Laboratoriya ishi 7 tashqi fottoefekt qonunlarini o’rganish



Yüklə 34,95 Kb.
səhifə2/2
tarix13.05.2023
ölçüsü34,95 Kb.
#112765
1   2
Laboratoriya ishi 7

ASBOBNING TAVSIFI.
Bu ishda fotoeffekt hodisasini o’rganishda SCV-3 fotoelementidan foydalaniladi. SCV-3 fotoelement havosi so’rib olingan shisha ballondan iborat bo’lib, uning ichki sirtiga nur sezuvchi qatlam qoplangan, u fotokatod (FK) vazifasini bajaradi. Anod ballon markaziga joylashtirilgan. O’lchov qurilmasi rasmda (32-rasm) ko’rsatilgan. Yorug’lik manbai L, monoxromator UM-2, FE-fotoelement (FK-fotokatod), tok manbai (PU boshqaruv pulti), V7-30 o’lchov asbobi.
Nur L lampadan 1 tirqish orqali UM - 2 monoxromatorga tushadi. Tirqish 2 vint yordamida sozlanadi. Shunday qilib yorug’lik oqimi miqdorini o’zgartirish mumkin. Harakatlanuvchi 3 vint yordamida 4 to’siq bilan tushadigan yorug’lik oqimini butunlay berkitish mumkin. Yig’uvchi linza 5, lampa L dan kelayotgan nurni parallel nurlar dastasiga aylan-tirib beruvchi prizma 6 ga yo’naltiradi. Prizma 6 darajalangan baraban 7 yordamida buraladi, baraban shkalasi bo’limlari bilan 8 linza yordamida 9 tirqishga fokuslangan nurning to’lqin uzunligi orasidagi muvofiqlik har bir monoxromatorga ilova qilingan darajalash egri chizig’iga (grafigi) qarab aniqlanadi. Chiqish tirqishi 9, vint 10 yordamida sozlanadi.
3. ISH BAJARISH TARTIBI.

1. O’lchov asbobi bilan yaxshilab tanishish kerak.


2. O’lchov asbobini ishga tayyorlash (V7 - 30 pasportiga qarab) kerak.
3. Baraban 7 shkalasi 2500 bo’lim-ga, nur kiradigan tirqish 1 esa "3" bo’limga o’rnatiladi.
4. Yorug’lik manbai L ulanadi.
5. Kalit "+" holatga qo’yiladi.
6. Fotoelementning VAX olish uchun P potenciometr bilan kuchlanish 10 V dan boshlab 200 V gacha o’zgartiriladi va unga mos keluvchi fototok elektr o’lchov asbobi V7-30 dan yozib olinadi.
7. Kuchlanish U nolgacha kamaytiriladi. Kalit "-" holatga qo’yiladi.
8. Volmetr V dastasi "3" holatga qo’yiladi.
9. VAX ning chap qismini olish uchun P potenciometr yordamida kuchlanishni orttirish orqali V7-30 asbobini qator ko’rsatishlari yozib olinadi.
10. O’lchash natijalari jadvalga yoziladi va I= (U) bog’lanish grafigi chiziladi.
11. I tirqishning kengligi "2" va "4" holatlari uchun 5-9 punktlar takrorlanadi.
jadval

tirqish “2”

tirqish “3”

tirqish “4”

U (B)

1

U (B)

1

U (B)

1

0
10
20
.
.















4. NAZORAT UCHUN SAVOLLAR.


1. Fotoeffekt hodisasi deb nimaga aytiladi?
2. Fotoeffekt qonunlarini ayting.
3. Fotoeffekt hodisasi yorug’likning qanday tabiatini tasdiqlaydi?
4. Fotoeffektning qizil chegarasi deb nimaga aytiladi?
5. To’yinish toki deb nimaga aytiladi?
Yüklə 34,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin