Ishnn bajarish tartibi: Bug‘doy dondan 30-50 g o‘lchab olinadi va keraksiz aralashmalardan tozalanadi. Laboratoriya tegirmonida maydalanadi, bunda shunga etibor berish kerakki, uni №067 elakdan o‘tqazganimizda qoldiq 2% dan oshmasligi. № 38 kapron elakdan o‘tkazilganda 40 % dan kam bo‘lmasligi kerak. Maydalangan dondan 25 g texnik tarozida o‘lchab olinadi va kosachaga solinadi hamda ustiga 14 ml suv quyiladi (18 - 200 C). So‘ng xamir qo‘lda qoriladi. Qorilgan xamir yumaloq shaklga keltiriladi so‘ng 20 daqiqaga tindirishga quyiladi. Tindirish davomida don tarkibidagi oqsillar suvini yutib, bo‘kadi. Vaqt o‘tgach xamir jildirab turgan suv oqimida yoki tog‘arachada yuviladi. Yuvish davomida don qobig‘i qismlari, kraxmal va suvda eriydigan boshqa moddalar yuviladi va yopishqoq kleykovina qoladi.
Yuvilgan kleykovina kaftda siqiladi, vaqti-vaqti bilan quruq sochiqda artiladi. Siqilgan kleykovinani torozida ulchanadi va yana bir bor 2-3 daqiqa davomida yuviladi, yana siqiladi va torozida tortiladi.
Ikki o‘lcham orasidagi farq 0,1 g dan oshmasligi kerak. Kleykovina miqdori olingan namunaga nisbatan foizda ifodalanadi. Kleykovinaning sifati IDK-1 asbobi bilan aniqlanadi. Buning uchun yuvilgan kleykovinadan 4 g o‘lchab olinadi, sharsimon qilib yumaloqlanadi va suvli idishga 15 daqiqaga solib quyiladi.
Yumaloqlangan xamir asbobga joylashtariladi va puanson tushiriladi, 30 sekund o‘tgan so‘ng asbob o‘chiriladi va ko‘rsatkichlar yozib olinadi. Ko‘rsatkichlarga ko‘ra kleykovina guruxi sifati aniqlanadi (jadval 4).
4-rasm. Kleykovina sifatini aniqlashga mo‘ljallangan IDK-5m asbobi.
Asbobning ko‘rsatgichlariga qarab kleykovina shartli birliklarga ko‘ra quyidagi sifat guruxlariga ajratiladi.
Ishning natijasi: Donning maydalangan o‘lchami_________________________________g.
Xamir qorish uchun olingan suv miqdori_______________________ml.
Kleykovina miqdori (1- aniqlik) ______________________________g.
Kleykovina miqdori (2- aniqlik) ____________________________g.
Ikki o‘lchash orasidagi farq____________________________________g.
Kleykovinaning foiz nisbati_____________________________%. IDK-1 asbobining ko‘rsatkichi_____________________________ sh.b.
Xulosa: Natija me’yoriy xujjat bilan taqqoslanadi va bug‘doy doni sifatiga baho beriladi.