84
tarixi fanini predmeti u yoki bu sinflar, iqtisodiy qatlamlarning manfaatlarini ifoda
etuvchi iqtisodiy g‘oyalarni vujudga kelishi, rivojlanishi, kurashi va almashinuvining
tarixiy jarayoni hisoblanadi. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fani siyosiy iqtisodning
tarixiga o‘xshab ketsa ham undan ancha keng hisoblanadi. Chunki siyosiy iqtisod fani
kapitalistik ishlab chiqarish usulining paydo bo‘lishi davrida
vujudga keladi va shu
sistemani iqtisodiy rivojlanish qonun va qonuniyatlarini o‘rganadi. Iqtisodiy
ta’limotlar tarixi esa undan ancha keng davrni qamrab olgan va mustaqil harakterga
ega. Bu fan asoslarini o‘rganish natijasida xalq xo‘jaligi tarixi, iqtisodiyot nazariyasi
fanlari va boshqa iqtisodiy fanlar konsepsiyalarini o‘zlashtirish ancha osonlashadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fani tarix fani bilan chambarchas bog‘liq. Masalan, bizga
yangilik tuyulayotgan bozor iqtisodiyoti to‘g‘risidagi fikrlar bundan 200 yil ilgari
mavjud bo‘lgan va asosan taxlil qilib berilgan. Ularni o‘rganish va konkretlashtirish
iqtisodiyot fanini boyitadi.
Dostları ilə paylaş: