J.S.Millning iqtisodiy ta’limoti. Ingliz
Jon
Styuart
Mill
(1806-1873)
klassik
maktabning
so‘nggi
namoyandalaridan biri deb qaraladi. Tadqiqot predmetida D.Rikardo g‘oyalariga
yaqin turadi va birinchi o‘ringa «ishlab chiqarish qonunlari»ni qo‘yadi.
J.S.Mill o‘zining birinchi asari – «Tajriba»ni 23 yoshida (1829) nashr ettirdi.
1843 yili unga shuhrat keltirgan «Mantiq tizimi» nomli falsafiy asari vujudga keldi.
Asosiy asari beshta kitobdan iborat «Siyosiy iqtisod asoslari» bo‘lib, u 1848 yili
Chop etilgan. J.S.Mill bu asarida klassik maktabning juda ko‘p konsepsiyalarini
rivojlantirdi va umumlashtirdi.
J.S.Mill siyosiy iqtisodni iqtisodiy qonunlar to‘g‘risidagi Fan sifatida tadqiq
etadi. U raqobat qonunini, talab va taklif qonunini, differensial renta qonunini,
xalqaro savdo qonunini va boshqa bir qator qonunlarni ajratib ko‘rsatib berdi.
Qiymat, baho va pul nazariyalari J.S.Mill fikri bo‘yicha, boylik almashuv qiymatiga ega bo‘lgan ne’matlardan
tashkil topadi. «Evaziga hech nima olib bo‘lmaydigan narsa, u qanchalik foydali yoki
zarur bo‘lmasin, boylik hisoblanmaydi… Masalan, havo inson uchun mutlaq zarur
hisoblansada, bozorda hech qanday narxga ega emas, negaki uni tekinga olish
mumkin». Tovar qiymatining puldagi ifodasi uning bahosi hisoblanadi.
Pulning qiymati unga sotib olinishi mumkin bo‘lgan tovarlar miqdori bilan
o‘lchanadi. Pulning qiymati pul miqdoriga teskari mutanosiblikda o‘zgaradi, ya’ni
pulning har qanday kamayishi esa xuddi shunday proporsiyada uning qadrini
oshiradi, bu – pulning maxsus xususiyati.
39
Baho bevosita raqobat asosida o‘rnatiladi. Raqobat esa haridor arzon olishga,
sotuvchi esa qimmat sotishga intilishi sababli kelib chiqadi. Erkin raqobatda bozor
bahosi talab va taklif darajasiga qarab o‘rnatiladi.