38
o‘simlik va hayvonot dunyosidan farqli o‘laroq faqat iste’mol qilmaydilar,
balki
o‘zlari ishlab chiqaradilar va tirikchilik vositasini ko‘paytirish imkoniyatlariga
egadirlar. Qolaversa, ingliz olimi o‘lim darajasiga e’tibor bermagan (o‘lim darajasi
bilan aholining ko‘payish darajasi nisbatan bir xil) va jamiyat farovonligining o‘sishi
tug‘ilishning kamayishiga olib kelishini ham hisobga olmagan. Chunki tug‘ilishning
kamayishiga ta’sir etuvchi sabab urbanizatsiya – ya’ni
jamiyatning rivojlanishida
shaharning ahamiyati oshib borishi hisoblanadi. Shahar hayot tarzi ko‘p bolali
oilalarning ko‘payishini keltirib chiqarmaydi. Agar qishloqda bola yoshligidan
yordamchi hisoblansa, shaharda esa o‘z tarbiyasi uchun katta mablag‘
va vaqt
sarflashni talab qiluvchi iste’molchi hisoblanadi.
Biroq, Maltus g‘oyalarida bir qancha ijobiy fikrlar ham mavjud. 21 asr boshida
planetamizda 6 mlrd.dan ortiq aholi istiqomat qilmoqda (1945 yilda aholi soni 2,5
mlrd. edi) va bu ko‘rsatkich tobora ortib bormoqda. Eng muhim va ayanchli tomoni
shundaki, kam rivojlangan va qoloq davlatlarda bu o‘sish tez bo‘lib, aholining 75%
shu davlatlarga to‘g‘ri keladi. BMT ma’lumotiga ko‘ra hozir dunyoda 1 mlrd. 400
ming kishi kambag‘al. Kam rivojlangan mamlakatlar turmush darajasini «jahon
andozasi»ga «ko‘tarish» uchun resurslardan foydalanishni 50 baravar ko‘paytirishga
to‘g‘ri keladi. Shuning uchun demografiya muammosi hozirda ham nihoyatda
dolzarbdir. Bugungi kunda bu muammoni hal qilish maqsadida hatto oilani
rejalashtirish chora-tadbirlari taklif qilinmoqda.
Dostları ilə paylaş: