Reaksiyaga kirishuvchi moddalr konsentratsiyasining o‘zgarishida kimyoviy muvozanatni siljishi
Unchalik katta bo‘lmagan stakanda 10 ml dan 0,001n temir (III) xlorid FeCI3 va kaliy rodanid KSCN eritmalarini aralashtiring. Bu qaytar reaksiyaning tenglamasini va uning muvozanat konstantasi ifodasini yozing.
Olingan eritmani to‘rtta probirkalarga teng miqdorda bo‘ling. Birinchi probirkaga temir (III) xloridining konsentrlangan eritmasidan, ikkinchisiga kaliy rodanidning konsentrlangan eritmasidan, uchinchisiga ozroq kaliy xloridning kristallidan soling, to‘rtinchisini esa solishtirish uchn olib qoling. Probirkalardagi suyuqliklarning rangini solishtiring. Suyuqliklar rangining o‘zgarish intensivligiga qarab temir (III) rodanidning Fe(SCN)3 eritmasidagi konsentratsiyasini o‘zgarishi, ya’ni muvozanatning siljishi haqidagi xulosa qiling. Rang o‘zgarishini massalar ta’siri qonuni asosida tushuntiring. Olingan eritmalar suyultirilganda muvozanat siljiydimi?
2. Temperaturaning kimyoviy muvozanatning siljishiga ta’siri
Tajriba uchun ikkita azot (IV) oksidi bilan to‘ldirilgan tutashuvchi idi shdan foydalaniladi (rasm 1).
Rasm 1. Temperatura o‘zgarishi bilan kimyoviy muvozanatni siljishini o‘rganish uchun asbob
Azot (IV) oksidi polimerlanadi va qaytar reaksiya natijasida muvozanat qaror topadi:
2NO2 N2O4+54,39 kJ
NO2-to‘q qo‘ng‘ir rangli gaz, N2O4 - och sariq, deyarli rangsiz. Shuning uchun gazlar aralashmasining rangini o‘zgarishiga qarab uning komponentlarini konsentratsiyasini o‘zgarishi haqida, ya’ni muvozanatni o‘ng yoki chap tomonga siljishi haqida xulosa qilish mumkin. Kolbadagi gazlar aralashmasining ranggini o‘zgarishini kuzating.
Har bir kolbada muvozanat qaysi tomonga siljiydi? Idishlarni stakanlardan chiqaring. Bu holda gazlarning ranglari qanday o‘zgaradi? Le-Shatelye prinsipi asosida kuzatilgan hodisalarni tushuntiring.
Dostları ilə paylaş: |