INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE
“DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL
IMPLEMENTATION IN THE SPHERES”
APRIL 27-28, 2023
392
VPN ORQALI MASOFADAN XAVFSIZ KIRISHNI TASHKIL ETISH
1
A. A. Muradova,
2
I. L. Kudratov
1
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU, PhD, dotsent
2
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU, 2-kurs magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.7856605
Annotatatsiya. Maqolada VPN orqali masofadan xavfsiz kirishni tashkil etish xususiyatlari
keltirilgan. Maqola VPN (Virtual Private Network) texnologiyasi, VPN turlari va qo‘llanilishi,
VPN ishlash tartibi bo‘yicha ma’lumotlar mavzuga oid adabiyotlar va internetdan olingan
ma’lumotlardan foydalangan holda yozildi.
Kalit so'zlar: Internet, TCP/IP, protokol, Intranet, Ekstranet, VPN.
Internetning gurillab rivojlanishi natijasida dunyoda axborotni tarqatish va foydalanishda
sifatiy o‘zgarish sodir bo‘ldi. Internet foydalanuvchi lari arzon va qulay kommunikatsiyaga ega
bo‘ldilar. Korxonalar Internet kanallaridan jiddiy tijorat va boshqaruv axborotlarini uzatish
imkoniyatlariga qiziqib qoldilar. Ammo Internetning qurilishi prinsipi niyati buzuq odamlarga
axborotni o‘g‘irlash yoki atayin buzish imkoniyatini yaratdi. Odatda, TCP/IP protokollar va
standart lnternet-ilovalar (e-mail, Web, FTP) asosida qurilgan korporativ va idora tarmoqlari
suqilib kirishdan kafolatlanmaganlar. lnternetning hamma yerda tarqalishidan manfaat ko‘rish
maqsadida tarmoq hujumlariga samarali qarshilik ko‘rsatuvchi va biznesda ochiq tarmoqlardan
faol va xavfsiz foydalanishga imkon beruvchi virtual xususiy tarmoq yaratish ustida ishlar
olib borildi. Natijada, 1990-yilning boshida virtual xususiy tarmoq konsepsiyasi yaratildi.
«Virtual» iborasi VPN atamasiga ikkita uzel o‘rtasidagi ulanishni vaqtincha, deb ko‘rilishini
ta’kidlash maqsadida kiritilgan. Haqiqatan, bu ulanish doimiy, qat’iy bo‘lmay, faqat ochiq tarmoq
bo'yicha traflk o‘tganida mavjud bo‘ladi. Virtual tarmoq VPNlarni qurish konsepsiyasi asosida
yetarlicha oddiy g‘oya yotadi: agar global tarmoqda axborot almashinuvchi ikkita uzel bo‘lsa,
bu uzellar orasida ochiq tarmoq orqali uzatilayotgan axborotning konfidensialligini va yaxlitligini
ta’minlovchi virtual himoyalangan tunnel qurish zarur va bu virtual tunneldan barcha
mumkin bo‘lgan tashqi faol va passiv kuzatuvchilarning foydalanishi haddan tashqari qiyin
bo‘lishi lozim [1].
VPN o‘zi nima? VPN Virtual Private Network (Virtual shaxsiy tarmoq) so'zlarining
qisqartmasi bo'lib, unda siz ochiq tarmoqdagi ikkita kompyuterni bir-biriga ulab, shaxsiy va
maxfiy bog'lanishni yaratasiz. VPNlar dastlab uylaridan turib nozik ish hujjatlarini internet orqali
ko'rishni xohlagan kompaniya ishchilari uchun yaratilgan. Shundan beri u mashhur bo'lib, oddiy
foydalanuvchilar qo'liga ham yetib bordi. VPN foydalanuvchiga har qanday ma'lumotni "internet
tunneli" deb ataladigan tarmoq orqali jo'natish va olish imkoniyatini beradi.
Dostları ilə paylaş: |