Android versiyasi: • Platforma: Windows, macOS. Bu, ehtimol, eng mashhur Android emulyatori, ayniqsa, geymerlar orasida mashhurdir. Dastur o‘yinlarni ishga tushirish uchun yaratilgan bo‘lsada, turli xil ilovalar bilan ham bemalol ishlashingiz mumkin. Agar kompyuteringiz yetarlicha kuchli bo‘lsa, u hatto eng og‘ir o‘yinni ham muvaffaqiyatli ishga tushiradi. O‘z navbatida, BlueStacks'ning o‘zi boshqa emulyatorlarga qaraganda ko‘proq joy egallaydi va yuklashga ko‘proq vaqt talab etadi. Bepul versiyada o‘yinlarga homiylik bo‘yicha tavsiyalar mavjud. Agar xohlasangiz, reklamalarni o‘chirib qo‘yish va texnik yordamdan foydalanish uchun oyiga $ 3.33 evaziga premium BlueStacks'ga obuna bo‘lishingiz mumkin.
2. NoxPlayer
Android versiyasi: 7. • Platforma: Windows, macOS. Yon panelda boshqaruv tugmalari bilan tanish bo‘lgan Android interfeysini namoyish etadigan yengil va tezkor emulyator. Dastur sozlamalarida siz kirish huquqini yoqishingiz, protsessor yadrolari va ajratilgan Operativ xotira miqdorini qo‘shib, unumdorlikni oshirishingiz, shuningdmu, ekranning aniqligi va FPS sonini o‘zgartirishingiz mumkin. NoxPlayer bir vaqtning o‘zida bir nechta akkauntlardan o‘ynashga imkon beradi, bu onlayn loyihalar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Dastur har bir o‘yin profili uchun rasmini alohida oynada namoyish etadi.
3. MEmu
•Android versiyasi: 5. • Platforma: Windows, macOS. Funksional va vizual jihatdan MEmu Nox'ga juda o‘xshash. Siz emulyator uchun qancha quvvat sarflanishini, qancha xotira zaxirasini ajratish va o‘yinlarni qanday kadrlar chastotasida ishga tushirishni belgilashingiz mumkin. Yon panelda displeydan video yozib olish, skrinshot qilish va klaviatura sozlamalarini yaratish tugmalari mavjud. Ilovalarni kompyuter xotirasidan APK fayllari sifatida yoki Google Play'dan o‘rnatish mumkin. MEmu sizga tezda root'ni faollashtirishga, shuningdek, interfeys qismlarini sozlashga imkon beradi. Dastur Android'ning barcha asosiy elementlarini, shu jumladan, ma’lumotlar panelini, sozlamalar menyusini va hatto fayl boshqaruvchisini emulyasiya qiladi.