Iogan Genrix fon Tyunen (1783-1850)-shimoliy Germaniyalik bo‘lib,
(pomeshchik) qishloq xo‘jaligi bilan bevosita shug‘ullangan. Kurno g‘oyalarini
amaliy material bilan to‘ldirgan. Iqtisodiy model yaratgan. Modelga ko‘ra, xo‘jalik
doira shaklidan iborat bo‘lgan. Markazda qishloq xo‘jalik mahsulotlari iste’molchisi-
shahar, atrofda esa, bir hil tuproq unumdorligida bo‘lgan yopiq xudud tushuntiriladi.
Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari samaradorligi pasayib boruvchi konsentrik
doiralarga joylashtirilgan.
Belgilangan baho bilan ishlab chiqarish va taransport harajatlari orasidagi farq
asosida qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishning norentabelligi hisobab
chiqilgan.
Tyunenning fikricha, iqtisodiy jarayon ketma-ket kichik orttirmalar yo‘li bilan
rivojlanadi. Rivojlanishning ma’lum holatiga kelib keskin sifat o‘zgarishi ro‘y beradi.
Bu usul ishlab chiqarish optimal tarkibining ya’ni, mehnat va kapitalining o‘zaro
to‘ldirish jarayonining shakllanishiga imkon beradi.
Tyunen qo‘llagan usul keyinchalik iqtisodiyotda kichik orttirmalar va
cheklangan sharoitlar uslubi marjinalizmi nomini oldi.
Tyunen davlatning qishloq xo‘jaligi va milliy iqtisodiyotga munosabati
yoritilgan yagona asar yozgan. U Smitning daromad taqsimoti g‘oyasini hamda
Rikardodan bexabar holda diferensial renta g‘oyasini qiymatning mehnat nazariyasi
asosida rivojlantirdi.
Umuman olganda 19-asr kelib, iqtisodiyotga matematikaning targ‘ibi
mustaxkam asosga ega bo‘ldi.
Natijada, keyingi tadqiqotlarning ilmiy negizda bo‘lishiga katta hissa
qo‘shildi. Iqtisodiy jarayonlar tahliliga sinfiy-siyosiy tus berilishidan chetlashildi.
Tayanch so‘z va iboralar: nisbiy afzallik tamoyili; differensial renta; fritrederlik; Sey, «bozorlar qonuni», ishlab
chiqarishning uch asosiy omili; foydalilik; Maltus; arifmetik va geometrik
progressiya; «aholi nufusi nazariyasi»; tuproq unumdorligi pasayishi qonuni;
48
inqirozlar; Senior; tiyilish; so‘nggi soat nazariyalari; Bastia, Keri; iqtisodiy
uyg‘unlik, elastiklik, orttirmalar.