Psixolingvistika - psixologiya va tilshunoslik o‘rtasidagi bog`lanishlar asosida hosil bo‘lgan sohadir. "Psixolingvistika" termini 1946-yilda birinchi marta AQSHda N.Pronko tomonidan uning maqolasida qo‘llangan va keyincha 1953-yilda Indiana Universitetida o‘tkazilgan ilmiy anjumanda keng qo‘llangan. Hozirgi davrda psixolingvistika sohasida jahonning turli mamlakatlarida qo‘llanilayotgan nazariya va metodlar mavjud.
Psixolingvistika nutqning hosil bo‘lish va eshitib his etish jihatlanni nutq faoliyatining jamiyat va shaxsning rivojlanishi bilan bog`liq ravishda murakkab sistema va straktura sifatida ilmiy tadqiq etadi. Psixolingvistikaning asosiy o‘rganish mavzusi nutqning hosil bo‘lishi, uning ongli eshitib his qilinishi va bolalar nutqining shakllanishidir [Belyanin V.P. Psixolingvistika. M.: Flinta, 2003, s. 11].
Psixolingvistikaning xorijda-gi taqlimotiga ko‘ra boshqacha taqrif ham mavjud. "Psixolingvistika til va nutqning inson ongidagi tabiati va strukturasiga ko‘ra ko‘zgusi" deb ta]rif beradi T.Skove [Scovel T. Psyholinguistics. Oxford Univ. Press, 1998, p.4]. Psixolingvistika so‘zlovchi va eshituvchining psixologiyasi, uning sharoitga bog`liqligi oddiy va ehtirosga berilgan holati, matnning struk-turasi bilan munosibati, turli nutq buzilishi bilan bog`liq kasalliklar (afaziya)ni ilmiy o‘rganadi.
Lingvokulturologiya - til va madaniyat, o‘zaro madaniy aloqa masalalarini ilmiy tadqiq etadi, chunki: "Til madaniyat bilan juda zich bog`langan, u madaniyatga etib boradi, unda rivojlanadi va uni ifodalaydi" [Maslova V.A. Lingvokul’turologiya. 2-izdanie. M.: Akademiya, 2004, s. 9]3. Bu soha faqat madaniyat bilan emas, balki u orqali turli milliy urf-odatlar, diniy hodisalar, mil-liy kontseptlar, dunyoning til orqali ongli his qilish vositalarini o‘rganadi. Dunyoning til xaritasi umuman ularning insonlar ongidagi mantiqiy ifodasi bilan mos keladi. Bu masalani keng va chuqur ilmiy o‘rganish lingvokulturologiya va lingvokog-nitologiya bilan bog`liqdir.
Etnolingvistika - tilshunoslik, etnografiya va sotsiologiya bilan bog`liq bo‘lib, tilning etnos (xalqning kelib chiqishi) bilan aloqasi va uning jamiyatdagi o‘rnini o‘rganadi. etnolingvistikada til vositalari va kategoriyalarining etnik va ijtimoiy jarayonlarni o‘rganishda qo‘llanishi o‘rganiladi. Bu soha: - xalq va elatlarning kelib chiqishi (etnogenez va etnik tarix); - xalqlarning moddiy va madaniy tarixini (narsalar, odatlar, tushunchalar, belgilar, ramzlar va h.k.); - xalq tafakkuri tarixining shakllanishi; - til siyosati; - tilning tarqalish jarayoni va boshqalarni o‘rganadi [Gerd A.S. Vvedenie v etnolingvistiku. Izd. Sankt-Peterburgskogo Universiteta. 2005, s. 7].
Antropolingvistika - yozuviga ega bo‘lmagan tillarni o‘rganish sohasidir. SHu bilan birga u etnolingvistika va sotsiolingvistika bilan bog`liq bo‘lib, tilning inson madaniyati va ishonchiga doir andozalar (modellar) yordamida o‘rganadi.
Antropolingvistika nutq jamoasini ijtimoiy, diniy, hududiy va qarindoshlik guruhlari sifatida farqlashda lisoniy xususiyatlarning o‘zgarishlarini o‘rganadi. Bunda turli ijtimoliy sharoit, kundalik muloqot, urf-odat, nutq madaniyati va savod kabilar eqtiborga olinadi.
Paralingvislika - (grekcha para - atrof, lingvistika - fan, ya`ni "lingvistika tevaragidagi fan" ma`nosini anglatadi) tilni boshqarib borishda qo‘llanuvchi vositalarni o‘rganadi. U uchga bo‘linadi: 1) Kinesika, ya`ni imo-ishora, mimika, inson organizmidagi biror muravatni qimirlatish vositasida biror tushunchani ifodalash; 2) Fonatsiya - inson ovozidagi o‘zgarishlar, masalan, bo‘g`izni qisish, "oh", "uh", "voh" kabi turli ehtiroslarni ovoz yordamida ifodalash;
3) Paragrafemika - yozuvda shaxsiy belgilar yordamida turli tushunchalarni bildirish. Paralingvistik vositalar turli tillarda so‘zlashuvchi xalqlar tomonidan har xil ifodalanadi. Og`zaki va yozma nutqda ifodalanadigan turli paralingvistik vositalar doim bir-biriga to‘g`ri kelmaydi. Masalan, qosh va ko‘zning vositasida ifodalanadigan tushunchalar tildagi so‘zlar va gaplardan ko‘ra kuchliroq mazmunni bera olishi mumkin. Paralingvistik vositalar milliy, shaxsiy, diniy, psixologik, etnik, urf-odat va madaniyat bilan bog`liq.
2. Tilshunoslik metodlari. Tilshunoslikda metodologiya, metod va metodika tu-shuncha va terminlari farqlanadi. Metodologiya - (grekcha methodos - bilish yo‘llari, ilmi) qanday nazariya va prinsiplar asosida ilmiy tadqiq qilish poydevorini yaratishdir.
Metod - har bir fan uchun xususiy va barcha fanlar uchun umumiy bo‘lgan (masalan, qiyoslash metodi), manbaqlarni to‘plash va tasnif qilish, ulardagi eng asosiy xususiyatlarni o‘rganish uchun tildagi barcha birliklar, sathlar va rivojlanish jarayonlarini, o‘zgarishlarni bilish va aniqlash uchun qo‘l7 lanadigan uslub va yo‘llar majmuidir. Metodika - ilmiy metod natijasida aniqlanganlarni amalda tadbiq etishdir. SHu mazmunda xorijiy tillarga o‘rgatish ham o‘z metodikasiga ega. Ularni interaktiv metodika, tarjima vositasida tilga o‘rgatish metodikasi va hakozalar deb ataladi.
Endi tilning turli bosqichlarini o‘rganishda qo‘llanadigan metodlarni izohlab chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: |