8
Islomov A. va boshq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. O‘quv qo‘llanma. T., O‘zbekiston, 2003. -106b.
40
Iqtisodiy taraqqiyot va ijtimoiy masalalar
Iqtisodiy taraqqiyot, J.S.Mill ta’limotiga ko‘ra, Fan-texnika taraqqiyoti,
shaxsning va mulkning rivojlanishi bilan bog‘liq. Ishlab chiqarish va jamg‘arish
ko‘payadi, soliqlar ancha erkinlashadi, ko‘pchilik kishilarning ishbilarmonligi oshadi,
kooperatsiya takomillashib va rivojlanib boradi. Bularning barchasi samaradorlikning
o‘sishiga, ya’ni ishlab chiqarish harajatlarining kamayishiga va qiymatning
pasayishiga olib keladi (oziq-ovqat qiymatidan tashqari).
Millning ijtimoiy islohoti uch pozitsiyani o‘z ichiga oladi:
Ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish yo‘li bilan yollanma mehnatni
tugatish. Yollanish, J.S.Mill fikricha, mehnatga bo‘lgan qiziqishni yo‘qotadi. Shuning
uchun kapitalistik korxonalar o‘rniga kooperativ birlashmalarni tashkil etish zarur,
unda ishchilar bir vaqtning o‘zida mulk egasi ham hisoblanadi.
Yer rentasini yer solig‘i yordamida umumlashtirish. Renta iqtisodiy erkinlik
prinsiplariga zid. Renta yer egasiga emas, balki jamoaga yoki barcha jamiyatga
tegishli bo‘lishi kerak.
J.S.Mill mayda yer egalarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Merosxo‘rlik qonunini cheklash yordamida boylikning tengsizligini cheklash.
Mayda ishlab chiqarish nazariyalarining vujudga kelishining ijtimoiy-
iqtisodiy sharoitlari.
XU111 asr oxiri va X1X asr boshlaridagi sanoat to‘ntarishi katta iqtisodiy-
ijtimoiy o‘zgarishlarga olib keldi. Proletariat bilan burjuaziya jamiyatning asosiy
sinflari bo‘lib, qaror topdi. Mashina ishlab chiqarishi vujudga keldi Ijtimoiy
ziddiyatlar keskinlashdi. Mehnatning kapitalga rasman bo‘ysunishi haqiqatga aylandi.
Proletariatning
qashshoqlashuvi,
ishsizlik,
ijtimoiy
ishlab
chiqarishning
tartibsizligi,ijtimoiy tabaqalanish kuchaydi. Kapitalistik takror ishlab chiqarish asta-
sekin mayda ishlab chiqarishning ijtimoiy negizlarini qo‘pora boshladi. Mashina
industriyasi iqtisodiyotning umuman o‘sishiga, ammo aholi katta qismining
qashshoqlashuviga olib keldi, byudjet holatni tushuntirib berish talab etildi va yangi
iqtisodiy qarashlar paydo bo‘ldi.
Kapitilistik rivojlanishdan orqada qolgan va mayda tovar ishlab chiqarish ustun
bo‘lgan sharoitda sanoat to‘ntarishi davriga kirayotgan mamlakatlarda bu jarayonlar,
ayniqsa, o‘tkir tus oldi. Bunday mamlakatlarda go‘yoki proletariat manfaatlarini
himoya qilib kapitalizmni tanqid qiluvchi qarashlar paydo bo‘lishi tabiiy bir xol edi.
Mayda ishlab chiqaruvchilar nazariyasini yaratgan olimlar sotsialistlarga ham
shuningdek, klassik iqtisodiy maktabga ham bab-baravar qarshi turuvchi ta’limotni
ilgari surishga intildilar. Mayda ishlab chiqarish nazariyotchilari kapitalistik
jamiyatda yirik sanoat mayda tovar ishlab chiqarishni siqib chiqarishini, yollanma
qullikni kengaytirish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina belgilarni tanqid qildilar, biroq
xususiy mulkchilikni, sohibkorlikning erkinligini va shu kabilarni tanqiddan tashqari
qoldirdilar (ya’ni bozor munosabatlari qo‘llab-quvvatlangan).
Mayda burjuaziya ijtimoiy-iqtisodiy mavqei mayda ishlab chiqarish,, siyosiy
iqtisodning ziddiyatligi va noizchilligini oldindan belgilab qo‘ygan edi, uning rivoji
bir necha bosqichni o‘z ichiga oladi. Avvali insonparvarlik, so‘ngra esa xayr-ehson
maktabi shakllandi. Agar birinchi maktab hali kapitalizmdan voz kechishni orzu
41
qilgan, uni chetlab qo‘yishga intilgan, proletariatning kulfatlari xususida astoydil
kuyungan bo‘lsa, ikkinchi maktab kapitilizmni isloh qilish loyihasini ilgari surib,
hammani o‘rta xollarga aylantirmoqchi bo‘lgan, u «kichik kapitalizm» tarafdori edi.
Dostları ilə paylaş: |