3-jadval. 40 mm li aylanma halqa magnit maydoni I tok kuchining funksiyasi sifatida
4-jadval. Aylanma halqalarning magnit maydoni x masofaning funksiyasi sifatida
Hisoblashlar va natijalar To’g’ri o’tkazgichning magnit maydoni.
B magnit maydonining I tok kuchidan bog’liqligi 6 – rasmda grafik ravishda ko’rsatilgan. O’lchash aniqligi chegarasida o’lchangan qiymatlar ( 1-jadvalga qarang) grafikning koordinata boshidan o’tuvchi to’g’ri chiziq ustida yotadi, ya’ni B magnit maydoni I tok kuchiga to’g’ri proportsional bo’ladi. 7-rasmda 2-jadvaldagi o’lchangan qiymatlar grafik ravishda ko’rsatilgan. O’tkazgichning yuzasi va B-probe ning uchi o’rtasidagi masofaning jadvalda
berilgan qiymatlari (1) tenglamadagi o’tkazgich o’qidan boshlab hisoblangan masofadan farq qilishi fakti inobatga olingan. Bu farq r– s = 3 mm bo’lib, u to’g’ri o’tkazgich radiusi r = 2 mm va B-probe ning uchi bilan Xoll datchigi markazi orasidagi masofa s0 = 1 mm larning yig’indisidan iborat. (4-rasmga qarang). 4-rasmda chizilgan grafik (1) tenglama yordamida I = 20 A tok uchun hisoblangan. 8-rasmda ko’rsatilgan grafikda u koordinata boshidan o’tuvchi to’g’ri chiziqqa mos keladi.
6-rasm. To’g’ri o’tkazgichning magnit maydoni tok kuchining funksiyasi sifatida.
8-rasm. To’g’ri o’tkazgichning magnit maydoni (1/B) = f(r) funksiyasi ko’rinishidagi bog’lanish grafigi.
Aylanma halqa shaklidagi o’tkazgichning magnit maydoni.
9-rasmda aylanma halqa shaklidagi o’tkazgichning magnit maydonining I tok kuchidan bog’liqligi ko’rsatilgan. Bu holda ham o’lchangan qiymatlar (3-jadval) va grafikda chizilgan koordinata boshidan o’tuvchi to’g’ri chiziq B magnit maydoni I tok kuchiga to’g’ri proportsional ekanligini tasdiqlaydi. 10-rasmda uchta aylanma halqa shakldagi o’tkazgichlar uchun B magnit maydonining x fazoviy koordinatadan bog’liqligi ko’rsatilgan. Rasmda chizilgan grafiklar (2) tenglama yordamida I = 20 A tok uchun hisoblab topilgan.
9-rasm. 40 mm li aylanma halqa magnit maydoni I tok kuchining funksiyasi sifatida.
10-rasm. R radiusli aylanma halqa magnit maydoni B ning fazoviy koordinata x ning funksiyasi sifatida. ( ) R=60 mm, ( * ) R=40 mm, ( O ) R=20 mm,