&& — bu buyruq asosiy hisoblanadi, aslida u buyruq ham emas. Agar terminalda bir nechta buyruqni ketma ket bajarmoqchi bo’lsangiz shunchaki && ni ular orasiga joylashtiring. Misol uchun, [buyruq1] && [buyruq2] dastlab [buyruq1] ni, uning ketidan [buyruq2] ni ishga tushiradi. Istalgancha buyruqlarni shu tartibda bajarishingiz mumkin.
! — Bu buyruq oxirgi ishlatilgan buyruqni qayta ishga tushiradi. Uni history buyrug’I bilan birgalikda ishlatish yaxshi usul hisoblanadi. Siz buyruqlar tarixidagi n-buyruqni !n buyrug’i bilan qaytarishingiz mumkin. Shuningdek siz n ta buyruq oldin bajargan buyruqni !-n buyrug’i bilan takroran bajarishingiz mumkin.
cd — Joriy direktoriyani o’zgartiradi.
clear — Terminal oynasini tozalaydi.
history — Oxirgi ishlatilgan buyruqlar tarixini ko’rsatadi. Siz shuningdek klaviaturada yuqoriga va pastga tugmalarini bosib, oxirgi ishlatilgan buyruqlarni o’tkazib ko’rishingiz mumkin..
Tizimni boshqarish buyruqlari
apt — apt ning o’zidan buyruq sifatida foydalanib bo’lmaydi. APT ya’ni Advanced Packaging Tool ning imkoniyalaridan to’liq foydalanish uchun: add- apt-repository (qo’shimchapaketrepositorylariniqo’shishuchun), apt-get (paketlarni o’rnatish uchun), va apt-cache (repositorylaringizdan qidirish uchun) buyruqlaridan foydalanishingiz mumkin.
Agar sizning distributivingiz apt dan foydalanmasa YUM, RPM yoki boshqa alternativlardan foydalanishingiz mumkin.
bg/fg — Aktiv topshiriqni fonga va fondagi topshiriqni aktiv holatga o’tkazish uchun ishlatiladi. Topshiriqlar to’g’risida batafsil jobs buyrug’i bilan tanishing.
df — Tizimda qancha joy band va qancha joy bo’shligini ko’rsatadi.