L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


K. Marks va uning «Kapital asari»



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#147186
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   135
Kitob 8491 uzsmart.uz

K. Marks va uning «Kapital asari».
Karl Marks (1818-1883) iqtisodiy 
ta’limotlar tarixida yorqin iz qoldirdi. Uning bosh iqtisodiy asari «Kapital» bo‘lib, 
unda asosiy iqtisodiy g‘oyalar ilgari suriladi.
Uning 
tadqiqot 
predmetida 
iqtisodiyotda 
ishlab 
chiqarish 
sohalari 
muammolarining tahlili ustuvordir. Kapitalizm tizimi o‘tkinchi deb qaraladi.
Bazis (ishlab chiqarish munosabatlarining yig‘indisi) va ustqurma (huquq, 
ideologiya, siyosat, din va b.) to‘g‘risidagi konsepsiya olim uslubiyotida markaziy 
o‘rinni egallaydi. Unga ko‘ra ishlab chiqarish yetakchi hisoblanadi, formatsiyalar 
to‘g‘risidagi fikrda esa kapitalistik jamiyatning o‘tkinchiligi ko‘rsatiladi, bunga 
asosiy sabab ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulk va bozor anarxiyasidir. Yangi 
jamiyat sotsializm va kommunizm bo‘lib, unda ishlab chiqarish vositalari xususiy 
o‘zlashtirish ob’ekti bo‘lmaydi.
Ijtimoiy formatsiyalar nazariyasi 
K.Marks o‘z ta’limotida ijtimoiy taraqqiyotning 3ta bosqichini ko‘rsatib berdi: 

1) arxaik (birlamchi) formatsiya: sinfiy jamiyatgacha bo‘lgan jamoa. 

2) iqtisodiy (ikkilamchi) formatsiya: sinfiy jamiyat; xususiy 
mulkchilikka asoslangan antik, feodal va kapitalistik ishlab chiqarish usuli. 

3) Kommunistik formatsiya: sinfsiz jamiyat, ya’ni kommunistik 
jamiyat. 
K.Marksning mashhur «Kapital» asari uning hayoti mazmunini tashkil etdi. U 
4 tomdan iborat bo‘lib, 1chi tomi 1867 yili nashr etildi, 2chi (1885y.) va 3chi 
(1894y.) tomlari K.Marks o‘limidan keyin F.Engels tomonidan Chop etildi. 4chi tom 
tugatilmay qoldi va chop qilinmadi.
«Kapital»ning birinchi va uchinchi tomi – kapital ishlab chiqarish jarayoniga 
bag‘ishlangan edi; 
ikkinchi tomi – kapitalning muomala jarayoni tadqiq etildi; 
to‘rtinchi tom – («Qo‘shimcha qiymat nazariyasi») iqtisodiy ta’limotlar 
tarixiga bag‘ishlangan edi.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin