Laboratoriyaning amaliy qismi. Arduino mikrokontroleriga ega bo‘lishiga qaramay, u professional bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan. Bu elektronika asoslaridan uzoq bo‘lgan kattalarga ham, maktab o‘quvchilariga ham uni o‘zlashtirishga imkon beradi. Dasturlash qobig‘ining kirish chegarasi ancha past. Dasturlash juda sodda va intuitiv.
Arduino bilan nima yaratishingiz mumkin?
Millionlab mumkin bo‘lgan dastur elementlarining kombinatsiyasi faqat inson tasavvuri bilan cheklangan. Qurilma ulanadigan va dastur yoziladigan sensorlar yordamida atrofdagi dunyo haqidagi ma'lumotlarni qabul qilish va qayta ishlashga qodir.
Siz tizimni ma'lum bir o‘zgarishlarga tezda javob berishni, yorug‘likni boshqarishni, harakatlanuvchi elementlarni, motorlarni va har xil drayverlarni boshqarishingiz mumkin. Tizim uy va sanoatda foydalanish uchun javob beradi.
Qo‘shimcha plata bozori doimiy ravishda yangilanib turadi, yangi innovatsion ishlanmalar paydo bo‘ladi. Bunga mutlaqo ochiq tizim arxitekturasi yordam beradi. Arduino boshlang‘ich to‘plami
Arduino -ni o‘rganishni boshlash uchun siz mikrokontroller kartasining o‘zi va qo‘shimcha datchiklar, detallarni olishingiz kerak. Arduino boshlang‘ich to‘plamini sotib olish eng yaxshisidir, lekin siz o‘zingizga kerak bo‘lgan istalgan datchik(sensor)larni tanlashingiz mumkin. Men to‘plamni tanlashni maslahat beraman, chunki u osonroq va ko‘pincha arzonroq.
Arduino haqida dastlabki tushunchalar.
Arduino — elektronik loyihalarini yaratish uchun foydalaniladigan open source platformasi hisoblanadi. Arduino kompyuter kodini fizik qurilmalarga yozib olish uchun ishlatiladigan elektron mikrokontrollerdan va dasturiy ta’minot yoki IDE (Integrated Development Environment) komponentidan iborat.
Arduino oilasida turli xil kontrollerlar mavjud: Arduino UNO, Arduino Leonardo, Arduino ProMini, Arduino Mega, LilyPad Arduino. Ulardan eng keng tarqalgani Arduino UNO hisoblanadi. Mikrokontrollerlar bilan ishlashni boshlaganda ham aynan shu kontrollerdan boshlash maslahat beriladi. Endi esa, Arduino UNO mikro kontrollerining tarkibiy qismlari bilan tanishib chiqsak:
Arduino UNO
Power(1).Arduino UNOga quvvat USB portini shaxsiy komputer yoki noutbukingizga ulash orqali beriladi. Uni komputeringizga ulovchi USB simisiz ham ishlatishingiz mumkin. Buning uchun maxsus batareya orqali ishlatishingiz mumkin(2). Bunday batareyalar odatda 9V kuchlanishga ega bo’ladi.
GND(3): Ground so’zining qisqartmasi. Bu pinni siz barcha proyektingizdada ishlatasiz. 5V(4) & 3,3V(4): Bular mos ravishda 5V va 3,3V lik quvvatni ta’minlovchi pinlar hisobladi.
Analog(6): Anolog pinlar (A0,…A5). Bu pinlar yordamida qurilmalardan analog signal qabul qilinadi. Masalan harorat datchigidan.
Digital(7/8): Bu pinlardan esa raqamli signallar qabul qilinadi. Masal kichim svetodioddan.
Keling Arduino UNOda birinchi qilinadigan kichik proyekt hisoblanmish svetodiodni yoqib ko’ramiz. Demak buning uchun bizga: Arduino UNO , LED(svetodiod) va 220 om rezistor kerak bo’ladi.