Pick (ko’rsatgich) instrumenti bilan ishlash.
Corel Draw dasturlari pakеti haqida umumiy ma’lumоtlar
Corel DRAW - bu illyustratsiyalarni vektor grafikasi printsipiga asoslangan
holda yaratuvchi va tahrirlovchi dastur hisoblanadi. Corel DRAW dasturining
imkoniyatlari unda turli hil grafik kompozitsiyalarni yaratishga yordam beradi.
Ayniqsa dinamik interaktiv instrumentlar, turli hil effektlar va grafik ma'lumotlarni
HTML va PDF formatlarida tayyorlash imkoniyatlari yaratilgan. Bundan tashqari
Corel DRAW grafik muharririda ranglar palitralarida turli hil ranglarni tanlash
mumkin. Shuningdek turli formatlar bilan ishlashda yordam beruvchi turli
instrumentlar, import va eksport uchun zarur bo`lgan ko`plagan filtrlar, tasvirni
nashr qiluvchi vositalar ijodkor uchun eng yuqori ijodiy muhit yaratib beradi.
Corel DRAW grafik muharriridagi asosiy dasturlar
Corel DRAW 9 quyidagicha qismlardan tashkil topgan;
Dastur fayllari (Program Files)
Ma'lumot beruvchi fayllar (Help files)
O`rgatuvchi dasturlar va namunalar (Tutors and Examples)
Konturlar va zalivkalar (Outlines & Fills)
Makroslar (Scripts) va zagotovkalar (Presets)
Corel PHOTO - PAINTS quyidagi qismlardan tashkil topgan;
Dastur fayllari (Program Files)
Ma'lumot beruvchi fayllar (Help files)
O`rgatuvchi dasturlar va namunalar (Tutors and Examples)
Makroslar (Scripts) va zagotovkalar (Presets)
Filtrlar
Corel DRAW grafik muharririda quyidagicha filtrlar mavjud:
Rastr formatlari filtrlari: CPT, TIF, PCX, BMP, GIF, JPG, PCD, PSD, MAC,
PP5, TGA, SCT, FPX, PNG, RAW, DCS, WI, IMG, RIFF Painter 5.
Vektor formatlari filtrlari: WPG, AI, DXF, CGM, CMX, CDR, CPX, CDX,
EPS, EMF, HPGL/PLT, PCT, Interpreteel Past Scpript, WMF, PDF, PSF, DWG,
3DMF, VSD, TTF.
Animatsiya fayllarining barcha filtrlari.
Tekst fayllari filtrlari: WP8, DOC, RTF, TXT, XLS, WQ/WB, WK.
Internet formatlarining barcha filtrlari. Shuningdek:
66 ta standart shrift.
Corel Uninstall.
Readme fayllari mavjud.
Yordamchi dasturlar
Corel DRAW 9 grafik muharririning kompakt-diskida bir qancha yordamchi
dasturlar mavjud:
Adobe Acrobat Reader 4
Canto Simulus Deskbop
Apple Qvik time 3.0
Misrosoft internet explorer 5
Corel DRAW grafik muharririni ishga tushirish
Corel DRAW dasturini ishga tushirgandan so`ng uning oynasi 1-rasmdagidek
ko`zga tashlanadi. Grafika ustida ishlash uchun Welcom to Corel DRAW (Corel
DRAWga xush kelibsiz) dialog oynasidagi variantlardan birini tanlash lozim. Agar
biz New Graphic (Yangi hujjat) variantini tanlasak ekran markazida nashr varag`i
bo`lgan - rasmdagidek standart oyna paydo bo`ladi. Ushbu dialog oynasidagi What
is New (Yangiliklar) bo`limidagi Corel DRAW dasturiga oid yangi o`zgarishlarni
bilib olamiz.
Quyida Corel DRAW oynasining asosiy elementlari haqida ma'lumotlar
keltiramiz.
Satr boshi qatoridan va nashr varag`idan boshqa barcha yuzalar ishchi soha
deb yuritiladi. Oynaning chap burchagida grafika paneli, o`ng tomonida esa ranglar
palitrasi joylashgan. Oynaning yuqoridagi chekkasidan ketma-ket holda satr boshi,
menyu satri, standart instrumentlar paneli va atributlar paneli joylashgan.
Oynaning pastki qismida gorizontal aylantirish yo`lchasi, undan pastda esa holat
satri joylashgan. Oynaning markazida nashr varag`i joylashgan. Soyali ramka esa
varaq chegarasi hisoblanadi. Varaqni o`rab turgan oq maydon esa hujjat oynasining
ishchi maydoni deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |