3-mavzu. O’zbek tilshunosligida metodologik almashinuv (4 soat) Tilshunoslik nazariyalari va tilni ilmiy tadqiq qilish metodlari



Yüklə 30,31 Kb.
səhifə1/4
tarix18.10.2023
ölçüsü30,31 Kb.
#156850
  1   2   3   4
3-маъруза (1)


3-mavzu. O’zbek tilshunosligida metodologik almashinuv (4 soat)
Tilshunoslik nazariyalari va tilni ilmiy tadqiq qilish metodlari
Reja:

  1. Tilshunoslik nazariyalari uchun zarur tushunchalar. Sotsiolingvistika, kognitiv tilshunoslik, psixolingvistika, lingvokulturologiya, paralingvistika, etnolingvistika, antropololingvistika.

  2. Tilshunoslik metodlari. Qiyosiy-tarixiy metod. Tarixiy metod. Qiyosiy metod. Tavsif qilish metodi. Distributiv metod. Transformatsiya metodi. Komponent tahlili metodi. Maydon metodi.

Hozirgi davr tilshunosligida ko‘pgina ilmiy taqlimot va nazariyalar hamda tillarni ilmiy tadqiq qilish metodlari va tillarni amaliy o‘rganish metodikalari mavjud. Ularni asta-sekin tilning har sathini o‘rganish jarayonida o‘rganiladi. SHu sababli tilshunoslik nazariyalariga doir eng zarar ma`lumotlarni keltirib, uning ilmiy tadqiq qilish metodlarini izohlab beramiz.


Tilni o`rganish metodologiyasi va metodlari. Ob`ektni bilish jarayonida tadqiqotchi unga muayyan metodologiya va tekshirish metodi asosida yondashadi. O`rganilayotgan ob`ektni qay darajada ob`ektiv izohlash tadqiqotchining qanday metodologiya vatadqiqot metodiga tayanishiga bog`liq. Shuning uchun har qanday fanda metodologiya va metod tayanch nuqta bo`lib xizmat qiladi.
Metod yunoncha methodos so`zidan olingan bo`lib, tadqiqot usuli demakdir. Metodologiya esa yunoncha methodos "tadqiqog usuli" va logos "ta`limot" so`zlaridan olingan bo`lib, fanning tadqiqot usullari haqidagi ta`limotdir.
Metodologiya umuman ilmiy metod haqidagi ta`limot hamda xususiy fanlar metodlari haqidagi ta`limot, ya`ni bilish faoliyati yo`llari haqidagi ta`limot sifatida har qanday fan nazariyasi va amaliyotida katta ahamiyatga ega [Shermuhammedova N.Falsafa va fan metodologiyasi.Toshkent, 2005.211-bet]. Ko`rinadiki, metodologiya va metod tushunchalari o`zaro uzviy bog`liqdir. Xususii fan metodlari bilan umumiy ilmiy metod bir-biri bilan munosabatdadir. Bilish usullari umumiy va xususiy bo`ladi. Shuning uchun u falsafiy metod, ya`ni umuman bilish usuli haqidagi metod va umumilmiy metodlarga bo`linadi. Birinchi holatda metodologiya u yoki bu falsafiy sistemaga xos bilish metodi tamoyillariga muvofiqligi sifatida tushunilsa, ikkinchi holatda esa metodologiya u yoki bu fan tarmog`iga xos tadqiqot metodlari haqidagi ta`limot sifatida tushuniladi. Fan metodologiyasi bilishning falsafiy metodining muayyan fan doirasida o`rganilayotgan ob`ekt xususiyatlaridan kelib chiqqan holda konkret qo`llanilishidir. Falsafiy metod, ya`ni bilish metodi tabiat, jamiyat va tafakkurning umumiy qonuniyatlari haqidagi ta`limot sanaladi. Umummetodologik tamoyillar turli fanlar bergan ma`lumotlarni umumlashtirish asosida vujudga keladi. Har qanday fan maxsus tadqiqot metodlarini ishlab chiqadi. Bu ilmiy tadqikot metodlari falsafiy va mantiqiy metodlar bilan umumilmiy metodlar orqali muvofiqlashadi. Xususan, tilshunoslikda qo`llaniladigan metodlar matematika yoki fizikada qo`llaniladigan metodlardan farq qiladi. Fizikada asboblar yordamidagi eksperiment metodi ustuvorlik qilsa, tilshunos matn taxlili va uni umumlashtirish usulidan ko`proq foydalanadi. Tilshunoslikda tavsifiy, qiyosiy-tarixiy, struktur singari metodlar qo`llaniladi va ulardan qaysi birining ustuvor metodga aylanishiga ko`ra tilshunoslik tarixi ham turli bosqichlarga bo`linadi. Metod atamasi bilan metodika atamasi ko`p hollarda sinonim sifatida ishlatiladi. Lekin metod va metodika bir-biridan farq qiladi. Metod bilish usuli bo`lsa, metodika bilish usulida qo`llaniladigan yo`l-yo`riqdir. Bilish usullari va tilshunoslik metodlari. Har qanday fan
asosida kishilarning olamni bevosita kuzatishi yotadi. Inson o`zini qurshab
turgan olam uzvlarini sezgi organlari yordamida his qiladi, boshqalariga
solishtiradi, farqli va o`xshash belgilarini aniqlaydi, so`ngra muayyan xulosaga keladi. Demak, har bir fan insonlarning olamni kuzatishi, bilishi jarayonida, uning natijasida paydo bo`ladi. Fanning asosi bo`lgan bilish uzoq vaktlardan buyon mutafakkirlarni qiziqtirib keladi. Jumladan, bizning bobokalonlarimiz ham bu sohada o`zlarining qimmatli fikrlarini bayon qilganlar. Dunyo allomalari ichida ikkinchi muallim nomi bilan mashhur bo`lgan Forobiy bilishning ikki darajasini ajratadi. Xususan, u "Ilmlarning kelib chiqishi to`g`risida» («Ixso al-ulum») asarida ilmning kelib chiqish sabablari haqida fikr yuritib, quyidagilarni bayon qiladi: Olamda substantsiya (javhar) va aktsidentsiya (oraz) hamda substantsiya va aktsidentsiyani yaratuvchi marhamatli ijodkordan boshqa hech narsa yo`qdir".
Forobiyning tilga olgan javhar va oraz haqidagi bu fikri bilish nazariyasida buyuk inqilob edi. Chunki bizni qurshab turgan olam va uning unsurlari javhar va orazlarning o`zaro dialektik munosabatidan tashkil topgandir. Forobiy tilga olgan javhar va oraz tushunchalari ostida nima yotadi? Har qanday narsa dastlab bizning sezgi organlarimizga ta`sir qiladi. Ana shu sezgi organlarimiz yordamida his qilish mumkin bo`lgan belgilar oraz
sanaladi. Oraz Aristotel` falsafasidagi aktsidentsiyani bildiradi. Forobiyning tushuntirishicha, orazni besh sezgi organlari yordamida his etamiz. Xususan, rang ko`rish sezgi organi orqali; ovoz eshitish organi orqali; maza-ta`m — maza sezgi organi orqali; predmetlarning holati: sovuq-issiqligi, qattiq-yumshoqligi tana sezgisi orqali, hid hidlash organi
orqali xis etiladi. Bu sezgi organlari insondan tashqari hayvonlarda ham mavjuddir. Demak, yuqoridagi sezgi organlari barcha jonzotlarga xos. Ular orqali har qanday jonzot o`zini qurshab gurgan olamni amaliy biladi, unga moslashadi. Har qanday fan amaliy bilish ustiga qo`yilgan nazariy bilimga
asoslanadi. Bilish esa falsafa fanining asosi sanaladi. Nazariy falsafa
asoschisi I.Kant uning o`rganish predmeti narsalar (tabiat va jamiyat) emas,
balki insonning bilish faoliyatini ilmiy tekshirishdan, inson aqliy faoliyatini aniqlashdan iborat ekanligini ta`kidlagan edi..Falsafa insonning o`z mohiyatini anglashi, borliqning gurli sohalariga oid bo`lgan hodisa va voqealar haqida, ularning tub mohiyatini ifodalaydigan umumiy xulosalar chiqarishi demakdir. Falsafiy tafakkur olamidagi narsa va hodisalarni fikrda umumlashtirib, o`zaro bog`liqlikda va rivojlanishda o`rganish, ularning mohiyatini muqurroq va to`laroq bilishdir. Fayasafa markazida borliq va uni bilish muammosi yotadi. I.Kantning ta`kidlashicha, bizning ongimizdan tashqarida, unga bog`liq bo`lmagan holda «narsalar olami» mavjud. Bunday