Laboratoriya ishi Bajardi: Boqijonov Sohibjon Tekshirdi: Xasanov Orifjon Toshkent 2022



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə1/6
tarix11.05.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#111210
  1   2   3   4   5   6


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XOZAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI
Fakulteti 414-20 guruh talabasi
Kompyuter tarmoqlari fanidan
1-2-3 laboratoriya ishi

Bajardi:Boqijonov Sohibjon
Tekshirdi: Xasanov Orifjon


Toshkent 2022


1 – 3 LABORATORIYA ISHI
TARMOQ QURILMALARIDA DASTLABKI SOZLAMALARINI O’RNATISH


Ishdan maqsad : Kommutator qurilmasining tuzilishi, ishlash tamoyillari, masofadan kirishni ta’minlash usullari hamda xavfsizlik ko’rsatkichlarini sozlash qoidalarini tadqiq qilishdan iborat.
Ushbu laboratoriya ishida 1.1 – rasmda keltirilgan tarmoq tuzilishi bo`yicha konfiguratsiya ishlari amalga oshiriladi.



1.1 – rasm. Tadqiq qilinayotgan tarmoq tuzilishi


1.1-jadval

Manzillash jadvali


Qurilma

Interfeys

IP-manzil

Tarmoq maska

Asosiy shlyuz

Switch

VLAN 1

192.168.1.100

255.255.255.0

192.168.1.1

Laptop

Tarmoq adapteri

192.168.1.2

255.255.255.0

192.168.1.1


Topshiriq


1. Tarmoq qurilmasini asosiy ko‘rsatkichlarini sozlash

  • Console porti orqali kommutatorning asosiy ko‘rsatkichlarini sozlang

  • kompyuter uchun IP- manzilni o‘rnating.

  • Telnet protokoli yordamida masofadan kirishni sozlang

  • SSH protokoli yordamida masofadan kirishni sozlang



2. Tarmoq bog‘lanishni tekshiring



  • qurilmaning konfiguratsiyasini ko‘rsating

  • telnet yordamida uzoqdan boshqarishni testlang

  • kommutatorning hozirgi konfiguratsiyasini saqlang.



Qisqacha nazariy ma’lumotlar

Cisco IOS qurilmalarining buyruqlar satri interfeysi (CLI- Command Line Interface) ga kirishning bir necha yo‘llari mavjud. Quyida eng keng tarqalgan usullar keltirilgan:



Console port — Konsol porti Cisco qurilmasini sozlash uchun tashqaridan kirishni ta’minlaydigan boshqaruv portidir. Konsol portidan foydalanishning afzalligi shundan iboratki, qurilmaga tarmoq xizmatlarini konfiguratsiya qilmasdan ham kirish mumkin, masalan, tarmoq qurilmasining dastlabki konfiguratsiyasi holatida. Boshlang‘ich konfiguratsiya bajarilganda, kompyuterning maxsus kabeli (RS232) yordamida qurilmaning konsol portiga ulanadi va sozlash ishlari amalga oshiriladi.
TELNET (terminal network) — tarmoq bo‘ylab qurilmalarga murojat qilish uchun mo‘ljallangan tarmoq protokoli. Protokolning zamonaviy standarti RFC 854 da yozilgan.
TELNET protokolining vazifasi terminal qurilmalar o‘rtasida o‘zaro ishlashni ta’minlashdan iborat. Bu protokol terminal-terminal ko‘rinishdagi aloqada ishlatiladi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin