Ishlab chiqarish xona havosining changlanish darajasini baholash uchun changning havodagi miqdorini (chang konsentratsiyasini), changning kimyoviy tarkibini, uning eruvchanligini, zaharliligi va chang zarrachalari shaklini bilish zarurdir.
Ilmiy izlanishning maqsadiga ko‘ra havoning changlanishini darajasini gravimetrik (massasini o‘lchash), konimetrik (sanash), optik elektr, fotoelektrik va boshqa usullar bilan aniqlash mumkin.
SN 245-71 va GOSТ 12.1.005-88 tomonidan turli changlar (aerozollar) uchun, ularning fibrogen va zaharlilik xususiyatlariga bog‘liq ravishda, ishlab chiqarish xonalari va ish o‘rinlari havosi tarkibida eng yuqori yo‘l quyiladigan konsentratsiyalari (EYuK) ishlab chiqilgan (1-ilova). Bu konsentratsiyalar chang tarkibida erkin holda bo‘lishi mumkin bo‘lgan kremniy ikki oksidining ( ) erkin holdagi nisbiy miqdoriga bog‘liq (foiz hisobida) holda ham belgilangan.