narsalarni u «narsa o`zida» deb nomlaydi. Bilish ana shu «narsa o`zida»ning sezgi organlarimizga ta`siri natijasida hosil bo`ladi. Uning fikricha, sezgi organlarimizga ta`sir qiladigan «narsa o`zida»ning sir-asrorlarini bilish mumkin emas. Gegelning fikricha, dastlab olam va tafakkur ayniyati bo`lgan va bu ayniyat dunyoning substantsional (zotiy) aso-sini tashkil etgan. Tafakkur faqat sub`ektiv inson fao-liyatigina emas, balki ob`ektiv mohiyat, barcha mavjudotning birlamchi manbai bo`lgan. Tafakkur modda, tabiat holida o`zini «begonalashtiradi». «Absolyut g`oya»ning oliy tataqqiyot bosqichi «absolyut ruh», ya`ni insoniyat, insoniyat tarixi sanaladi. Gegel` tarixiy jarayonning dialektik xarakterini tadqiq qilar ekan, til taraqqiyotita alohida ahamiyat beradi. U tilni nazariy aqlning yaratuvchisi hisoblaydi, chunki til uningtashqi ifodasi sanaladi. Insonning sezgi organlari yordamida hosil bo`lgan bilimi hissiy yoki amal bilish sanaladi. Bulardan tashqari, inson xayol surish, nutq yordamida ham bylimga ega bo`lishi mumkin. Bilishning bu yo`li quvvai notiqa va quvvai mutahayyila deyiladi. Notiqa quvvati boshqa barcha quvvatlarning
(sezgilarning) etakchisidir. Hissiy bilim bilish jarayonining markaziy nuqtasi sanalsa ham, lekin u ko`pincha aldab qo`yishi mumkin. Masalan, Quyosh er atrofida aylanayotganday ko`rinadi, aslida esa aksincha. Shuning uchun bizning ajdodlarimiz hissiy bilish bilan idrokiy bilishni ajratganlar. Idrokiy bilish xissiy bilimlarni solishtirish, qiyoslash, umumlashtirish, hissiy bilimlarning hosil bo`lishiga asos bo`lgan orazlar) (aktsidentsiyalar) zamirida yashiringan mohiyatni — javharni aniqlash orqali hosil qilinadi. Masalan, tanada isitmaning ko`tarilishini aniqlash hissiy bilim sanaladi. Lekin har qanday harorat o`z-o`zidan ko`tarilmaydi. Uninya ma`lum ichki sabablari bor. Ana shu sababni aniqlash isitn maga o`xshash, u bilan bog`liq bo`lgan bir qancha hissiy bilimlarni solishtirish, qiyoslash, umumlashtirish orqali amalga oshiriladi va isitma nimaning alomati ekanligi aniqlanadi.
Solishtirish, qiyoslash, mantiqiy umumlashtirish orqali hosil qilingan bilim idrokiy, nazariy bilim sanaladi. Bu bilim orqali orazlar zamiridagi javhar belgilanadi. Har qanday fan ana shu belgilarni keltirib chiqaradi. Bundan ko`rinadiki, hissiy (fahmiy) bilim tajriba, amaliyot, bevosita kuzatish bosqichi sanalib, haqiqiy nazariy (idrokiy) bilim amaliy bilimlarning o`zaro mun nosabatini o`rganish, umumlashtirish orqali hosil qili-nadi va bu bilimga ega bo`lish har qanday fanning bosh maqsadidir. Bilishning bu ikki bosqichi hozirgi davrdan barcha fan vakillari tomonidan e`tirof qilinadi. Jumladan, tilshunoslikda ham bu ikki usulga amal qilinadi. Qaysi usulga tayanishga ko`ra tilshunoslik amaliy va nazariy tilshunoslikka bo`linadi.
An`anaviy tahlil metodlari.
Tavsifiy metod. Tavsifiy metod tilshunoslikda eng qadimiy va eng keng tarqalgan metod hisoblanadi. Ayniqsa bu metod til o`qitish tajribasi uchun katta ahamiyatga ega. Tavsifiy metodning o`ziga xos jihati shundan iboratki, u ob`ektni bevosita sezgi a`zolari bergan ma`lumotga asoslanib o`rganadi. Xususan, tilshunoslikda o`rganish ob`ekti matn hisoblanadi. Matndan gaplar, gaplardan so`zlar, so`zlardan morfemalar, morfemalardan tovushlar
ajratiladi va ular muayyan guruhlarga birlashtirilgan holda tavsiflanadi.
Tavsifiy metod ma`lumotlari boshqa barcha metodlar uchun tayanch nuqta bo`lib xizmat qiladi. Xususan, struktur metod tavsifiy metod xulosalariga tayangan holda ish ko`radi. Yoki qiyosiy-tarixiy metod uchun ham qiyoslanayotgan
ob`ekt haqidagi izohni tavsifiy metod beradi. Demak, u Kam tavsifiy metod xulosalari asosida ish ko`radi. Qiyosiy-tarixiy metod. Olamni bilishda o`rganilayotgan ob`ektni qiyoslash katta rol` o`ynaydi. Oldin o`rganilgan ob`ektni yangi o`rganilayotgan ob`ektga qiyoslash bilishning eng asosiy usullaridan biridir. Qiyoslash natijasida qiyoslanayotgan ob`ektlarning umumiy va o`ziga xos jihatlari aniqlanadi. Bunday usul tilshunosliqda ham qardosh va qardosh bo`lmagan tillarning umumiy va o`ziga xos jihatlarini yoritishda keng qo`llaniladi. Shuning uchun ham qiyoslash umumilmiy tafakkur jarayoni sifatida lingvistik tahlilning barcha metodlarida uchraydi. Lekin lingvistik tadqiqot metodikasida bir tilning ichki guzilishi bo`yicha qiyoslash va tillararo qiyoslash jiddiy Farqlanadi. Bir tilning ichki tuzilishi bo`yicha qiyoslash shu tilning turli grammatik hodisalari va kategoriyalarini o`z ichiga oladi. Masalan, sifat bilan ravish qiyoslanadi va
ularning umumiy hamda o`ziga xos jihatlari aniqlanadi. Tillararo qiyoslashda turli tillar bir-biriga taqqoslanadi. Tillararo qiyoslash, bir tomondan, qardosh tillarni, ikqinchi tomondan, noqardosh tillarni o`rganish va o`qitish gajribasi ta`sirida maydonga keldi. Tillararo qiyoslash o`ziga xos tadqiqot usullari sistemasiga ega. U ikki xil tilshunoslik metodini vujudga keltirdi. Birinchisi, qardosh tillarni qiyoslash, ikkinchisi esa noqardosh tillarni qiyoslash. Birinchi tipdagi qiyoslashda qardosh tillardan bittasini boshqasiga qiyoslash yo`li bilan ularning tarixiy taraqqiyoti, ular o`rtasidagi farqlanish jarayoni ochib beriladi. Bunday qiyoslash qiyosiy-tarixiy metod asosida olib boriladi. Bu metod tillarning genetik umumiyligiga asoslanadi. Ikkinchi tipdagi qiyoslash turli sistemadagi tillar asosida olib boriladi va uning natijasida tipologik kategoriyalar anikdanadi. Bunday metod qiyosiy-chog`ishtirma metod sanaladi.
Struktur metod va uning yo`nalishlari. Tilshunoslik tarixida strukturalizm XX asrning 70-yillaridan boshlab hukm surgan yosh grammatikachilarning lingvistik qarashlariga qarshi maydonga chiqa boshladi. Ularning yosh grammatikachilarga qarshi chiqishiga frantsuz "sotsiologik maktabi" va Fosslerning "nemis neofilologik maktabi" qarashlari ma`lum darajada zamin yaratdi. Garchi bu maktablar yosh grammatikachilar qarashlarida tamoman uzilmagan bo`lsa ham, lekin tilni, bir tomonda sotsial fakt", ikkinchi tomondan, psixologizm deb "tushunish strukturalizmning maydonga kelishiga turtki bo`ldi. Har qanday ilmiy oqim kabi strukturalizm xam O`z g`oyaviy asoslariga ega. Struktur tilshunoslikning paydo bo`lishiga I.A.Boduen de Kurtene va F.de Sossyur qarashlari asos bo`lib xizmat qildi.
I.A.Boduen de Kurtene tilshunoslikka funktsionallik tamoyilini olib kirdi. Uning ma`nosi shuki, lingvistik vositalar nutq jarayonida bajaradigan vazifasiga qarab belgilanadi. Bunday tamoyil fonetika soxasida fonema tushunchasining tug`ilishiga olib keldi. U nutqiy jarayondagi fiziologik tavsifi bilan teng bo`lmagan tovush xaqida fikr yuritdi. Natijada fonema tushunchasiga asos soldi. Shveytsariya tilshunosi F.de Sossyurning tilshunoslik oldidagi buyuk xizmati shundaki, u sinxroniya bilan diaxroniyani aniq farqladi. Shuningdek, sinxron nuqtai nazar ma`lum bir tilning muayyan bir davrida mavjud bo`lgan elementlarning o`zaro uzviy bog`lik. bo`lgan sistemani hosil qiladi, degan fikrga kelishiga imkon tug`dirdi. Uning fikricha, til qismlari sinxron munosabatda o`rganilishi mumkin bo`lgan sistemadir. Garchi sinxroniya va diaxroniya urtasidagi munosabat, tilning sinxron xolatiga xos sistemaviylik dastlab Boduen tomonidan olga tashlangan bo`lsa ham, lekin Sossyur tomonidan aniq, ifodasini topdi va uning bu ikki bosh g`oyasi, ya`ni tilning sinxron tahlili, til sistemasi hamda til strukturasi va til funktsiyasi haqidagi g`oyalar yangi tilshunoslikning shakllanishida tayanch nuqta bo`lib xizmat qildi. V.Matezius fikriga ko`ra, Boduen, Sossyur g`oyalariga asoslangan fuktsional va struktural nuqtai nazar xozirgi kunda tilshunoslik istiqboli uchun puxta zamin yaratuvchi yagona nazariyadir.
F.de Sossyurning tilga elementlar munosabatidan tashkil topgan butunlik sifatida yondashuvi, nutqiy faoliyatningi til va nutq o`rtasidagi o`zaro munosabatdan tashkil topgan butunlik deb e`tirof etishi, tilning sinxron va diaxron holatini aniklab berishi va uning belgilik tabiatini yoritishi struktur tilshunoslikning tug`ilishiga zamin yaratdi. Shuning uchun A.A.Xolodovich F.de Sossyur kitobining tilshunoslik tarixidagi axamiyati haqida fikr yuritar ekan, uning dunyoga kelishi tilshunoslik tarixida yangi davrning boshlanishiga olib keldi, deydi. Bundan tashqari, struktur tilshunoslikning paydo bo`lishiga XX asrda tabiiy fanlar qo`lga kiritgan yutuqlar ham sabab bo`ldi. Xususan, XX asrning birinchi choragida fizika fanida eng kichik zarrachalar kashf etildi. Buning natijasida bevosita sezgi a`zolarimiz ta`siriga beriladigan har qanday hodisalar o`z ichida ichki tarkibiy qismlardan gashkil topishi va bu tarkibiy qismlarning o`zaro munosabati strukturani hosil kilishi haqida fikr yuritildi. Shunday kilib, struktura atamasi ostida muayyan butunlik tarkibida ishtiroj etgan elementlar o`rtasidagi munosabatlar usuli, xarakteri, qonuni tushunila boshlandi. Agar XIX asrdagi ishmiy tadqiqotlar bevosita tajriba asosida faktlarni kuzatish va ularni ro`yxatga olish bi-lan cheklangan bo`lsa, XX asrga kelib, bu faktlar ostida yashirinib yotgan mohiyatni ochishga, ularning ichki uzvlari o`rtasidagi munosabatlarni, o`zaro ta`sirini yoritishga qaratildi. Barcha fanlar struktura va uni tashkil etgan elementlarning o`zaro
munosabatini o`rganishga asosiy e`tibor bera boshladi. Natijada fizikada nafaqat kristall va atomning strukturaga ega ekanligi, balki nur ham muayyan strukturadan tashkil topganligi ma`lum bo`ldi. Fiziologiyada I.P.Pavlovning oliy asab sistemasi haqidagi ta`limotining vujudga kelishi, matematikada 30-yillarda matematik struktura nazariyasining, psixologiyada struqtuga psixologiyaning maydonga kelishi ob`ektga struktura sifatida yondashuvning natijasi bo`ldi. Bu davrda struktura tushunchasi barcha fanlar uchun ommaviy tushunchaga aylandi. Bundan tilshunoslik ham istisno emas. Ana shunday umumiy tendentsiya ta`sirida sistemaviy struktur tilshunoslik maydonga keldi. Barcha fanlarda struktura atamasi keng qo`llanayotgan bo`lsa ham, lekin bu atama talqinida xilma-xillik vujudga keldi. Ana shunday xilma-xillik tilshunoslikka ham o`|z ta`sirini ko`rsatdi.
Tilshunoslikda struktura atamasi turli ma`noda talqin qilinadi. Ulardan keng tarqalgani ikki xildir: Birinchisida struktura deb o`zaro bog`langan va shartlangan munosabatda bo`lgan elementlardan tashkil topuvchi butunlik tushuniladi. Strukturaga bunday yondashuv o`rganilayotgan ob`ektni uni tashkil etgan elementlar o`rtasidagi ichki aloqa va bog`liqlikni yoritishni talab etadi.
Ikkinchi yo`nalishda esa struktura sof shakllar va sof munosabatlar sifatida tushuniladi. Shakl esa konkret qo`llanilishdan uzilgan holda talqin qilinadi. Ana shundan kelib chiqqan holda struktur tilshunoslikning turli tarmoqlari dunyoga keldi. Ular funktsional lingvistika, glossematika va deskriptiv lingvistika yo`nalishlaridir.
Zamonaviy tahlil metodlari. Deskriptiv tilshunoslikning tahlil metodlari quyidagilar: distributiv tahlil metodi, bevosita ishtirokchilar
metodi. Distributiv tahlil metodi. Deskriptiv tilshunoslik til tuzilishini ifoda va ma`nodan tashkil topgan butunlik, deb tushunadi va ifoda tuzilishini tilning bosh komponenti, deb hisoblaydi [Glison G.
Vvedenie v deskriptivnuyu lingvistiku. M., 1959. S.33.].
Mazmun tuzilishini esa ikkinchi muhim komponent sifatida baholaydi. Lekin mazmuniy tuzilishga munosabat Amerika tilshunosligida bir xil emas. Shuning uchun lingvistik ma`no va uning lingvistik tadqiqotlardagi o`rni masalasi Amerika tilshunosligining fundamental muammosiga aylandi. Blumfild tilning ifoda va ma`no tomonini e`tirof etgan va ma`nopi konkret vaziyat bilan bog`liq ekanligini ko`rsatgan bo`lsa, Yel` maktabini tashkil etgan shogirdlari va izdoshlari (Dj Treyjer, Z.Xarris, B.Blok va boshq.) lingvistik tadqiqotlardan mazmuniy tomonni to`la chiqarib tashlash talabi bilan chiqdilar. Lingvistik birliklarning ifoda va ma`no tomonini e`tirof etuvchilar bu ikki tomonning o`z tuzilish birliklari mavjud ekanligini ta`kidlaydilar va asosan ifoda tuzilish birliklari tahliliga e`tiborni qaratadilar. Deskriptiv tahlil ob`ekti muayyan bir tildagi alohida tugal jumla sanaladi. Jumla esa ma`lum shaxs nutqining ikki pauza orasidagi parchasi hisoblanadi. Lekin jumla bilan gapning bir-biriga teng emasligi, jumla bir so`zdan ham, so`z birikmasidan ham, tugallanmagan gapdan ham tashkil topishi mumkinligi ta`kidlanadi. Deskriptivchilarning bayon qilishlariga ko`ra, lingvistik tadqiqot ma`lum bir dialektdagi jumlalarni to`plashdan va to`plangan materiallarni tahlil qilishdan iborat bo`ladi. To`plangan material, ya`ni matn elementlarga bo`linadi va bu elementlarning bir-biriga nisbatan distributsiyasi aniqlanadi. Lingvistik elementlarsinfi substitutsiya eksperimental texnikasi asosiga quriladi. Elementlarningbirikish qonunlari esa bevosita ishtirokchilar bo`yicha tahlil qilish asosida tiklanadi. Deskriptivchilarning ta`kidlashlaricha, segmentatsiya, substitutsiya, distributiv tahlil tilning har qanday aspektini tadqiq etishda qo`llanilishi mumkin. Bevosita ishtirokchilarga ajratish asosidagi tahlil esa faqat morfologiya va sintaksis doirasida qo`llaniladi. Til tuzilishini ifoda va ma`no, ya`ni shakl va mazmun tuzilishi munosabatidan tashkil topgan butunlik sifatida e`tirof etuvchi deskriptivchilar ko`proq shakliy tuzilish birliklarini o`rganishga e`tibor qaradilar. G.Glisonning bayon qilishicha, tilning mazmuniy sistemasini o`rganish shakliy sistemani o`rganishga nisbatan birmuncha sekin amalga oshirildi va kam natijaga erishildi. Shu kungacha mazmuniy tuzilishni o`rganish ilmiy asosda yo`lga qo`yilgan deb bo`lmaydi. Deskriptivchilarning tilning ifoda tomonini o`rganishdagi xatosi shunda bo`ladiki, mazmuniy tuzilish bilan shakliy tuzilish o`rtasidagi aloqani tushunmadi va shakliy tuzilishni o`rganayotganda mazmuniy tuzilishni e`tiborga olmadi. Afsuski, mazmuniy tuzilishga faqat shakliy tuzilish orqali yondashish mumkin. Mazmuniy tuzilishdan farqli ravishda, shakliy tuzilish bevosita sezgi a`zolarimizga beriladi va uni oson o`rganish mumkin. Shuning uchun akustik va artikulyatsion fonetikada tovushni o`rganishda yuqori darajadagi aniqlikka erishildi. G.Glison ifoda planini qismlarga ajratar ekan, uning asosiy elementlari sifatida fonema va morfemalarni ajratadi. Uning fikricha, fonema bir jumlani ikkinchisidan farqlash uchun xizmat qiluvchi til ifoda sistemasining minimal birligi sanaladi. Morfema ifoda sistemasining ikkinchi asosiy birligi sanaladi va uning ta`rifi ancha murakkab ekanligi ga`kidlangani holda, tilning mazmuniy sistemasi bilan bog`liq qo`llaniladigan tilning ifoda sistemasi
birligi hisoblanadi. Distributiv tahlilning birinchi bosqichi jumlani eng kichik qismlarga ajratish-segmentlash va ularni daftarda simvollar bilan ifodalashdan boshlanadi. Masalan, kitobni o`qimoq birikmasini erkin ravishda quyidagi segmentlarga ajratishimiz mumkin: ki-tob-ni o`-qi-moq. Tadqiqotchi informantdan (talaffuz qiluvchidan) bu birikmaning ta-laffuzini takrorlashni iltimos qiladi yoki shu birikma boshqa informant
orqali talaffuz qildiriladi. Ikkinchi marotaba talaffuz qilinganda, jumla tarkibidagi tovushlar oldingisidan bir oz farklanishi mumkin. Masalan, o birida cho`ziqroq, ikkinchisida qisqaroq galaffuz qilinishi mumkin. Lekin informantlar har ikki xrlatda talaffuz qilingan tovushlarni bir xil deb qabul qiladi. Chunki o ning cho`ziq-qisqa talaffuz qilinishi informantlar uchun muhim bo`lmaydi, ma`no farqlamaydi.

2.Tilshunoslik nazariyalari uchun zarur tushunchalar. Tilshunoslik nazariyalari uchun eng zarur tushunchalar tilning sistemasi va strakturasidir. Tilning sistemasi undagi barcha birliklar va bosqichlar (sathlar) o‘rtasidagi o‘zaro ichki bog`lanishlar va munosabatlarning majmui sifatida izohlanadi.


Tilning strukturasi esa shu bog`lanish va munosabatlarning qay tarzda ekanligini ifodalaydi. Ba`zan sistema va struktura tushunchalari farqlanmaydi. Aslida til sistemasi boshqa fanlar sistemasi kabi o‘z strakturasiga ega. Ko‘pincha "struktura" tushunchasini "tarkib" sifatida qaraladi. Lekin aslida tarkib tildagi bosqichlar, hodisa va jarayonlar tarkibi bilan chegaralanib qoladi. Struktura tushunchasi tarkibni ham qam-rab oladi va fonemalar, morfemalar, gap tarkibi kabilarni o‘z ichiga olib, ularning o‘rtasidagi bog`lanishlarni va shu jumladan til bosqichlarining (sathlari) o‘zaro munosabatlari qanday tarzda tuzilganini izohlaydi. Sistema va struktura tushunchalari bir mavzuga - tilga qaratilgani birisiz ikkinchisi bo‘lmasligini ko‘rsatadi. SHu sababli til - sistemaviy – strukturaviy tuzilma sifatida qaraladi. Tilning har bir bosqichi (fonologiya, mor-fologiya, sintaksis, leksika, stilistika) ham o‘z sistemasiga, to‘g`rirog`i "kichik sistema"siga ega.
SHu sababli til butun bir sistemalar sistemasi sifatida izohlanadi.
Tilshunoslikda ko‘p qo‘llanadigan yana bir tushuncha "ramziy belgi"dir. Tilshunoslikda strukturalizm oqimining poydevorini yaratgan shvetsariyalik buyuk olim Ferdinand de Sossyur: "Til - tushunchalarni ifodalovchi belgilar sistema-sidir" - deb taqrif bergan edi. CHunki tildagi tushunchalarni ifodalovchi belgilar undagi barcha birliklarni (fonema, mor-fema, so‘z, so‘z birikmasi, gap) qamrab oladi. Belgilar sistemasini va shu jumladan tildagi belgilarning umumiy va xususiy xususiyatlarini o‘rganuvchi fan - semiotika (grekcha semi - belgi, tika - fan) deb ataladi (Ba`zan uni "semiologiya" deyiladi). Tildagi belgilar o‘zining ikki jihati bilan ajralib turadi: a) eshitilish (og`zaki nutq) yoki ko‘rish mumkinligi (yozma nutq belgilari) va b) ma`no jihati. So‘z tilning markaziy birligi sifatida eshitilishi - akustik tomoni, yozuvda alohida belgilar - harfiar bilan yozilishi bilan ajralib turadi. Tildagi bu sunqiy belgilarni hayotimizdagi tabiiy belgilardan farqlash zarur.
Turli sohalarga tegishli shartli belgilar, xususan ko‘cha qoidalarini ifodalovchi belgilar, matematikadagi turli funksional va differensional hodisalarni ifodalovchi belgilar va h.k. Tilshunoslikda til belgilari sistemasi o‘ziga xos murakkabligi bilan izohlanadi. Tildagi belgilarni sodda va murakkab, erkin va ramziy, to‘g`ri va yordamchi, tematik va notematik, statik (tinch) va dinamik (rivojlanishda), sharoitga bog`liq va bog`liq emas, ochiq va yopiq kabi turlarga bo‘linadi.
Ko‘rinadiki, til murakkab belgilar sistemasi hisoblanadi. Hozirgi davr tilshunosligida an`anaviy va struktural hamda bularning har ikkisidan foydalanib alohida tilshunoslik nazariyalari ishlab chiqilgan.
Struktural tilshunoslik oqimlari jahondagi turli mamlakatlarda o‘ziga xos ko‘rinishda mavjud. Ular qatorida Praga tilshunoslik taqlimoti (V.Matezius, N.S. Trabetskoy, V.Vaxek va boshqalar), Amerika Qo‘shma SHtatlaridagi deskriptiv (L.Blumfild, Z.Harris, G. Glison va boshqalar), tagmemika (K.Payk), stratifikatsion (S.M.Lamb), generativ tilshunoslik (N.CHomskiy, S.SHein, M.Xalle va boshqalar) oqimlari bor. Bulardan tashqari Fransiya, Germaniya, Angliya, Rossiya va boshqa mamlakatlarda ham nom qozongan ilmiy tilshunoslik taqlimotlari bor. Bu tilshunoslik yo‘nalishlarini keyincha "Umumiy tilshunoslik" kursida o‘rganiladi.
Hozirgi davr tilshunosligidagi eng dolzarb yo‘nalishlar qatorida sotsiolingvistika, kognitiv tilshunoslik, psixolingvistika, lingvokulturologiya, paralingvistika, etnolingvistika, antropololingvistika kabilarni ko‘rsatish mumkin.
Sotsiolingvistika. Til va jamiyat, til va tafakkur (ong) o‘rtasidagi bog`lanish eng murakkab va doimo dolzarb hisoblanadi. Tilning jamiyatdagi xizmatini o‘rganish sohasi sotsiolingvistika (lotincha sotsio - jamiyat, tika - fan) deb ataladi. Sotsiolingvistika tilning jamiyatdagi o‘rni va xizmati, uning jamiyatning turli tabaqalari va kasb egalari tomonidan qo‘llanishidagi xususiyatlarni irmly tadqiq qiladi. Sotsiolingvistika tillarning jamiyatda qo‘llanishiga ko‘ra rasmiy, davlat, elat, qabila tillarini farqlaydi. Odatda umummilliy tillar davlat va rasmiy tillar sifatida qabul qilinadi.
Ba`zi davlatlarda ikki, uch va undan ortiq tillar rasmiy til deb eqlon qilingan. Hindistonda tillar ko‘pligi tufayli 14 ta til rasmiy deb eqlon qilingan va ikkinchi rasmiy til sifatida ingliz till qabul qilingan.
O‘zbekistonda o‘zbek tili davlat tili maqomiga ega va bu O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida ko‘rsatib qo‘yilgan.
Kognitiv tilshunoslik (inglizcha cognize - bilmoq, anglamoq, tushunmoq) falsafadagi bilish nazariyasi bilan cheklanmay, balki tilni tafakkur (ong) bilan bog`lab, uning hosil bo‘lishidagi psixologik, biologik va neyrofiziologik jihatlarning ijtimoiy, madaniy, lisoniy hodisalar bilan uzviy aloqasini chuqur ilmiy tadqiq etadi. Kognitiv tilshunoslik psixologiyadagi tushuncha va kontsept birliklari bilan ish ko‘radi. Kontsept tushunchasi asosida ma`no va obraz yotadi va ular bilim ummumlashmasi sifatida "kvant" deb ataladi. Kontsept - ong - belgi o‘rtasidagi bog`lanish miya faoliyati orqali boshqariladi.
Masalan, yaxshilik kontsepti barcha yaxshi narsa, belgi, xislat, odat va boshqalarni ifodalab, o‘z "tushunchalar maydoni"ni tashkil etsa, "yomonlik" kontsepti buning aksini ifodalaydi.

Yüklə 30,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin