7.1. Kommutatorning konfiguratsiyasini chiqaring. Console orqali ulangan PC-A kompyuterda kommutatorning konfiguratsiyasini chiqaring. Show run buyrug‘i hozirgi konfiguratsiyani sahifa ko‘rinishida chiqaradi. Keyingi qatorlarni ko‘rish uchun PROBEL tugmasi bosiladi.
a. Bu erda konfiguratsiyaga misol keltirilgan. Kiritgan sozlanishlar sariq rangda ajratilgan. Konfiguratsiyaning boshqa ko`rsatkichlari IOS ning o‘zida o‘rnatilgan sozlanish hisoblanadi.
7.2. To‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lanishni exo so‘rov jo‘natish orqali tekshiring. a. PC-A kompyuterdan kommutatorning SVI interfeysining administrativ manziligi exo so‘rov jo‘nating
C:\Users\User1> ping 192.168.1.100
PC-A kompyuter Sohibjon kommutatorning MAC manzilini ARP protokoli yordamida olishi kerak. Birinchi paket uzatmada kutish vaqti tugashi mumkin. Lekin exo – so‘rov amalga oshmasa, qurilmaning bazaviy sozlanishidagi nosozlikni tekshiring va sozlang.
7.3. Sohibjon kommutatorni uzoqdan boshqarishni tekshiring. Qurilmaga uzoqdan kirishni Telnet orqali amalga oshiring. Bizning misolda kompyuter va kommutator yonma – yon joylashgan. Ishlab chiqarishda esa kompyuter 1 qavatda, kommutator boshqa qavatda joylashgan bo‘lishi mumkin. SHu sababli kommutatorni uzoqdan boshqarish uchun Telnet dan foydalaniladi.
PC-A kompyuterning cmd oynasida Sohibjon kommutatorga SVI administrativ manzil orqali ulanish uchun telnet /SSH buyrug‘ini kiriting. C:\Users\User1> telnet 192.168.1.100
C:\Users\User1> ssh –l admin 192.168.1.100
b. cisco parolini kiritgandan so‘ng foydalanuvchi rejimiga o‘tgan hisoblanadi. Imtiyoz rejimiga o‘ting.
c. Telnet yoki SSH seansini tugatish uchun exit ni kiriting.
7.4. Kommutatorga kiritilgan o‘zgarishlarni saqlang. Konfiguratsiyani saqlang.
Sohibjon# copy running-config startup-config
Destination filename [startup-config]? [Enter]
Building configuration...
[OK] Sohibjon#