Laboratoriya ishi №9(4soat) Kimyoni chuqur o’qitishda qiziqarli tajribalardan o’rinli foydalanish yo’llari. Ishning maqsadi


Kimyo o‘qitish jarayonida kimyoviy tajribani tashkil etish, uning



Yüklə 323,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix30.01.2023
ölçüsü323,49 Kb.
#81791
1   2   3   4
Laboratoriya ishi 9

3.2. Kimyo o‘qitish jarayonida kimyoviy tajribani tashkil etish, uning 
turlari. 
Kimyoviy eksperiment va kimyoning nazariy materiali bir – biriga 
chambarchas bog‘langan bo‘lishi kerak.


Kimyoda eksperimentga boshqa hamma fanlardagidan ko‘ra ko‘proq ehtiyoj 
tug‘iladi. Kimyoning asosiy qonunlari, nazariyalari va xulosalari dalil – isbotlarga 
tayanadi. 
Ba’zi o‘qituvchilar o‘qitish jarayonida kimyoviy eksperimentdan juda 
muvaffaqiyatli sur’atda foydalanadilar. Ammo hamma o‘qituvchilar ham kimyoviy 
eksperimentning o‘qitish jarayonidagi rolini to‘g‘ri tushunavermaydilar. 
O‘quvchilar eksperimentdan uni nazariy jihatdan tushunib olishga va 
umumlashtirishga o‘tishlari, so‘ngra yana eksperimentga o‘tishlari kerak 
(laboratoriya va ishlab chiqarish amaliyotida), nazariyani tekshirib ko‘rish, to‘g‘ri 
tushunish va bilib olish uchun ana shunday qilishlari kerak.
Kimyo fanidan eksperiment: laboratoriya ishlari va amaliy mashg‘ulotlardir. 
Umumiy o‘rta maktabning 7 – 11 sinflarida kimyo darslari o‘tiladi. Har bir 
sinfning kimyo darslarida laboratoriya ishi va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Laboratoriya ishlari darsning nazariy qismi orasida o‘tkaziladi va asosan 
darsda o‘rgatilayotgan mavzuning biror masalasini aniq bilib olishga qaratilgan 
bo‘ladi. 
Amaliy mashg‘ulotlarning asosiy vazifasi esa maxsus darsda nazariy 
masalalarni aniq bilib olishdan ko‘ra ko‘proq, o‘quvchilarda kimyoviy eksperiment 
texnikasi sohasida mustaqil ishlay bilish malakalari hosil qilishdan iboratdir. 
Eng muhim metodik usul – kimyoviy tajribalar qilib ko‘rsatish ham ana shu 
kimyoviy eksperimentga kiradi. O‘qish jarayonida demonstratsiya ham juda katta 
rol o‘ynaydi. Laboratoriya ishlari ham ko‘proq ahamiyatga ega, chunki hamma 
o‘quvchilarga o‘qituvchi ishtirokida ko‘rsatiladi. 

Yüklə 323,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin