Metalingvistika tilning og‘zaki faoliyati-tashqi holatini o‘rganib, etnolingvistika, psixolingvistika, sotsiolingvistika, mentalingvistika, paralingvistika (til atrofidagi hodisalar, imo-ishoralar, intonatsiya va boshqalar) kabi fanlarni birlashtiradi.
Makrolingvistika ifodalar to‘g‘risidagi fan bo‘lib, matn (nutq bo‘lagi) bilan shug‘ullanadi.
Matn bo‘laklari - fonema va morfemalar muayyan izchillik, ketma-ketlikdagi til birliklaridir. Aynan shu deskriptiv lingvistikani shakllantirdi.
Makrolingvistika
Aynan shu deskriptiv lingvistikani shakllantirdi. Deskriptiv lingvistika matnni har tomonlama tasvirlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, uning asosida distrubitsiya tushunchasi yotadi.
Distrubitsiya muayyan til birligi qo‘llanishi mumkin bo‘lgan yoki mumkin bo‘lmagan kontekstlar yig‘indisi, ya’ni gap bo‘laklarining bir-biriga nisbatan joylashish o‘rni, tarkibi, birikishi va qo‘llanish xususiyatidir.
Etnolingvistika
Etnolingvistika atamasi grekcha “etnos“ xalq, qabila so‘zlaridan olingan bo‘lib, XIX asrning 70-yillarida Amerika hindularining tili, madaniyati va urf-odatlarini o‘rganishning kuchayishi tufayli yuzaga kelgan.
Etnolingvistikaning mustaqil lingvistik yo‘nalish sifatida shakllanishida amerikalik tilshunos, etnograf F.Boasning xizmatlari katta bo‘lgan. U va uning izdoshlari hindular tilini tillar va madaniyatlarning o‘zaro ta’siri, bilingvizm masalalari bilan bog‘liq holda o‘rgandilar.
Psixolingvistika
Til nutqiy faoliyatda yuzaga chiqqani tufayli nutqiy faoliyat tilshunoslikda ham, psixologiya fanida ham tekshirish ob’ekti sanaladi. Tilshunoslik va psixologiya fanlarining ushbu kesishish nuqtasi mazkur fanlar oralig‘ida psixolingvistika (yoki lingvopsixologiya) yo‘nalishining yuzaga kelishiga olib keldi. Ushbu atama dastlab 1946 yilda amerika psixologi N.Pronko tomonidan qo‘llandi va XX asrning 50-yillaridan keng yoyildi. Biroq uning ildizlari XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik negizida vujudga kelgan psixologizm oqimiga (asoschisi G.Shteyntal) borib taqaladi.
“Psixolingvistika” termini, qoida bo‘yicha E.R.Daybold ta’kidlaydiki, “inson tili va verbal xulqning muayyan aspektlariga nazariy va eksperimental yondashuvlarning ayrim aralashmasini anglatadi”.
Metalingvistika so‘zining birinchi ma’nosi ham aynan psixolingvistikaga to‘g‘ri keladi.
Psixolingvistikaning asosiy maqsadi– jahonning turli mamlakatlarida ushbu fan bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar haqida atroflicha ma’lumot berish.
Shu tadqiqotlar natijalarini umumlashtirish, tilshunoslik bilan lingvistikaning birgalikda o‘rganadigan muammolari, bu bo‘yicha vujudga kelgan yo‘nalishlar, oqimlarning qarashlari, ilgari surgan fikrlari, nazariy konsepsiyalarini inson psixologiyasiga aloqador jihatlari bilan tanishtirishdan iborat.
Psixolingvistikaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1.Psixolingvistikaning paydo bo‘lishi bilan tanishtirish;
2.Psixolingvistikaning tilshunoslik bilan aloqasini o‘rganish;
3.psixolingvistikaning boshqa fanlar bilan munosabatini o‘rganish;
TIL VA SOTSIUM MAVJUD MUAMMOLAR VA YECHIMLAR
4. Nutqning axborot tashish funksiyasini o‘rganish va boshqarish.
1. Nutq faoliyatning vujudga kelish mexanizmini o‘rganish
Psixolingvistikaning o‘rganish ob’ektiga quyidagilar kiritilgan: 2.Bolalar nutqining shakllanish jarayonini o‘rganish 3. Muayyan nutqiy vaziyatlarda so‘zlovchi bilan tinglovchi o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganish
-Yevropa, Rossiyadagi psixolingvistik tadqiqotlardan xabardor qilish; -Psixolingvistikadagi yo‘nalishlar va sapektlar bilan tanishtirish; -Nutqiy xulq va lisoniy qobiliyat haqida tushuncha berish; -Ommaviy kommunikatsiya ta’siri va psixolingvistikaning vazifalarini o‘rganishdan iborat.
Amerika psixolingvistika maktabi vakillarining ushbu soha bo‘yicha amalga oshirgan ishlari bilan tanishtirish;
Amerika psixolingvistikasi 1953yil yoz oyida Blumington (AQSH) shahrida yuzaga keldi.
1953-yili amerikalik taniqli psixologlar Dj.Keroll va Ch. Osgudlar, shuningdek, Blumingtondagi mashhur tilshunos va etnograf T.Shabek tashabbusi bilan universitetlararo tadqiqot seminari yig‘ilishi o‘tkazildi. Yuqorida ko‘rsatilganlardan tashqari, tilshunoslar - Dj.Grinberg, F.Lounsbern, E.Linneberg, E.Ulenbek, Dj.Lots, psixologlar - Dj.Djenkins, G.Ferbenks, K.Vilsonlar qatnashdilar.
Sotsiolingvistika
Til ijtimoiy hodisa bo‘lgani uchun u jamiyat hayoti bilan uzviy bog‘liq va bu tilshunoslikning tilning ijtimoiy mohiyati va vazifasi, tilga sotsial omillarning ta’siri kabi masalalar bilan shug‘ullanuvchi sotsiolingvistika yo‘nalishining shakllanishiga olib keldi.
Ayniqsa zamonaviy ijtimoiy rivojlanish hamda ilmiy texnik revolyusiya tilning sotsiolingvistik va struktur o‘rganish muammolarini chuqur tahlil qilishni hayotiy zaruriyat qilib qo‘ydi.
Sotsial lingvistika fonologik sistema birliklaridan tortib butun til strukturasigacha bo‘lgan barcha til hodisalarini ijtimoiy shartlashgan hodisalar deb qaraydi. Barcha ijtimoiy hodisalar ichida til sistemasi eng yopig‘i hisoblanadi, o‘ziga xos xususiyatlariga va murakkab strukturaga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Лурия А.Р. Основные проблемы нейролингвистики. – М. : МГУ, 1975.
Фердинанд де Соссюр. Труды по языкознанию. –М., 1977.
Рождественский Ю.В. Типология слова. – М., 1969.
Кодухов В.И. Общее языкознание. – М., 2010.
Амирова Т., Олховиков Б.А., Рождественский Ю.В. Очерки по истории лингвистики. –М., 1975.