‘l texnikumi “Temir yo'l transportida intellektual axborot tizmlari va ularni loyihalash


Mavzu:7.Predmet sohani tavsiflash. Ma'lumotlar bazasini yaratish bosqichlari. "Mohiyat - aloqa" usuli



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə11/36
tarix28.09.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#150207
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36
maruza

Mavzu:7.Predmet sohani tavsiflash. Ma'lumotlar bazasini yaratish bosqichlari. "Mohiyat - aloqa" usuli.
Reja:

  1. Predmet sohani tavsiflash.

  2. Ma'lumotlar bazasini yaratish bosqichlari.

  3. "Mohiyat - aloqa" usuli.


Ma’lumotlar bazasini loyihalashtirish

Ma’lumotlar bazasini (MB) ishlab chiqish (loyihalash)ning asosiy maqsadi uning mantiqiy tuzilishini aniqlashdan iboratdir. MBni ishlab chiqish predmet sohasini tavsiflash asosida amalga oshiriladi. Bu tavsiflash MBga kiruvchi hamma ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi hujjatlar majmuini va predmet sohasini ifodalovchi ob’ekt va jarayonlar haqidagi boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.


MBni yaratishni uni loyihalashdan boshlash lozim. Loyihalash natijasida relyasion bazaning tuzilishi, ya’ni relyasion jadvallar tarkibi, ularning tuzilishi va mantiqiy aloqadorligi aniqlanadi. Relyasion jadvalning tuzilishi esa uning ustunlari tarkibi, ularning ketma-ketligi, ustun ma’lumotlarining turi va o‘lchami, shuningdek jadval kaliti bilan aniqlanadi.

Predmet sohasini tahlil qilish
Ixtiyoriy tipdagi MBni loyihalashtirishning birinchi bosqichi predmet sohasini aniqlash bo‘lib, u axborot tuzilmasini (konseptual sxemalar) tuzish bilan yakunlanadi. Bu bosqichda foydalanuvchining so‘rovlari tahlil qilinadi, axborot ob’ektlari va uning xarakteristikalari tanlanadi, hamda o‘tkazilgan tahlil asosida predmet sohasi tuzilmalashtiriladi. Predmet sohasini tahlil qilish umumiy bosqich bo‘lib, MB ishlashini amalga oshiradigan dasturiy va texnik vositalardan bog‘liq emas.
Predmet sohasini tahlil qilishni uch pog‘onaga bo‘lish maqsadga muvofiq:
1. Konseptual talablar va axborot ehtiyojlarini tahlil qilish;
2. Axborot ob’ektlari va ular orasidagi aloqalarni aniqlash;
3. Predmet sohasining konseptual modelini qurish va MBni konseptual sxemasin loyihalashtirish.
Konseptual talablar va axborot extiyojlarini tahlil qilishda qyidagi masalalarni hal qlish kerak:
·foydalanuvchilarning MBga bo‘lgan talablarini tahlil qilish (konsepsial talablar);
·MBdan o‘rin olishi lozim bo‘lgan axborotlarga ishlov berish bo‘yicha mavjud masalalarini aniqlash (tadbikni tahlil qilish);
·kelajakda hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarni aniqlash (perespektiv tadbiqni tahlil).
·tahlil natijalarini hujjatlashtirish.
Ishlab chiqarilayotgan MBga foydalanuvchilarning talablari so‘rovlar bilan ularning intensivligi ko‘rsatilgan ro‘yxat va ma’lumotlarning hajmidan iborat. MBni ishlab chiqaruvchilar bu ma’lumotlarni uning bo‘lajak foydalanuvchilari bilan suhbat o‘tkazish natijasida aniqlaydilar. SHu erda axborotlarni kiritishga, yangilashga va o‘zgartirishga bo‘lgan talablar ham aniqlanadi. Mavjud va perespektiv tadbiqlarni tahlil qilish natijasida foydalanuvchilar talablari aniqlashtiriladi va to‘ldiriladi.
Turli predmet sohalarini tahlil qilishda so‘rovnomaning taxminiy tarkibini quramiz:
Mantiqiy loyihalash.
MB yaratishning eng zaruriy va mas’ulyatli bosqichlaridan biri - bu mantiqiy loyihalashtirishdir. Uning asosiy masalasi tanlangan MBBT uchun mo‘ljallangan holda MB mantiqiy sxemasini ishlab chiqishdan iborat. Mantiqiy loyihalashtirish bosqichi konseptual loyihalashtirishdan farqli ravishda, u komp’yuterning dasturiy vositasini to‘liq hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Ish mazmuni bo‘yicha mantiqiy loyihalashtirish axborot tizimini va uni tashkil etuvchi qismlarni real MBBTiga mos shaklda modellashtirishdan iborat.
Mantiqiy loyihalashtirish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
1.Aniq bir MBBTni tanlash
2.Konseptual sxemani mantiqiy sxemaga o‘tkazish
3.Zarur kalitlarni tanlash
4.So‘rov tilini tavsiflash
Aniq bir MBBTni tanlash protsedurasini batafsil qaraymiz. MB loyihasini amalga oshirish uchun MBBTni tanlash juda katta mas’uliyat talab qiladi. Bu bir tomondan MBBTlarning juda ko‘pligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan ko‘p sonli xarakteristikalar bo‘yicha MBBTni baholash va ularning orasidan aynan shunday tizimni tanlash kerakki, u foydalaniuvchi va ishlab chiqaruvchilar talablarini to‘liq qanoatlantirishi mumkin bo‘lsin. CHunki MBda axborotdan foydalanish va ishlov berishi samaradorligi MBBTning qanchalik to‘Qri tanlashdan boQliq bo‘ladi. MBBTni tanlashning asosiy me’yorlaridan biri-bu ma’lumotlarni ishlatadigan ichki modelining konseptual sxemasini tavsiflash uchun qanchalik samarador ekanligini baholashdan iborat. SHaxsiy komp’yuterlar uchun mo‘ljallangan MBBTlarning ko‘pchiligi, odatda ma’lumotlarning relyasion yoki tarmoq modeliga tayangan holda ishlaydi. Zamonaviy MBBTlarning juda katta qismi relyasion model asosida yaratilgan. Agar relyasion tizim tanlangan bo‘lsa, u holda MBning konseptual sxemasini relyasionga akslantirish (o‘tkazish) oldinda turibdi.
Ishning mazmuni bo‘yicha ma’lumotning tanlangan modeli (relyasion, tarmoq va ierarxik) ma’lumotlar tizilmasini tavsiflash uchun vosita beradi. Protseduralar MBBT yadrosiga kiradigan ma’lumotlarni tavsiflash tilida bajariladi.
MBBTning ikkinchi tarkibiy qismi ma’lumotlarni manipulyasiya qilish tildan iborat. Undan MBni turli tadbiqlar uchun ishlatishda foydalaniladi. Ko‘p hollarda ma’lumotlarni manipulyasiya qilish tili (MMT) dasturlashtirish tilga o‘rnatilgan (kiritilgan) bo‘ladi. MMT turli imkoniyatlarga ega bo‘lishi mumkin: quyi pog‘onadagi til va yuqori poQonadagi til. Odatda quyi pog‘onadagi til protsedurali, yuqori poQonadagisi esa deklarativ til bo‘ladi. Protsedurali tillardan foydalanish ma’lum tayyorgarlikni talab qiladi, deklarativ til bo‘lsa ko‘prok professional bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun yarokli. SHuning uchun ma’lum MMTga ega MBBTni tanlash maxsus tayyorgarligi bo‘lmagan foydalanuvchi uchun juda muhimdir. Bundan tashqari MBBTga servis dasturlar va amaliy masalalarni echish uchun vositalar kiradi.
Axborot ob’ektlari va ular orasidagi aloqalarni aniqlash.
Predmet sohasini tahlil qilishning ikkinchi poQonasi axborot ob’ektlarini tanlash, har bir ob’ekt uchun zarur xossalarini berish, ob’ektlar orasidagi aloqalarni aniqlash, axborot ob’ektlariga qo‘yiladigan cheklashlarni aniqlash, axborot ob’ektlari orasidagi aloqalarning turlarini va axborot ob’ektlarining tasifnomalarini aniqlashdan iborat.
Axborot ob’ektlarini tanlayotganda quyidagi savollarga javob berishga harakat qilamiz:
1.MBda saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni qanday sinflarga ajratish mumkin?
2.O‘ar bir ma’lumotlar sinfiga qanday nom berish mumkin?
3.O‘ar bir ma’lumotlar sinfi uchun qanday eng muhim tasifnomalarni (foydalanuvchining nuqtai nazaridan) ajratish mumkin?
4.Tanlangan tasifnomalar to‘plamlariga qanday nomlarni berish mumkin?
Axborot ob’ektlarini aniqlash -itaratsion jarayon. U axborotlar oqimining tahlili va iste’molchilar bilan suhbat o‘tkazish asosida amalga oshiriladi. Axborot ob’ektlarning tasifnomalari xam xuddi shu usullar bilan aniqlanadi.
Keyin axborot ob’ektlari orasidagi aloqalarni aniqlaymiz. Bu jarayon borishida quyidagi savollarga javob berishga harakat qilamiz:
1.Axborot ob’ektlari orasidagi aloqalar turi qanday?
2.har bir tur aloqalarga qanday nom berish mumkin?
3.Keyinchalik foydalanish mumkin bo‘lgan qanday turdagi aloqalar bo‘lishi mumkin?
4.Aloqa turlarining biror bir kombinatsiyasi ma’noga egami?
Ob’ektlarga, ularning tasiflariga va aloqalariga cheklanishlar berishga harakat qilamiz. Buning uchun quyidagi savollarga javob berish zarur:
1.Sonli tavsifnomalar uchun qiymatlarning o‘zgarish sohasi qanday?
2.Bir axborot ob’ektning tavsiflari orasidagi qanday funksional boQlanishlar bor?
3.Har bir tur aloqalarga qanday turdagi akslantirishlar mos keladi?
Axborot ob’ektlarining o‘zaro aloqasiga misol sifatida TALABA, SINOV_Daftari, FAKULTET, O‘QITUVCHI axborot ob’ektlarini qarash mumkin.


Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin