilani 
rejalashtirish chora-tadbirlari taklif qilinmoqda. 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin