Qiyosiy-tarixiy metod - XIX asr boshida taklif etilgan bu metodning vazifasi qarindosh bo‘lgan tillardagi qonuniyatlarni aniqlashdan iborat. Bu metod yordamida eng qadimiy qarindosh tillardagi so‘zlar va ularning shakllarini tiklash uchun harakat qilingan (Tillarning geneologik tasnifiga qarang). Masalan, "ikki" so‘zi lotincha duo, grekcha duo, uels tilida dau, inglizcha tvo, islandcha tveir, datcha tvee shaklida bo‘ladi.
Tarixiy metodni ko‘pincha qiyosiy tarixiy metoddan farqlaydilar. Bizningcha bu ikki metodni birlashtirish mumkin. CHunki tarixiy metod ham timing har bir sathidagi o‘zgarish-larni o‘rganadi. Bu ayniqsa so‘zlar va ularning shakllarini ichki tiklashda ko‘rinadi. Tarixiy tilshunoslikda ichki tiklash metodi yordamida so‘z va ularning shakllaridagi fonetik va semantik o‘xshashliklari aniqlanadi va ular bir o‘zakdan paydo bo‘lganli-gi taxmin qilinadi.
Tavsif qilish metodi tildagi turli hodisa va ma`lumotlarni, uning sathi va birliklarini izohlab beradi. Bu metod yordamida turli tillarning fonetika va stilistikasi sharhlab beriladi.
Qiyosiy metod - tillarning qarindoshligini hisobga olmay, ulardagi o‘xshashlik (uni "izomorfizm" deyiladi) va farqlanish-larni (uni "allomorfizm" deyiladi) aniqlaydi. Bu metodning asosiy vazifasi ikki va undan ortiq tillarning sistema va strukturasini turli til bosqichlari bo‘yicha qiyoslashdir. Ba`zan bu metodni qiyosiy-tipologik, chog`ishtirma, kontrastiv, konfronta-tiv nomlari bilan ataydilar. Aslida qiyosiy metod tillarni tipologik o‘rganish metodining bir qismi hisoblanadi. Tillar tipologiyasi o‘nlab va yuzlab tillarni qiyoslaydi, qiyosiy-tipologik metod ikki yoki uch tilni qiyoslash bilan chegaralanadi.
Qiyosiy tilshunoslik tillarni tipologik o‘rganishdan farqlanib, bir yo‘la nazariy va amahy (lingvodidaktik) vazifalarni qamrab oladi [YUsupov U.K. Teoreticheskie osnovg` sopostavitel’noy lingvistiki. Tashkent, Fan, 2007, s. 13]. Tillarni qiyoslashda ulardagi kichik sistemada qanday o‘xshashlik va farqlar borligini tashqi jihatdan (unli va undoshlar soni, kelishiklar soni kabi) farqlarini topib, so‘ngra ulardagi ichki o‘xshash va farqli belgilar aniqlanadi. Odatda ikki tilni qiyoslashni mantiqiy jihatdan binar qiyoslasb deb ham yuritila-di. Tillarni qiyoslashda yaxshiroq o‘rganilgan tilni etalon (andoza) qilib olib, unga to‘g`ri keluvchi xususiyatlarni ikkinchi tilda topib tahlil qilinadi. Ba`zan esa biror tipologik belgini qiyoslanayotgan tillarda aniqlashga harakat qilinadi [Arakin V.D. Sravnitel’naya tipologiya angliyskogo i russkogo yazg`kov. L.: 1979, s.]. Qiyoslash metodi nazariy va amaliy jihatdan juda foydali bo‘lib, u xorijiy tillarni o‘rganishning lisoniy asoslarini yaratishda katta ahami-yatga ega.
Oppozitsiya - qarama-qarshi qo‘yish, zidlov metodi tildagi birliklarning paradigmatik tasnifi uchun qo‘llaniladi. Tildagi barcha birliklar bir-birlariga qarama-qarshi bo‘lib, o‘zaro so‘z, morfema, so‘z birliklari, turli grammatik konstruktsiyalarni va gaplarni farqlaydi. Oppozitsiya metodi yordamida tildagi birliklar o‘rtasidagi turli qarama-qarshiliklarning umumiy turlarini aniqlash mumkin (bir o‘lchovli - a: b; ko‘p o‘lchovli- a: b:c:d: kabi). Bu zidlovlarning a`zolari o‘rtasidagi munosa-batlarni proportsional va vakkalangan. privativ (+, - belgisi bo‘yicha), pog`onali (gradual) (masalan, |i-a|o‘rtada |e|ni "sakrab" o‘tiladi, yoki qaratqich kelishigi bilan chiqish kelishi-gi oppozitsiyasi o‘rtasidagi boshqa kelishiklarni tushirib qoldirishga asoslangan), teng huquqli (ekvipolent) oppozitsiya (masalan, jp-t||t-k|bir hil belgili: portlovchi, jarangsiz) sifatida qaraladi [Bu oppozitsiyalar lisoniy va mantiqiy jihatdan asoslangan. Qarang: Trubehkoy N. S. Osnovi fonologii. M.: I960, s. 31-84.].
Distributiv metodi (inglizcha distributsiya - taqsimot) yordamida tildagi birlik va elementlarning qo‘llanish o‘rinlari va holati tushuniladi. Tildagi biror unli tovushning distributsiyasi uning so‘zning boshi, o‘rtasi va oxirida, urg`uli yoki urg`usiz holatda, ochiq yoki yopiq bo‘g`inda bo‘lishini ko‘rsatadi. Biror elementning umumiy distributsiyasi deganda, uning barcha qo‘llanish holatlari va boshqa elnmentlar bilan birikib kelishi tushuniladi.
Odatda to‘rt turli distributsiya farqlanadi:
1. Ikki elementdan biri uchragan o‘rinda ikkinchisi uchramasa, ular bir-birlariga nisbatan to‘ldiruvchi distributsiyada bo‘ladi. Masalan, |p,t,k| undosh tovushlari unlilardan oldin, ikki unli o‘rtasida so‘z oxirida kelganda, aspiratsiyali, boshqa o‘riniarda, undoshlar biian yonma-yon kelsa, aspira-tsiyasiz tovushlar hisoblanadi. Demak, aspiratsiyali |ph,th,kh| tovushlar uchragan o‘rinda aspiratsiyasiz |p,t,k| tovushlari uchramaydi. SHu sababli bu tovushlar |p,t,k| fonemalarining ikki turli allofonlari hisoblanadi.
2. Kontrast distributsiya go‘yo zidlovni eslatadi. Bir o‘rinda qo‘llanib, ma`noni farqlashga xizmat qiluvchi elementlar kontrast distributsiya deyiladi: tok-pok-nok so‘zlari boshidagi undoshlar kontrast distributsiya bo‘lib, shu so‘zlarni farqlaydi. Bunday so‘zlar minimal juftlikdagi so‘zlar deyiladi. So‘z boshidagi |p,t,k| tovushlari fonemalarning allofonlaridir.
3. Erkin variatsiya. Bir xil o‘rinda uchrasa ham ma`noni farqlay olmaydigan elementlar erkin variatsiyada bo‘ladi. Masalan, o‘zbek tilida |e| unlisi so‘z boshida ochiq (eshik, echki kabi) va boshqa hoiatlarda yarim ochiq talaffuz etilishi uning turli variatsiyalarini ko‘rsatadi. Bu distributsiya ba`zan ekvivalent (muqobil) distributsiya deb ataladi.
4. Qisman ekvivalent distributsiya ikki turli element bir o‘rinda ba`zan ishlatilishi, lekin ma`noni farqlay olmasligi bilan izohlanadi. Masalan, "taroq" so‘zi |taroq| va |tarog`|, "cholg`u" so‘zi |cholg`u| va |chalg`u| kabi talaffuz etilishi shu so‘zlarning ma`nolarini farqlamaydi. Aslida esa, talaffuzda almashilgan tovushlarning har biri turli fonemalarning allofonlaridir.
Transformatsiya metodi tildagi elementlar va birliklarning turli gaplarda boshqacha yo‘l bilan qayta tuzishda qo‘llaniladi. Tranformatsiyaning sintaksisdagi elementlarni o‘zgartirishda qo‘llanuvchi oddiy turlari: o‘rin almashtirish, qo‘shish, qisqartirish va tushirib qoldirishdir. Bu metodni AQSH olimi Z.Xarris taklif etgan va keyincha uni shogirdi N.CHomskiy alohida ilmiy tadqiq etgan. Bu metod matematika va mantiqdagi ba`zi tushuncha va tamoyillardan foydalanadi [Zasorina L.N. Vvedenie v strukturnuyu lingvistiku. M.: 1974, s. 252].
Agar bir turdagi elementlarga ega bo‘lgan ikki va undan ortiq konstraktsiyalar bir xil o‘rinda uchrasalar, ularni transfor-malar deyiladi. Masalan, quruvchilar Toshkentda juda ko‘p chiroyli binolar qurdilar - gapida transformalar quyidagicha bo‘lishi murakin: Toshkentdagi juda ko‘p chiroyli binolar quruvchilar tomonidan qurildi (passiv konstruktsiya). Juda ko‘p Toshkentdagi chiroyli binolarni quruvchilar qurdilar. Juda ko‘p chiroyli binolarni Toshkentda quruvchilar qurdilar va h.k.
YUqoridagi transformalar gapning biror ma`nosini o‘zgar-tirishga ham xizmat qiladilar. Agar shu gap asosida dialog tuzsak, undagi elementlar o‘z o‘rnini o‘zgartiradi, tushib qoladi va to‘ldiradi. -Binolarni kim qurgan? -Toshkentdami? -Ha, ularni quruvchilar qurgan. -Ha, o‘sha chiroyli binolarni... Tranformatsiya metodi faqat sintaksisda emas, balki stilistik transformatsiya shaklida ham qo‘llanmoqda. Unda sintaktik stilistika uchun eng zarariy vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.
Komponent tahlili metodi ko‘proq semantikada so‘zlarning ma`nolarini chuqurroq o‘rganishda qo‘llanadi. Bunda so‘zlarning ma`nolari ularning farqlanuvchi semantik belgilari - semalar yordamida tahlil qilinadi. Masalan, chelak va butilka so‘zlarining senia tarkibini tahlil qilsak, chelak - aylana shaklda, qo‘l ushlagichi bor, oyog`i yo‘q, qopqog`i bor yoki yo‘q, bo‘yni yo‘q idish bo‘lsa, butilka - oynadan qilingan, suyuqlik solinuvchi, chuqur, qo‘l ushlagichi va oyog`i yo‘q idish hisoblanadi. Komponent tahlil asosida tildagi so‘z turkumlarining va hatto gap tarkibida ishtirok etgan bo‘laklarning semantik belgilari aniqlanishi mumkin.
Maydon metodi. Bu metodni leksik-semantik maydon yoki grammatik-leksik maydon [Guliga E.V., SHendel’s E.N. Grammatiko-leksicheskie polya v nemetskom yazike. M., 1968, - s. 5-17] va ba`zan maydon nazariyasi [Our G.S. Teorii polya v lingvistike. M., 1974], deb yuritishadi. Albatta, uning qo‘llanishiga ko‘ra nomini atash mumkin. Jumladan, so‘zning barcha ma`nolarini aniqlashda semantik maydon metodi qo‘llanadi. Grammatikada turli so‘z turkumlarining ma`nolari o‘rganilsa, ularni grammatik-leksik maydon metodi yordamida o‘rganiladi. Bunda eng ko‘p qo‘llanuvchi leksik-grammatik birlikning ma`nosi uning, yadrosi, kam qo‘llanuvchilari pereferiyasi deb nomlanadi.
Tilshunoslikda hali noma`lum bo‘lgan tillarni ilmiy o‘rganishda qo‘llanuvchi "maydon tilshunosligiq"ni maydon metodi bilan aralashtirmaslik kerak. Maydon tilshunosligi o‘rganilayotgan til ona tili bo‘lgan shaxsni (uni odatda "informant" deyiladi) turli anketa va testlar yordamida savollarga javob olish yo‘li bilan material to‘playdi, fonetik transkriptsiya qo‘llaydi, tildagi asosiy fonologik, morfologik, sintaktik va leksik xususiyatlarni to‘plab tahlil qiladi, ba`zi taxminiy fikrlarini keltiradi va zarur bo‘lsa tarjimadan foydalanadi.
Maydon tilshunosligida qo‘llanuvchi tamoyil va vositalar tillarni qadimiy o‘rganish yo‘llarini eslatadi. Bu usullar qalam va qog`oz yordamida tilni biluvchi shaxslarning talaffuziga quloq solib, ulardagi xususiyatlarni aniqlashni yodga soladi. Tilni o‘rganishda, umuman, kuzatish, tavsif qilish, qiyoslash, tajriba (eksperiment) o‘tkazish, distributsiya, tranformatsiya, ma`no maydonini aniqlash, xarita tuzish (til yoki shevaning tarqalgani haqida - uni lingvogeografiya deyiladi), turli til birliklari, elementlari va vositalarini statistik tekshirish yordamida qancha va qaerda uchrashi metod va tamoyillari qo‘llanadi. [Kibrik A.E. Metodika polevg`x issledovaniy (k postanovke problemg`). Izd. MGU, 1972, s. 179].