Aksial B-probe ni teslametrga ulang va teslametrning nolini o’rnating (teslametr uchun ko’rsatmalarga qarang)
Aksial B-probe ni Leybold ga chap uchi 70.0 sm shkala belgisiga to’grilab joylashtiring. B-probe ni o’tkazgich halqa markaziga to’g’rilab joylashtiring.
O’tkazgich halqani imkoni boricha Xoll datchigiga aniq joylashtiring.
I tok kuchini har safar2 A qiymatga 0 A dan to 20 A qiymatgacha oshiring. Har safar magnit maydonini o’lchang va qiymatini yozib oling.
I=20 A da B– probni chap tarafga va ong tarafga qadam– baqadam siljiting, har safar magnit maydonini o’lchang, ya’ni magnit maydonini fazoviy koordinata x ning funksiyasi sifatida o’lchang. O’lchagan qiymatlarni yozib oling.
40 mm li o’tkazgich halqani 80 mm li o’tkazgich halqa bilan almashtiring va keyin 120 mm li o’tkazgich halqa bilan almashtiring. Barcha hollarda magnit maydonini fazoviy koordinata x ning funksiyasi sifatida o’lchang.