3.4-LABAROTORIYA ISHI
QUYOSH BATAREYALARINI PARALLEL ULASH
Ishdan maqsad
1. Quyosh batareyalarini parallel ulashni tajribada o‘rganish
2. Olingan laboratoriya natijalari ustida fikr yuritish va ulash usullarini
taqqoslash orqali
tahlil qilish
Qisqacha nazariy malumot
Quyosh elementlari (angl.
Solar cell
)- quyosh optik nurlanishini to‘g‘ridan to‘g‘ri
elektr
energiyasiga o‘zgartiruvchi yarimo‘tkazgichli
materiallar hisoblanadi.
Quyosh elementlari
doiraviy, psevdokvadrat, kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchakli shaklda bo‘ladi. Psevdokvadrat
quyosh elementining standart o‘lchamlari: 100x100 mm
2
, 125 x125mm
2
, 156x156 mm
2
,
210x210mm
2
bo‘ladi. Dunyoda ishlab chiqarilayotgan quyosh batareyalarining 92% dan ortig‘i
kremniy asosidagi yarimo‘tkazgich materiallardan tayyorlanadi.
Kremniy quyosh elementi
strukturaviy tarkibiga ko‘ra kristall va amorf kremniylarga bo‘linadi. Kristall kremniy o‘z
navbatida mono va polikristall kremniylarga bo‘linadi.
12.1-rasm. Kremniy quyosh elementining turlari
m-Si Cell –monokristall kremniy;
p-Si Cell-polikristall kremniy;
a-Si
Cell-amorf kremniy
Quyosh fotoelektrik batareyalari ketma-ket yoki parallel ulangan QE dan tashkil topadi.
Standart holda individual foydalanish uchun mo‘ljallangan quyosh batareyalarini 36 ta ketma-ket
yoki 72 ta aralash holda ulangan QE hosil qiladi.
12.2-rasm. Standart 36 ta QE dan tashkil topgan quyosh batareyasi
Parallel va ketma – ket ulash natijasida fotoelektrik plastina (yacheyka) tezda birlashadi va
chiqish quvvati sezilarli darajada oshadi (2-rasm). Agar bir qancha fotoelement (yoki bir qancha
m-Si Cell
p-Si Cell