1. Massasini o‘lchash usuli bilan chang miqdorini aniqlashning nazariy asoslari
Massasini o‘lchash usuli bilan havodagi chang miqdorini aniqlash statik elektrlashtirilgan maxsus AFA-VP filtrlari orqali changlangan havoni (aerozolni) so‘rib o‘tkazishga va filtrning tajribadan oldingi va keyingi massalari farqini so‘rib o‘tkazilgan havo hajmiga bo‘lishga asoslangan, ya’ni:
mg/m3 (2.1)
bu yerda: - havodagi chang miqdori, mg;
m1 - filtrning tajribadan oldingi massasi, mg;
m2 - filtrning tajribadan keyingi massasi, mg;
V0 - tajribada filtr orqali so‘rib o‘tkazilgan havoning normal sharoitda, ya’ni havo temperaturasi 0 ºS va bosim 760 mm.sim.ust. teng bo‘lganda egallashi mumkin bo‘lgan hajmi, l.