34
Qiymat konsepsiyasi.
D.Rikardo o‘z konsepsiyasi
asosida qiymat qonunini, ya’ni tovarlarning
qiymatini sarflangan mehnat bilan aniqlashni qo‘ydi. Unda u mantiqiy abstraksiya va
ilmiy deduksiya usullarini keng qo‘lladi. U tovarning ikki faktori: iste’mol va
almashuv qiymatlarini yanada aniqroq o‘rgandi (masalan,
nonni yeyish va sotish
mumkin). Foydalilik, ya’ni iste’mol qiymati almashuv qiymatining zaruriy sharti deb
ta’kidladi. Tovarning qiymati uni yomon ishlab chiqarish sharoitida tayyorlashga
ketgan jonli mehnat sarflari bilan hamda kapital va xom
ashyoni ishlab chiqarish
uchun ketgan oldingi mehnat sarflari bidlan o‘lchanadi. D.Rikardo ta’limotiga ko‘ra,
tovar qiymatini aniqlashda faqat uni ishlab chiqarishga ketgan mehnat sarflarini
emas, balki uning sifatini (malakali va murakkab mehnatga ko‘p haq to‘lanadi),
tovarni bozorga
olib kelishga ketgan vaqtni, asosiy va aylanma kapitaldan
foydalanish xususiyatini ham hisobga olish zarur.
Erkin takror ishlab
chiqarilmaydigan tovarlar qiymati esa nafaqat mehnat sarflariga,
balki noyoblikka
ham bog‘liq bo‘ladi.
Umuman olganda, D.Rikardo tomonidan ishlab chiqilgan qiymatning mehnat
nazariyasi sarfli prinsiplarga asoslangan.
Dostları ilə paylaş: