Digital technologies: problems and solutions of practical implementation in the spheres



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix13.06.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#129400
1   2   3   4   5
vpn-orqali-masofadan-xavfsiz-kirishni-tashkil-etish

VPN qanday ishlaydi? VPN ma'lum bir kompyuter yoki tarmoqqa xavfsiz bog'lanish 
imkoniyatini bersa ham, undan shaxsiy ma'lumotlaringizni himoyalash va bloklangan saytlarga 
kirish vositasi sifatida ham foydalanishingiz mumkin [3]. 
Qaysidir bir VPN xizmatini sozlab, o'rnatib olganingizdan so'ng, kompyuteringiz shu 
xizmatga aloqador VPN tarmoqlariga xavfsiz ulanadi. Shundan so'ng, masalan, bloklangan 
YouTube saytiga kirmoqchi bo'lsangiz, bu sayt uchun murojaatingiz VPN serveriga yuboriladi va 
bu server YouTube saytini bloklanmagan manzildan olib sizga jo'natadi. Shu yo'l bilan xuddi 
YouTubega to'g'ridan to'g'ri ulanayotgandek bo'lasiz, lekin aslida siz VPN orqali boshqa bir 
yashirin manzil va ma'lumotlar bilan saytni ochayotgan bo'lasiz. 
Ammo shu yerda bir lekini bor. Agar hukumat VPN kompaniyasi ishlatayotgan biror 
serverdan xabar topsa, shu serverni bloklab qo'yishi mumkin va natijada u orqali siz bloklangan 
saytlarni ocha olmaymiz. Shuning uchun VPN kompaniyalari ko'plab serverlar bilan ishlashadi va 
ularni aniqlab bloklash qiyin bo'ladi. 
VPN menga qanday yordam berishi mumkin? Internet markazlashmagan boshqaruv 
tizimiga asoslangani bois hukumatlar uchun VPNlarni aniqlash va bloklash juda qiyin. Ular 
sizning onlayn va shaxsiy ma'lumotlaringizni himoya qilishda ham samarali ishlaydi. Internetga 
ko'p ma'lumot joylash yoki ko'chirib olish bilan shug'ullansangiz va bu faoliyatingiz uchun 
jazolanishdan qo'rqsangiz, VPN sizga qo’l kelishi mumkin. 
Turli VPN tanlovlari mavjudligi boshida sizni biroz chalg'itishi mumkin. Har bir 
tarmoqning ishlash uslubi va texnik qoidalari har xil bo'ladi va bir VPNning imkoniyatlari 
boshqasiniki bilan bir xil bo'lmasligi mumkin. Shuningdek, texnik bilimi cheklangan odamlar 
uchun uni ishlatish murakkab tuyuladi. Mavzuni biroz tadqiq qilsangiz va bunday dasturlarni 
yaxshi tushunadigan ishonchli do'stlaringizdan yordam olsangiz, qanday VPN tanlash bo'yicha bir 
qarorga kelishingiz osonlashadi. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin