Laboratoriya ish№ 9.
Mavzu: 4 razryadli ketma-ket va parallel registrlarni tadqiq etish
Ishning maqsadi:4 razryadli ketma-ket va parallel registrlarni tadqiq etish
Registr kombinatsion turdagi raqamli qurilma bo‘lib, ko‘p razryadli ikkilik sonlar
ko‘rinishidagi ma’lumotlarni eslab qolish va vaqtincha
xotirada saqlash uchun
ishlatiladi. Registr ikkilik razryad sonlarga teng miqdordagi triggerlar majmuasidan
iborat. Trigger – esa xotira elementi bo‘lib, ularga qo‘shimcha ulanayotgan
elementlarning vazifasidan
kelib chiqqan holda, boshqa maxsus funktsiyalarni
amalga oshirish imkonini beradi. Masalan, agar registrda bir triggerdagi ma’lumot
keyingisiga uzatilsa, u holda registr siljitish funktsiyasini bajaradi, demak bunday
registr siljitish registri deb ataladi. Chapga va o‘nga siljituvchi registrlar mavjud.
Siljitish registrlari ma’lumotni ketma-ket qabul qiladi. Agar bit ko‘rinishidagi
ma’lumotlar guruhi ketma-ketligini takt impulslari komandasiga ko‘ra
siljitish
registrlari kirishlariga berilsa, u holda registrni bir-nechta
siljitish amallari bilan
yuklash mumkin. Xuddi shunday usulda registrdagi ma’lumotlarni undan chiqarib
yuborish mumkin. Parallel yoki ketma-ket ravishda ma’lumot kiritish mumkin
bo‘lgan siljitish registrlari mavjud. Demak, xuddi shunday parallel yoki ketma-ket
ravishda ma’lumotni chiqarish ham mumkin. Yuqorida aytib o‘tilganidek, universal
registrlar ham mavjud bo‘lib, ular ma’lumotlarni chapga va o‘nga siljitadilar. To‘g‘ri
va teskari kod tartibida ma’lumot chiqaruvchi registrlar ham mavjud. To‘g‘ri kodda
ma’lumot chiqaruvchi registrlar turli vaqt masshtabida
ishlaydigan yozuv
qurilmalarni muvofiqlashtirishda qo‘llaniladi. Masalan, diskka ma’lumot yozish
qurilmasi bilan printerni muvofiqlashtirish uchun qo‘llash mumkin.
Bu vaqtda
registrga ma’lumotni ancha katta tezlikda kiritish, printerdan esa ma’lumotni ancha
past tezlikda olish mumkin. Teskari kodda ma’lumot
chiqaruvchi registr -
mikroprotsessor XQlarida ishlatilishi mumkin. Parallel registr ma’lumotlar ustidan
quyidagi mikroamallarni bajarishga mo‘ljallangan: parallel shaklda kirishdagi
ma’lumotlarni yozish, saqlash va uzatish. Sodda ikki
razryadli parallel registr
funktsional sxemasi 13.1-rasmda keltirilgan.