free —RAM xotiraning qancha qismi band va ishlatilayotganini ko’rsatadi.
ip — Tarmoqqa tegishli foydali ma’lumotlarni, masalan IP manzil, tarmoq interfeyslari, tarmoq o’tkazuvchanligi, va boshqa ko’rsatadi. Shuningdek tarmoqni sozlash uchun ham ishlatiladi.
jobs — Joriy topshiriqlar va ularning holatini ko’rsatadi. Topshiriq ishlayotgan protsess yoki protsesslar guruhi hisoblanadi.
kill/killall — Siz kill buyrug’ini protsessning ID si bilan birga qo’llab uni o’chirishingiz mumkin(odatda ps buyrug’i bilan birga ishlatiladi) Siz qidiruv shartlariga mos protsesslarni killall buyrug’i yordamida o’chirishingiz mumkin.
mount/umount — Turli fayl tizimlarini o’zingizning asosiy fayl tizimingizga bog’lash(montirovka) uchun ishlatishingiz mumkin. Ko’pincha qattiq disklar yoki USB xotira qulilmalarini kompyuter bilan aloqasini ta’minlash uchun ishlatiladi.
ps — Joriy holatda ishlab turgan jarayonlar ro’yxatini ko’rsatish uchun ishlatiladi. Odatda joriy foydalanuvchi ishga tushirgan protsesslarni ko’rsatadi, lekin parametrlar yordamida protsesslarning turli ko’rinishini saralab olishingiz mumkin.
sudo/gksudo —sudo barcha buyruqlarni huddi superfoydalanuvchidek ishga tushirishga imkon beradi (masalan sudo [buyruq1]). Agar siz grafik dasturlarni super foydalanuvchi imtiyozlari bilan ishga tushirishni hoxlasangiz gksudo buyrug’idan so’ng dastur nomini yozib foydalaning.
top — Joriy protsesslarni ro’yxatini ularning CPU markaziy protsessor resursidan qanchalik darajada foydalanishiga ko’ra saralab ko’rsatadi. ps buyrug’idan farqli ravishda ma’lumotlarni joriy vaqt rejimida yangilab turadi. Aslida Topshiriqlar boshqaruvchisi(Task Manager)ning terminaldagi ekvivalenti hisoblanadi.
uname — Tizim to’g’risidagi ma’lumotlarni ko’rsatib beradi. Qanday parametrlar bilan ishlatishingizga bog’liq ravishda kernel nomi va versiyasi, qurilma va operatsion tizim ma’lumotlarini ko’rsatadi.
whereis — Dasturning ishga tushiriluvchi faylini qayerda joylashganini ko’rsatib beradi.
whoami — Joriy foydalanuvchi nomini ko’rsatadi. su buyrug’I yordamida foydalanuvchini o’zgartirsangiz va joriy foydalanuvchi kimligini ko’rmaoqchi bo’lsangiz foydali.