Laboratorira ishi



Yüklə 23,22 Kb.
səhifə1/6
tarix26.10.2022
ölçüsü23,22 Kb.
#66258
  1   2   3   4   5   6
5 lab


Laboratorira ishi
I-II-III-guruhlar aralashmasining tahlili mavzusiga oid laboratoriya ishining (2 soat)
PASPORTI


Mashg’ulotningmaqsadi: I-II-III-guruhlar aralashmasining tahlili reaksiyalarni tahlil qilish va laboratoriyada bajarib ko`rish.
Keraklireaktivlar:NaHC4H4O6eritmasi, ishqorvakislotalar,KH2SbO4eritmasi, NH4ClhamdaNesslerrеаktiviK2[HgI4].
Kerakli jihoz, uskunalar va idishlar:

  1. Har xil o’lchamli probirkalar

  2. Pipetkalar har xil o’lchamda

  3. Oddiy stakanlar, kolbalar

  4. Issiqlikka chidamli stakanlar va kolbalar



Mavzu: I-II-III-guruhlar aralashmasining tahlili.
Reja:
7.1. I-guruh kationlarining aralashmasining analizi.
7.2. II-guruh kationlarining aralashmasining analizi.
7.3. III-guruh kationlarining aralashmasining analizi.
Mashg’ulotningmaqsadi: I-II-III-guruhlar aralashmasining tahlili reaksiyalarni tahlil qilish va laboratoriyada bajarib ko`rish. Keraklireaktivlar:NaHC4H4O6eritmasi, ishqorvakislotalar,KH2SbO4eritmasi, NH4ClhamdaNesslerrеаktiviK2[HgI4].
Kerakli jihoz, uskunalar va idishlar:

  1. Har xil o’lchamli probirkalar

  2. Pipetkalar har xil o’lchamda

  3. Oddiy stakanlar, kolbalar

  4. Issiqlikka chidamli stakanlar va kolbalar

Ishningbajarilishi: Analizni boshlashdan oldin eritmani pH ni aniqlab olish kerak. Chunki tegishli muhitni vujudga keltirish analitik reaksiyalarni o‘tkazishni muhim shartlardan biri. Bundan tashqari pH ning qiymatidan foydalanib, eritmaning tarkibi to’g’risida ayrini xulosalar chiqarish mumkin. Eritmaning pH ni aniqlash indikalor qog'ozi yordamida amalga oshiriladi.
Eritma tarkibidagi NH4+, ion lari eritmaga ishqor qo‘shib qizdirish yoki Nessler reaktividan foydalanib aniqlanadi. I-guruhni boshqa kationlari Mg2+ ionini topishga xalaqit qilmaydi. Shuning uchun analizni keyingi bosqichida eritmaning bir qismidan Mg2+ ionini aniqlash mumkin. Buning uchun tekshiriladigan eritmaga Na2HPO4 va NH4OH qo'shiladi. Kristall holatdagi oq cho‘kma MgNH4PO4 ni hosil bo’lishi eritmada Mg2+ ioni borligini ko'rsaladi.
Ammoniy ioni kaliy va natriy ionini aniqlashga xalaqit bergani uchun uni yo'qotish talab etiladi. Buning uchun eritma quruq qoldiq hosil bo’lguncha bug‘latiladi. Hosil bo’lgan quruq qoldiqqa HC1 yoki HNO3 bilan ishlov beriladi va NH4+ tuzlari termik parchalanadi. Quruq qoldiq suvda eritib olinadi va unda NH4+ ni to liq yo‘qotilganligi Nessler reaktivi yordamida tekshirib ko‘riladi. Tarkibidan NH4+ ionlari yo'qotilgan eritmani sistematik analizi quyidagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. Tarkibidan NH4+ ionlari yo‘qotilgan eritmaga vino kislotasi eritmasi qo‘shiladi. Eritma sovutilib, shisha tayoqcha bilan probirkani devorlari ishqalanadi. K+ ionlari KHC4H406 holida cho‘kmaga tushadi. Eritmada Na+, Mg2+, Li+ ionlari qoladi. Cho‘kma sentrifugada ajratib olinadi. Sentrifugatga K2C03 qo‘shiladi va aralashma qizdiriladi. Bunda Li2C03, Mg2(0H)2C03 cho‘kmalari hosil bo‘ladi. Cho‘kma sentrifugalab, ajratiladi. Eritmadan Na+ ioni KH2SbO4 bilan aniqlanadi. L2CO3, Mg2(0H)2C03 cho‘kmasiga KOH eritmasi qo‘shib qaynatiladi. Bunda cho'kmaga Mg(OH)2 tushadi, eritmada esa Li+ ionlari qoladi. Eritmadan Li+ ionlari NH4F bilan aniqlanadi. HCl da critilgan cho'kmadan magniy ionlari NH4Cl+NH4OH+Na2HP04 qo‘shib qizdirish bilan aniqlanadi. Bunda MgNH4P04 oq kristall cho‘kma hosil qiladi. К+, Na+, Li+ va Mg2+ ionlari aralashmasining ajratish sxemasi 3.1- sxemada keltirilgan.
II- guruh kationlari aralashmasining sistematik analizi sxemasi
Ba2+, Ca2+, Sr2+ ionlari aralashmasini ajratish sxemasi 3.2-sxemada keltirilgan. II-guruh kationlari BaC03, СаСОз, SrC03 holida cho‘kadi. Cho‘kma 2N CH3COOH da eritiladi. Aralashma tarkibidagi Ba2+ ionlari K2Cr207 ta’sirida cho‘kliriladi. Bunga Ca2+ va Sr2+ ionlari xalaqit qilmaydi. K2Cr207 ning ortiqcha miqdori eritmani sariq rangga kiritib, Ca2+ va Sr2+ ionlarini aniqlashga halaqit qiladi. Shu sababli eritmada bo’lgan Ca2+ va Sr2+ К2СОз ta’sirida (pH<10) CaC03 va SrCO3 holida cho'ktirib olinadi.
Kationlar aralashmasi tekshirilayotgan eritmadan bir nechta kationlar uchun umumiy bo`lgan bitta yordamchi reaktiv bilan cho`kmaga tushirilishi mumkin. Bir nechta ionlarni cho`ktiradigan modda guruh reaktivi deb ataladi.

Yüklə 23,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin