L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#147186
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   135
Kitob 8491 uzsmart.uz

 
Kapital va foyda 
J.S.Mill jamg‘arish natijasida vujudga keladigan mehnat mahsulotlari 
zaxirasini kapital deb atagan. Kapitalning har bir ko‘payishi ishlab chiqarishning 
kengayishiga olib keladi (investitsiya) va buning natijasida ish bilan bandlik doirasini 
kengaytirish imkoniyatini beradi.
Foydaning vujudga kelish sababini J.S.Mill xuddi 
A.Smit va D.Rikardoga o‘xshab tushuntiradi: «Foyda – mehnatning unumdorlik 
kuchi natijasida vujudga keladi… Agar mamlakatdagi barcha mehnatkashlar 
tomonidan yaratilgan mahsulot, ish haqi ko‘rinishida 20% ko‘p bo‘lsa, unda foyda 
20% tashkil etadi».
 
Pul, kredit va savdo nazariyalari 
J.S.Mill pulning miqdoriy nazariyasi tarafdori ekanligini ko‘rsatadi. Pul 
miqdorining ko‘payishi yoki kamayishi tovarlar bahosining nisbiy o‘zgarishiga ta’sir 
ko‘rsatadi. Ammo, agar pul zaxirada saqlanayotgan bo‘lsa yoki uning miqdorining 
ko‘payishi oldi-sotdi miqdorining ko‘payishiga muvofiq kelsa, pul miqdorining 
ko‘payishi bahoning oshishiga olib kelmaydi.
Foiz normasi ssuda fondiga bo‘lgan talab va uning taklifi bilan aniqlanadi.
Millning ko‘rsatib berishicha, mamlakatga oltinning kirib kelishi, agar u baho 
oshishiga olib kelsada, foiz normasini pasaytiradi. Foiz normasining pasayishi qisqa 
muddatli kapitallarni chet mamlakatlargaoqib o‘tishiga bu esa valyuta kursining 
tenglashishiga olib keladi. Markaziy bank foiz normasini oshirib, bankzaxiralarini 
himoya qiladi. Foiz normasining o‘sishi xorijiy kapitalllarning kirib kelishiga va 
valyuta kursining tenglashuviga olib keladi deb hisoblaydi. 
J.S.Mill shunday yozadi: «Kredit mamlakatning ishlab chiqarish resurslarini 
ko‘paytirmaydi, lekin kredit tufayli ular ishalab chiqarish faoliyatida ancha to‘liq 
ishlatiladi»
8
. Bunda oltinning kirib kelishi kreditningko‘payishiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Kredit to‘lovga qobil talabni kengaytirgach savdoda tovarlar narxining o‘sishiga va 
savdogarlarning foyda olish maqsadida tovarlar haridini ko‘chaytiradi, bu esa ssuda 
miqdorini ko‘paytiradi va baholarnini oshiradi. Bir oz vaqt o‘tgach baholarning 
o‘sishi to‘xxtaydi. Savdogarlar sotishga kirishadi. Narxlar pasaya boshlaydi. 
Savdogarlar zararni qoplash maqsadida bozorga shoshadilar, narxlar o‘sgaiga 
qaraganda tez pasayadi, natijada savdo inqirozi kelib chiqadi.
Erkin savdo munosabatlarini qo‘llash bilan birga, ayrim sohalarda 
(infratuzilma, Fan, qonunlarni chiqarish va b.) davlat aralashuvi kerak deb 
hisoblanadi. Mill ayniqsa, ta’lim sifatiga alohida e’tibor qiladi, xususiy maktablar 
tarafdori, yomon o‘qiganlar uchun jarima taklif etiladi.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin