Laboratoriya ishi №2 katodli sogilishni tadqiqot qilish ishdan maqsad



Yüklə 20,32 Kb.
tarix14.12.2023
ölçüsü20,32 Kb.
#180430
Laboratoriya ishi № 2


Laboratoriya ishi № 2
KATODLI SOGILIShNI TADQIQOT QILISH
Ishdan maqsad: yoyni boshqarish usullari bilkan tanishish va tashqi magnit maydoni yordamida metal chokini shakllantirish.
Ishning mazmuni.
Elektr tokini o`tkazgichi bilan magnit maydonini ta’sirlashuvi natijasida ular o`rtasida o`tkazgichga ta’sir etuvchi kuch paydo bo`ladi(bu kuch yo`nalishi chap qo`l qoyidasiga asosan aniqlanadi). Payvandlash sharoitida o`tkazgich bo`lib yoy va payvand vannasi suyuq metalli xizmat qiladi. Shuning uchun tashqi magnit maydoni ular bilan ta’sirlashadi. Tasir etuvchi kuchlar vanna suyuq metallini va yoyni siljitib xarakatlantiradi. Sijishlar yo`nalishi va xarakteri magnit maydon turi va ko`rinishi hamda payvandlash toki turi bilan aniqlandi. Magnit induksiyasini payvand yoyi o`qiga nisbatan yo`nalish chiziqlari ko`rinishiga qarab ikki turdagi magnit maydonlari farqlanadi: ko`ndalang va bo`ylama. Bo`ylama magnit maydonlarining kuch chiziqlari yo`nalishi payvand yoyi o`qiga parallel, bo`ytlama magnit maydonlariniki perpendikulyar.
Umumiy xolatda yoyning va suyuq metalning xarakati murakkab xarakterga ega. O`zgarmas magnit maydoni va o`zgarmas payvandlash tokida ularning xarakati oddiyroq ko`rinishga ega. Ko`rsatib o`tilgan sharoitlarda bo`ylanma magnit maydoni yoy ustunini va vannaning erigan metalini aylantiradi, ko`ndalang magnit maydoni esa yoyni biror tomonga og`diradi va suyuq metalni o`qqa nisbatan bir tomonga siljitadi.
Payvandlash tokini turi va magnit maydonini turi va ko`rinishini o`zgartirish yo`li bilan yoy ustunini tebranishini va aylanishini, aktiv dog`larni payvand vannasi yuzasida borib kelishi va aylanma xarakatini, payvand yoyi shaklini, payvand vannasi erigan qismini tebranma va aylanma xarakatini xosil qilish mumkin.
Jixozlar va materiallar.

    1. Yoyning razryadlanish jarayonini ekranda kuzatish uchun moslama

    2. Ko`mir elektrod va ko`mir plastina.

3. Solenoidlar va elektromagnit g`altaklar.
4. Elektromagnit ta’sir o`tkazuvchi qurilmalar UMPT—1 yoki UMPT—2.
5. Payvandlash to`g`rilagichi VD-303.
6. IPK-350-4 qurilmasi.
7. Payvandlash traktori ADF—500
8. Katta asbobsozlik mikroskopi BMI—1.
9. AMg6 alyumin qotishmasi plastinasi.
10. Mikrostrukturani aniqlash uchun rang beruvchi suyuqlik.
Ishning bajarish tartibi
1. Tashqi magnit maydoni o`rnatilganda yoy razryadini kuzatish qurilmasi yordamida ekranda yoy tuzilishi va uning og`ishlareini kuzatish. Magnit maydoni solenoidlar yoki elektromagnit katushkalarni UMPT—1 yoki UMPT-2. Qurilmalari bilan tok bilan taminlash orqali amalga oshiriladi. Payvand yoyini ko`mir elektrod bilan ko`mir plastina o`rtasida hosil qilinadi.
Yoy razryadini hususiyatlariga magnit maydonini turini, ko`rinishini va qutublanishini ta’sirlarini aniqlash va shuningdek, payvandlash tokining qutublanishini ta’sirini aniqlash.Barcha holatlar uchun yoy ko`rinishini shaklini chizish.
2.AMg6 plastinasini ADF—500 traktori yordamida IPK—350—4 ta’minlash manbayi yordamida tok bilan ta’minlab eritib payvand choki metali shakllanishiga tashqi magnit maydoni tasirini aniqlash. Tajriba sinovlarini o`zgarmas tokda, o`zgaruvchan tokda va impulsli toklarda o`tkazish. Elektromagnit katushkalarini impulsli toklar bilaN ta’minlaganimizda magnit impulslarini izini metal chokini tangachali terilishiga tasirini o`rganish. Magnit induksiyasining metal chokini qoniqarli shaklanishi chegaralarini aniqlash. Payvand choki geometric o`lchamlariga magnit maydoning tashqi impulslarining tasirini belgilash. Chok ko`ndalang kesimlari makrostrukturasi yordamida erish chuqurligini aniqlash. BMI asbobsozlik mikroskopi yordamida chok enini (b) va erish chuqurligini(h) aniqlash. Olchov natijalarini 2.1.jadvalga yozish.
2.1.jadval


pG’p

V, Gs

ti, ms

tp, ms

f, Gs

σ

b, mm

h, mm

























Chok eni va erish chuqurligiga tashqi magnit maydonlarining impulslari chastotasi va tarkini tasirini ko`rsatuvchi grafiklar chizing:


b=f(B), h=f(B)
Tajribalar asosida hulosalar yozing.
Xisobot mazmuni
Xisobotda bajarilgan tajribalarnig qisqacha mazmuni, moslama sxemasi, tajriba natijalari yozilgan jadvallar, grafiklar va hulosalar bo`lishi kerak.
Nazorat uchun savollar.
1. Payvandlashda qo`llaniladigan magnit maydoni turlari?
2. Yoy razryadiga va payvandlash vannasi metaliga ko`ndalang v abo`ylanma magnit maydonlari qanday ta’sir ko`rsatadi?
3. Payvand yoyi shakliga tashqi magnit maydonining ko`rinishi,turi va qutublanishi qanday ta’sir ko`rsatadi.?
4. Metall chokini shakllanishiga o`zgarmas, o`zgaruvchan va impulsli magnit maydonlari qanday ta’sir ko`rsatadi?
5. Metall chokining tangachasimon shakllanishiga magnit impulslarining chastotasini tartibi va izi qanday tasir ko`rsatadi.?
6. Payvand chokining geometric o`lchamlariga magnit maydoninig impulslari kattaliklari qanday ta’sir ko`rsatadi? Bu ta’sirlarni qanday tushunish mumkin?
Yüklə 20,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin