Laboratoriya ishi CorelDraw dasturi bilan tanishish. To’g’ri va egri chiziqlar chizish. Pick


Sodda atroflama chiziqlar va to’ldirishlar



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix07.12.2022
ölçüsü0,97 Mb.
#72977
1   2   3   4   5
Laboratoriya ishi CorelDraw dasturi bilan tanishish. To’g’ri va

Sodda atroflama chiziqlar va to’ldirishlar. 
Dastur haqida 
CorelDRAW xozirda eng ko’p tarqalgan vektorli grafik 
muharrirlardan biri hisoblanadi. Ishlatish va sozlash qulayligi, 
tarkibiga kiritilgan ko’plab effektlar to’plami foydalanuvchilarni bu 
dasturni ishlatishga yanada ko’proq jalb qilmoqda. Dastur 
interfeysining qulayligi qisqa vaqtda uning asosiy imkoniyatlari 
haqida tushuncha xosil qilish imkoniyatini beradi. 
CorelDRAW dasturini o’rganishning eng samarali usuli - bu 
dasturda ko’proq amaliy ishlashdir. Dasturni endi o’rganishni 
boshlagan foydalanuvchilar katta miqdordagi murakkabma‘lumotlarni 
o’zlashtirmasdan ham kompyuter grafikasi olamiga kirishib ketishi 
mumkin. 


Corel kompaniyasi CorelDRAW Graphics 
Suite dasturlar to’plamini rivojlantirish yo’lida 
ko’plab 
ishlar 
olib 
bormoqda, 
CorelDRAW 
Graphics Suite X3/X4 dasturlar to’plamlari shular 
jumlasidandir. 
Kompaniya 
mutaxassislarining 
ta‘kidlashicha, 
bu 
dasturlarda 
o’nlab sezilarli 
o’zgarishlar va yuzlab qo’shimchalar kirirtilgan. 
Bu o’zgarishlar dasturni haqiqatdan ham yanada yaxshilanishiga olib 
keldi, 
ayniqsa 
dasturni 
endi 
ishlatishni 
boshlagan 
foydalanuvchilar uchun qulayliklar ko’paydi. 
2 5 yil CorelDRAW foydalanuvchilari uchun alohida 
ahamiyatli bo’ldi. Dasturning birinchi rasmiy ruscha versiyasi-
CorelDRAW Graphics Suite 12 Russian Edition dasturlar to’plami 
ishlab chiqarildi. 
CorelDRAW dasturi ishlab chiqaruvchilari ham odatda 
pikselli tasvirlarni dpi larda o’lchashadi, shuning uchun ushbu 
qo’llanmada ham o’lchovlar dpi larda beriladi. 
CorelDRAW dasturi asosan vektorli tasvirlar yaratish va 
ular bilan ishlashga mo’ljallangan bo’lsada, unda rastrli tasvirlar 
bilan ham ishlash mumkin. 
Vektorli tasvir deb, faqat yaqqol ajratilgan nuqta (tugun)lar 
va 
bu nuqtalarni qandaydir qonunlarga asosan tutashtiruvchi 
chiziqlarlardan tashkil topgan tasvirga aytiladi. 
Vektorli 
figuralar 
bo’yalgan 
(ichki 
tomondan) 
qism 
va 
chegaraga (tashqi tomondan o’rab turuvchi bo’yalgan chiziq) ega bo’lishi 
mumkin (2.1-rasm).


Chegara bo’yalgan qism 
Vektorli tasvirning ichki va tashqi qismlari 
CorelDRAW dasturida yaratilgan hujjatlarda 
OLE 
(
Object 
Linking and Embedding 
— ob‘yektlarni bir-biriga bog’lash va joriy 
qilish) texnologiyasi orqali 
yaratilgan 
maxsus 
ob‘yektlar 
ham 
ishlatilishi mumkin. Bunday ob‘yektlarni o’zgartirish uchun, ob‘yekt 
ustiga ikki marta sichqoncha chap tugmasini bosish orqali bu 
ob‘yekt yaratilgan dasturni ochib o’zgartirish mumkin. 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin