Laboratoriya ishi №6 Mavzu: Oqova suvlarni xpk kislorodni kimyoviy istinoli ko'rsatkichini aniqlash. II. Mashg'ulotning maqsadi



Yüklə 23,34 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü23,34 Kb.
#205258
  1   2
5-лаборотория


LABORATORIYA ISHI №6
Mavzu: Oqova suvlarni XPK kislorodni kimyoviy istinoli ko'rsatkichini aniqlash.
II.Mashg'ulotning maqsadi: Ishlab chiqarish korxonalaridan chiqaradigan oqova
suvlardagi XPK ko‘rsatkichini aniqligini o‘rganish.
III .Mashgulotni otkazish uchun kerakli asbob-uskunalar, jihozlar va korgazmali qurollar.
1. Sig‘imi 500, 10sm3, silindr o‘lchagich
2. Sig‘imi 1, 5 va 10 sm3 li bo‘lgan pipetka
3. Sig‘imi 200,100, 300 va 150sm3 li sklyankalar
4. Sig‘imi 100sm3 bo‘lgan silindrlar.
IV. Tajriba mashg‘ulotining bajarish tartibi:
1.Namuna oqova suvlarni tarkibidagi XPK ko‘rsatkichlari to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lish
2.Mashg‘ulotni o‘tkazish uchun uslubiy qo‘llanma bilan tanishish;
V.Mashg‘ulotning bajarganligi to‘g‘risida talabaning hisoboti:
1.Suv tarkibidagi XPK ko‘rsatkichlari to‘g‘risida tushuncha bering.
2.Tajriba qurilmasini chizmasini chizing.
VI.Tajriba mashg‘ulotini bajarish uchun umumiy ma’lumotlar
Ochiq suv havzalarida toza suv kislorodga to‘yingan bo‘ladi. Chuqur yer ostida yotuvchi suvlarni tarkibiga erigan kislorod bo‘lmaydi, u ochiq havo bilan tutashgan vaqtda o‘ziga kislorodni yutadi. Bunda kislorodni suvda eruvchangligi havoning haroratiga, atmosfera bosimiga, kislorodni porsial bosimiga, suvni tarkibidagi tuzlarga bog‘liq bo‘ladi. Suv qanchalik ko‘p ifloslangan bo‘lsa, shuncha ko‘p miqdordagi kislorod organik moddalarni oksidlash uchun sarflanadi va shuncha kam miqdor erigan kislorod suv tarkibida qoladi.
Ochiq suv havzalaridagi suv tarkibida erigan kislorodni mavjudligi suvning sanitariya baholashni asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi. Toza suv havzalaridagi suvning yuzasini qatlamida erigan kislorodni miqdori suvning o'sha vaqtdagi haroratida va bosimida qancha bo‘lishi kerak bo‘lsa, o‘shancha ko‘rsatkichdan kam bo‘lmasligi kerak.
Suvda erigan kislorod deganda kunning soat 12 gacha namunaga olingan suvning 1dm3 hajmida mavjud bo‘lgan kisldorodni milligrammlardagi miqdoriga tushuniladi. O‘z-o‘zini tozalash jarayoni buzilmasligi uchun, oqova suvlarni tozalangandan va suv havzasidagi suvlar bilan qo‘shilgandan keyin uning tarkibidagi erigan kislorodni miqdori 4 mg/dm3 dan kam bo‘lmasligi kerak. Suvning tarkibidagi erigan kislorodni miqdori 1,5 -2,0 mg/dm3 gacha kamayganda suvdagi baliqlarni o‘lishga olib keladi.
XPK (kislorodni kimyoviy zaruriyligi) –deganda suvda tiklanishni xarakterlovchi umumiy tarkibidagi deganda kuchli oksidlash bilan ta’sir ko‘rsatuvchi kattalik tushuniladi. XPK, suvdagi barcha tiklanuvchilarni oksidlash uchun kerakli miqdordagi kislorod bilan aniqlanadi. Amaliyotda oqova suv namunasini oksidlanishi sulfat kislotada bixrom kaliy eritmasi yordamida bajariladi. XPK ni o‘lchash uzoq vaqtda katta aniqlik bilan arbitraj usuli yordamida amalga oshiriladi, tezlashtirilgan usul tozalash inshootining ishini yoki oqova suvni doimiy sarflanishi va tarkibida suvning havzalardagi suvning holatini nazorat qilishni har kunlik tahlili uchun qo'llaniladi.
Tozalashni oxirgi jarayonidan keyin bevosita suvni havzaga tashlashdan oldin , undagi erigan kislorodni miqdori o'lchanadi. Buni bilish suvning korroziyalovchi xususiyatini baholash, shuningdek kislorodni biologik zaruriratini hisoblash uchun zarur. Tajriba uslublaridan eng ko‘p qo‘llaniladigan Vinklerni yodometrik uslubi bo'lib, u 0,0002 kg/m3 dan katta bo‘lgan konsentrasiyadagi kislorod eritmasini aniqlash uchun qo'llaniladi. Kichik konsentrasiyadagi kislorod eritmasi kolorimetrik uslubda oqova suv va maxsus bo'yagichlar orasida boradigan reaksiya natijasida ranglar birikishi intensivligini o‘zgarishiga asoslangan holda aniqlanadi. Avtomatik o‘lchash uchun quyidagi asboblardan foydalaniladi. EG-152-003, AKP -100 va “Oksimetr”
Yodometrik uslubni prinsipi
Tahlil qilinadigan namunaga marganes (II) tuzi va ishqor qo'shiladi. Cho‘kmada marganes gidroksidi (II) hosil bo‘ladi, u suvdagi erigan kislorod bilan oksidlanib marganes to‘rt oksidigan aylanadi (IV) , shuningdek suvda erimagan:

2Mn(OH)2 +O2+2(n-1) H2 O=2MnO2 +H2 O


Ortiqcha sulfit kislotada (xlor vodorodi) va kaliy yodida cho‘kma eriydi tiosulfat natriy eritmasi bilan ajralgan yod titrovivat qilinadi.
J2+2Na2S2O2=2NaJ+Na2S4O6
Aniqlashni borish. Suv manbaidan tekshiriladigan suv po‘kkagi silliqlangan hajmlari 200-300 sm3 bo‘lgan kalibrlangan sklyankalarga olinadi. Sklyankalarni kalibrlash quyidagilardan iborat. Oldin bo‘sh sklyanka 0,1 g gacha aniqlikda o‘lchanadi, keyin u distillirlangan suv bilan to‘ldiriladi va yana qayta o‘lchanadi, massasini grammlardagi farqi sklyankalar hajmini santimetr kublarda ko‘rsatadi.
Sklyankalarni shunday to‘ldirish kerakka, po‘kkakni ostida havo pufpkchalari qolmasin. Sklyankani ostida yig‘ish joyiga 1sm3 kaliy yodli natriy gidroksidi aralashmasi va 1sm3 marganes xloridi quyiladi, 2 sm3 suv to‘kilib po‘kkak berkitiladi, bir tekisli harakatda tarkib aralashtiriladi, sklyankani ostini yuqoriga aylantirib , marganes gidroksidni cho‘kmagan o‘tirishga imkon beriladi. Tajribada, cho‘kma ustidagi suyuqlik tiniqlanganadiki, ostiga 3 sm3 konsentrasiyalashgan xlor vodorod kislotasi quyiladi, sklyanka po‘kkagi berkitiladi va marganes gidroksidi to‘liq eriguncha suyuqlik chayqatiladi.
Suyuqlik konus kolbaga quyiladi, ajralgan yod ochiq sariq rang olgungacha tiosulfat natriy bilan titrlanadi, keyin 1% li kraxmal eritmasidan 1sm3 qo‘shiladi ( suyuqlik ko‘kartiriladi) va ko‘k rang yo‘qolgungacha titrlash sekinlik bilan davom ettiriladi.
Erigan kislorodni miqdori formula bo‘yicha aniqlanadi:
mg/dm3
bu erda: n- titrlashda sarflangan hajmidagi tiosulfat natriy eritmasi, , sm3 ;
0,08 -tiosulfat natriy eritmasiga to‘g‘ri keluvchi kislorordni miqdori, mg;
K -0,01n tiosulfat natriy eritmasini to‘g‘rilagich koeffisent ;
1000- desimetr kubga hisoblash uchun koeffisent;
V -tekshirishga olingan suvni hajmi, sm3;
2-quyilgan reaktivlar hajmi, sm3;

Yüklə 23,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin