Port-Check – portlarni tekshirish (agar portlar bo’sh bo’lmasa, oynadagi modullar start buyrug’ini qabul qilmaydi).
Explore – XAMPP o’rnatilgan papkani ochadi (E:\xammp).
SCM – Windows xizmatlarining boshqaruv oynasini ochadi.
Refresh – Modullar holatini yangilash.
Help – yordam.
Exit – dasturdan chiqish.
3. Apache va MySQL modullarini ishga tushiramiz (Start tugmasi), brauzerda localhost ni teramiz (yoki Apache moduli qarshisidagi Admin ni bosamiz).
4. XAMPP ning bosh sahifasi ochiladi, berilgan tillardan birontasini tanlaymiz.
5. XAMPP ning Web interfeysi ochiladi, bu yerda DEMOS bo’limida turli hujjatlar va ularning misollari bilan tanishishingiz mumkin bo’ladi.
4-rasm. XAMPP ning Web interfeysi
6. Security bo’limida xafsizlikni sozlash qisimlari joylashgan (bu yerda siz dasturda qilgan ishlaringizni himoyalash imkoniga ega bo’lasiz, ya’ni parol kiritishingiz mumkin);
7. Keyin http://localhost/phpmyadmin/ ni brauzerga teramiz yoki MySQL moduli to’g’risidagi Admin orqali XAMPP ning MySQL bo’limiga kiramiz.