Laboratoriya №2 Takroriy o’lchashlar o’tkazish va olingan o’lchash natijalarini qayta ishlash Ishning maqsadi



Yüklə 65,85 Kb.
səhifə3/4
tarix14.04.2023
ölçüsü65,85 Kb.
#98159
1   2   3   4
2-LABORATORIYA

Nazariy ma‘lumotlar
O‘lchash xatoliklari turli sabablarga ko‘ra turlicha ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. O‘lchash xatoliklarini keltirib chiqaruvchi sabablarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • o‘lchash vositalaridan foydalanishda uni sozlash yoki sozlash darajasini siljishidan kelib chiquvchi sabablar;

  • o‘lchash ob‘ektini o‘lchash joyiga (pozitsiyasiga) o‘rnatishdan kelib chiquvchi sabablar;

  • o‘lchash vositalarining zanjirida o‘lchash ma‘lumotini olish, saqlash, o‘zgartirish va tavsiya etish bilan bog‘liq sabablar;

  • o‘lchash vositasi va ob‘ektiga nisbatan tashqi ta‘sirlar (temperatura yoki bosimning o‘zgarishi, elektr va magnit maydonlarining ta‘siri, turli tebranishlar va h.k.) dan kelib chiquvchi sabablar;

  • o‘lchash ob‘ektining xususiyatlaridan kelib chiquvchi sabablar;

  • operatorning malakasi va holatiga bog‘liq sabablar va shu kabilar.

O‘lchash xatoliklari u yoki bu xususiyatlariga ko‘ra quyida keltirilgan turlarga bo‘linadi:
I. O‘lchash xatoliklari ifodalanishiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) Absolyut (mutloq) xatolik. Bu xatolik kattalik qanday birlikda ifodalanayotgan bo‘lsa, shu birlikda tavsiflanadi. Mutloq xatolikni quyidagicha aniqlanadi:
(1)
bunda, A–o‘lchash natijasi, xr–kattalikning chinakam qiymati, xx – kattalikning haqiqiy qiymati.
Absolyut xatolikning teskari ishora bilan olingan qiymati tuzatma deb ataladi:

Odatda o‘lchash asboblarining xatoligi keltirilgan xatolik bilan ham belgilanadi.
Absolyut xatolikning asbob ko‘rsatishining maksimal qiymati (ак max) ga nisbatini foizlarda olingan qiymati keltirilgan xatolik (х) deb ataladi.
(3)
Bu faqat o‘lchash asboblari uchun qo‘llaniladi.


2) Nisbiy xatolik – absolyut xatolikning haqiqiy qiymatga nisbatini bildiradi va foizda ifodalanadi:
(4)
II. O‘lchash sharoiti tartiblariga ko‘ra:

    1. Statik xatoliklar – vaqt mobaynida kattalikning o‘zgarishiga bogliq bo‘lmagan xatoliklar, o‘lchash vositalarining statik xatoligi shu vosita bilan o‘zgarmas kattalikni o‘lchashda hosil bo‘ladi. Agar o‘lchash vositasining pasportida statik sharoitlardagi o‘lchashning chegaraviy xatoliklari ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda bu ma‘lumotlar dinamik sharoitlardagi aniqlikni tavsiflashga nisbatan tadbiq etila olmaydi.

    2. Dinamik xatoliklar – o‘lchanayotgan kattalikning vaqt mobaynida o‘zgarishiga bogliq bo‘lgan xatoliklar sanaladi. Dinamik xatoliklarning vujudga kelishi o‘lchash vositasilarining o‘lchash zanjiridagi tarkibiy elementlarning inertsiyasi tufayli deb izohlanadi. Bunda o‘lchash zanjiridagi o‘zgarishlar oniy tarzda emas, balki muayyan vaqt davomida amalga oshirilishi asosiy sabab bo‘ladi.

III. Kelib chiqish sababi(sharoiti)ga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:

Normal sharoitda ishlatiladigan asboblarda hosil bo‘ladigan xatolik asosiy xatolik deyiladi. Normal sharoit deganda havo temperaturasi 200С50С, havoning namligi 65%15%, atmosfera bosimi 75030 mm.sim.ust. ga teng bo‘lishi lozim. Ta‘minlanish kuchlanishi nominaldan 2% ga o‘zgarishi mumkin.
Agar asbob shu sharoitdan farqli bo‘lgan tashqi sharoitda ishlatilsa, hosil bo‘ladigan xatolik qo‘shimcha xatolik deyiladi.
IV. Mohiyati, tavsiflari va bartaraf etish imkoniyatlariga ko‘ra xatoliklar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1). Muntazam xatoliklar;
2). Tasodifiy xatoliklar;
3). Qo‘pol xatoliklar yoki yanglishuv.
Muntazam xatolik deb, umumiy xatolikning takroriy o‘lchashlar mobaynida muayyan qonuniyat asosida hosil bo‘ladigan, saqlanadigan yoki o‘zgaradigan tashkil etuvchisiga aytiladi.
Muntazam xatoliklarning asosiy guruhlari quyidagilar hisoblanadi:

  • uslubiy xatoliklar;

  • asbobiy (qurilmaviy) xatoliklar;

  • sub‘ektiv xatoliklar.



O‘lchash usulining nazariy jihatdan aniq asoslanmaganligi natijasida uslubiy xatolik kelib chiqadi.
O‘lchash vositalarining konstruktiv kamchiliklari tufayli kelib chiqadigan xatoliк asbobiy xatolik deb ataladi. Masalan, asbob shkalasining noto‘g‘ri graduirovkalanishi, qo‘zg‘aluvchan qismning noto‘g‘ri mahkamlanishi va h.k.
Asbob(qurilma)ning xatoligi – asbobning noto‘g‘ri qo‘yilishi-dan yoki uni ba‘zi tashqi faktorlar ta‘sirida ishlatilishidan kelib chiqadigan xatolikka aytiladi.
Sub‘ektiv xatolik – kuzatuvchining aybi bilan kelib chiqadigan xatolikdir.

Topshiriq: Berilgan detal o‘lchamlarini universal o‘lchash asboblari (shtangensirkul yoki mikrometr) yordamida bir necha marta o‘lchab oling, o‘lchash natijalari asosida o‘lchashlardagi absolyut, nisbiy, o‘rtacha kvadratik, ehtimoliy va asbobning keltirilgan xatoliklarini toping.
Ishni bajarish tartibi:
1). Berilgan detalning o‘lchamlarini o‘lchash asboblari yordamida o‘lchab oling;
2). O‘lchanadigan kattalikning o‘rtacha arifmetik qiymatini quyidagi formula yordami hisoblang:

3). Absolyut xatolikni aniqlang:

4). O‘lchash davomidagi nisbiy xatolikni aniqlang:



5). O‘rtacha kvadratik xatolikni quyidagi formula yordamida aniqlang:

bu yerda: n- o‘lchashlar soni; -o‘lchanadigan kattalikning o‘rtacha arifmetik qiymati; xi- alohida o‘lchashlar natijasi.


6) Quyidagi formula bo‘yicha ehtimoliy xatolikni aniqlang:

bu yerda: - o‘rtacha arifmetik qiymat bo‘yicha kvadratik xatolikdir.


7). O‘lchashlar natijalari bo‘yicha quyidagi jadvalni to‘ldiring.



O‘lchash natijalari, mm

O‘rtacha arifmetik qiymat , mm

Absolyut xatolik
(x), mm

Nisbiy xatolik
(), %

Asbobning keltirilganxatoligi
(β), mm

O‘rtacha kvadratik xatolik (), mkm

Ehtimoliy xatolik (), mkm





































































































































Yüklə 65,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin