42
o‘z g‘oyasini isbotlashda Seyning fikridan foydalangan bo‘lib, xizmatlar nazariyasi
bunga mos keladi, ya’ni almashuv, harid-savdo o‘zaro teng «xizmatlar»ni almashish
demaqdir. Bastia jamiyat hayotining qanday sohasida bo‘lmasin, faqat shaxsiy
xizmatlarni ustun qo‘yadi. U «Xizmat» deganda ishlab chiqarishda qatnashadigan va
foyda keltiradigan barcha narsalarni nazarda tutadi. Bundan shu
narsa
aniq bo‘lib
qoladiki, qimmat yaratishda ishlab chiqarishga faqat ishchilar emas, balki kapitalist
va yer egalari ham katta «xizmat» ko‘rsatadilar. Kapitalistning «xizmati»
unga foiz
olish imkoniyatini beradi, chunki ma’lum iste’molidan voz kechadi va bu
kapitalistning «qurboni» deb hisoblaydi. Bu Seniorning tiyilish nazariyasining
o‘zidir. «Tiyilish» so‘zi o‘rniga «orqaga surish» so‘zi qo‘yilgan, xolos.
Mehnat va kapital o‘rtasidagi uyg‘unlik, ya’ni garmoniyani yanada to‘laroq
isbotlash maqsadida Bastia o‘zining kapital jamg‘arilishi «qonuni»ni yaratdi va unda
Rikardoning foyda va ish haqining bir-biriga qarama-qarshi ekanligi to‘g‘risidagi
ta’limotini inkor etishga harakat qildi. F.Bastianing bu «qonuni»ga ko‘ra, mehnat va
kapital manfaatlari oliy darajada hamohangdir. Oqibatda kapitalistning foydasi va
ishchining maoshi bir vaqtda
va bir miqadorda oshib boradi, hatto ishchilarning
hissasi kapigalistlarnikidan tezroq o‘sadi deb hisoblaydi.F.Bastia o‘zining bu
nazariyasi yordamida kapitalistlar va yer egalari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni hal
etadi. U yer rentasini yer egasining yoki uning ota-bobolarining shu yerni ishlash va
yaxshilash xizmati uchun berilgan mukofot deb hisoblaydi. Shunday qilib kapital va
yer egaligi o‘rtasidagi Uyg‘unlik shu bilan hal etiladiki, yer rentasi yerga qo‘yilgan
kapital foizining bir ko‘rinishiga aylantiriladi. U renta va foydaning bir narsa deb
hisoblaydi.
Demak, Bastianing izohi bo‘yicha o‘sha davrdagi burjua jamiyati turli sinflar
o‘rtasidagi o‘z xizmatlari bilan almashib turuvchi «uyg‘unlashgan hamkorlik»
jamiyati tarzida namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy erkinlik
bu xizmatlar almashuvining
ekvivalentligining garovi hisoblanadi, chunki bu erkinlik nomutanosib harakatlarning
oldini oladi.
1775-85 yillardagi mustaqillik uchun Shimoliy Amerika va Angliya o‘rtasidagi
kurashda qozonilgan g‘alaba tufayli AQSH davlati vujudga keldi. Hokimiyat
tepasiga yangi sinf — burjuaziya o‘tirdi. AQSH burjuaziyasi ingliz burjuaziyasidan
anchagina farq qilar edi. AQShdagi hukmron sinf 1865 yilgacha qullikni saqlab qoldi
va ingliz siyosiy iqgisodiga zid ravishda o‘z siyosiy iqtisodini yaratishga tayyor edi.
Biroq AQShda siyosiy iqtisod klassik asosda vujudga kelmadi. Buning sababi shuki,
XIX asrning 20-30-yillarida AQShda kapitalizmning nisbatan tez rivojlanishi
ishchilar harakatining vujudga kelishiga va AQShda yuzaga kela boshlagan iqtisodiy
fikr klassik maktabga qarshi chiqdi. Bu g‘oyalar Genri Charlz Keri (1793-1879)
tadqiqotlarida o‘z aksini topdi.
Yirik noshirning o‘g‘li bo‘lgan G.Keri kommersiya sohasida katga yutuqlarga
erishdi. Boyib olgach, yirik fabrikantga aylandi va iqgisodiy tadqiqotlarga kirishdi. U
bir qancha iktisodiy asarlar muallifi edi. 1837-40-yillarda uning «Siyosiy
iqtisod
prinsiplari» va 1857-59 yillarda «Ijtimoiy fanlarning asoslari» nomli asarlari chop
etildi. G.Ch.Keri ingliz siyosiy iqtisodiga keskin qarshi chiqib, AQSH kapitalizmini
madh etdi. Uning asosiy asari «Manfaatlar uyg‘unligi» (1872) kitobidir. G.Kerining
43
qarashlari Angliyaga qarshi ruxda edi. U Rikardoning ta’limoti va Maltus aqidalarini
rad qildi.
G.Kerining metodologiyasi ob’ektiv iqtisodiy qonunlarni tabiat qonunlariga
almashtirish bilan tavsiflanadi.
G.Keri hamma iqgisodiy toifalarni ta’riflab berishga intildi. U qiymatni insonning
tabiatga hukmronligi o‘lchovi deb ta’rif berdi. U narxni predmetning o‘zini
ayirboshlash evaziga pul olish qobiliyati deb hisobladi. Kapital odamlarning tabiat
kuchlarini boshqarish imkoniyatini olishlarida yordam beradigan buyum yoki qurol
deb tushundi. G.Keri D.Rikardoning yer rentasi
nazariyasini tanqid qilib, uni
kapitalistlar va ishchilar o‘rtasidagi ziddiyat tarafdori deb hisobladi.
G.Kerining o‘zi esa rentani yer egalarining mehnati uchun mukofot deb hisoblab,
uni foiz bilan aynan bir narsa deb tushundi. Kerri burjua jamiyatini eng mukammal
jamiyat deb isbotlamoqchi bo‘ldi. U taqsimot qonunini o‘z nazariyasiga asos qilib
oldi. G.Keri proletariat bilan burjuaziya manfaatlarining bir xil, go‘yoki kapitalistik
jamiyatda mehnat unumdorligi oshishi bilan ish haqi ham oshib boraveradi, shuning
natijasida ishchi bilan kapitalistning iqtisodiy ahvolidagi tafovut asta-sekin kamayadi
degan qoida bilan asoslamoqchi bo‘ldi.
G.Keri kapitalistik jamiyatda ishchilar sinfi farovonligining oshib borishi texnika
taraqqiyoti bilan bog‘liq deb hisobladi.
Keri qullikni qo‘lladi (bu davrda AQShning janubida hali qul plan-tatsiyalari
mavjud edi). Proteksionizm
siyosati ham himoya qilindi, chunki AQSH hali yosh
davlat sifatida sanoati pastligi tufayli unga muxtoj edi, chunki Angliya sanoati bilan
ochiq raqobatda yengishi qiyin bo‘lgan. Shular tufayli Smit va Rikardolarning
fritrederlik (erkin savdo) siyosati to‘g‘ri kelmay qoldi.
Mehnat unumdorligining o‘sishi ishchilarning tirikchilik vositalari qiymati
pasayishi bilan bog‘liq, bunda ishchi kuchi qiymati ham pasayadi, kapitalistning
milliy daromaddagi hissasi esa oshib boradi. Keri kapitalist va yer egasi «manfaatlari
uyg‘unligi»ni isbotlab berishga intiladi. Bunda
ham u Rikardoga qarshi chiqadi,
ayniqsa, unundorligi past yerlarni ishga tushirishga monelik bildiradi. Keri Bastia
kabi rentani aslida kapitalga foiz shakli sifatida qaraydi, dehqonchilik xususiyatlarini
inkor etadi.
Keri «millatlar uyg‘unligi» haqida ham gapirib Buyuk Britaniyaning sanoat va
mustamlakachilik monopoliyasiga qat’iy qarshi chiqadi, boshqa davlatlarni agrar
xom ashyo manbaiga aylantirish siyosatini inkor
qiladi va shu maqsadda
proteksionizmni keng qo‘llash kerak, deydi.
Dostları ilə paylaş: