Ijtimoiy takror ishlab chiqarish nazariyasi K.Marks ijtimoiy mahsulotni uch qismga bo‘linadi:
1. Doimiy kapital (s) – moddiy sarflarga (amortizatsiya, xom ashyo, yoqilg‘i va
b.);
2.O‘zgaruvchi kapital (v) – ishchi kuchini sotib olishga bo‘lgan sarflar;
3. Qo‘shimcha qiymat (m).
Yalpi milliy mahsulot (SqVqm) bilan, sof milliy mahsulot (Vqm) bilan
aniqlanadi. Qo‘shimcha qiymat me’yori g= m/ V shaklida keltiriladi.
K.Marks iqtisodiyotni ikki bo‘linmaga bo‘ladi:
1-bo‘linma ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish,
2-bo‘linma iste’mol buyumlarini ishlab chiqarish.
Keyin u oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish o‘rtasidagi farqni
ko‘rsatib beradi. «Oddiy takror ishlab chiqarish» o‘zgarmas bo‘lib, unda sof
investitsiya nolga teng (F.Keneda oddiy takror ishlab chiqarish).
Iqtisodiy sikllar K.Marks iqtisodiyot rivojlanishi davrida to‘rtta ketma-ket bosqichlarni
(sikllarni) qamrab oladi: inqiroz, turg‘unlik, jonlanish, iqtisodiy o‘sish (yuksalish).
Sikli jarayon, K.Marks bo‘yicha, yuksalishdan boshlanadi. Yuksalish davrida
mehnatga bo‘lgan talab (jamg‘arish sababli) uning taklifidan oshib ketadi; ishsizlik
tugatiladi va ishchi kuchining nisbatan yetishmasligi sababli ish haqining oshishiga
olib keladi; natijada foyda kamayadi va jamg‘arish sekinlashadi.
Renta nazariyasi . K.Marks renta to‘g‘risida nazariya yaratdi. Unigcha, renta yerga bo‘lgan
mulkchilikni namoyon bo‘lish shaklidir. K.Marks differensial rentani tahlil qilib, bu
renta ayrim yer uchastkalarining hosildorligi bir-biridan farq qilganda hosil bo‘lishini
52
ko‘rsatib berdi. Differensial renta ikki shaklda- differensial renta 1 va differensial
renta 2 shaklida mavjud bo‘ladi.
K.Marks differensial renta bilan birga absolyut rentaning ham amal qilishini
ko‘rsatib beradi.