51
Qo‘shimcha qiymat nazariyasi
Tovar ishlab chiqarish taraqqiyotining ma’lum bosqichida pul kapitalga
aylanadi. Tovar muomalasining formulasi T-P-T, ya’ni boshqa bir tovarni sotib olish
uchun tovar sotishdir. Kapitalning umumiy formulasi P-T-P
1
, ya’ni sotish uchun
tovarni sotib olishdir, maqsad foyda olish hisoblanadi. Bu yerda T – bu ishchi
kuchidir. Xo‘sh, bu o‘sish qayerdan keladi?
Holbuki, ishchi 5 soat mobaynida («zarur ish vaqtida») o‘z qiymatiga teng
qiymat yaratadi, keyingi 5 soat mobaynida («qo‘shimcha ish vaqtida») qo‘shimcha
mahsulot, qo‘shimcha qiymat yaratiladi. Kapitalist bu qo‘shimcha qiymatni haq
to‘lamasdan o‘zlashtirib oladi. K.Marks bo‘yicha, kapitalist tomonidan qo‘shimcha
qiymatning o‘zlashtirib olinishi mehnatning ekspluatatsiya qilinishidir. Shuning
uchun, kapitalist qo‘shimcha ish vaqtini uzaytirishga harakat qiladi. Unga ikki yo‘l
orqali erishadi:
A) zaruriy ish vaqtini qisqartirib, qo‘shimcha ish vaqtini uzaytirish ;
(«qo‘shimcha
qiymat»).(yoki
mehnat
unumdorligini
oshirish
orqali:
mashinalashtirish, avtomatika, telemexanikani kiritish);
B) ish kunini mutlaq uzaytish. («absolyut qo‘shimcha qiymat»).
Kapitalist o‘z maqsadiga erishish uchun, o‘z foydasini ko‘paytirish uchun Fan
va texnika yutuqlaridan ishlab chiqarishda ko‘proq foydalanishga harakat qiladi.
Dostları ilə paylaş: