- laboratoriya ishi
Kalorimetriya. Kalorimetr doimiyligini topish. Tuzlarning erish issiqliklarini
aniqlash
Tuzning suvda erishida modda tuzilishining boshqa holatdagi o’zgarishlari kabi,
issiqlik
yutilishi yoki ajralishi kuzatiladi. Moddalarda sodir bo’ladigan o’zgarishlardagi issiqlik
effektlarini o’rganish bilan termokimyo fani shug’ullanadi. Termokimyo asosida 1840
yilda
akadimek G.I.Gess tomonidan kashf qilingan qonun yotadi.
Bu qonunga binoan,
reaksiyaning
issiqlik effekti faqat ta’sirlashayotgan moddalarning boshlang’ich va oxirgi holatiga bog’liq
bo’lib, ularning bir holatdan boshqa holatga qanday yo’l bilan o’tganligiga bog’liq emas.
Bu qonun yordamida aniq o’lchov olib bo’lmaydigan joydagi modda o’zgarishining
issiqlik effektini hisoblab topish mumkin. Masalan, to’g’ridan-to’g’ri yo’l bilan o’lchash
yordamida kristallgidrat hosil bo’lishining issiqlik kattaligini aniq hisoblash qiyin, chunki suv va
suvsiz qattiq moddadan kristallgidrat hosil bo’lishi suvsiz modda kristallarining yuza qavati suv
bilan ta’sirlashishi boshlanishida juda tez boradi, so’ngra esa reaksiya tezligi sekinlashadi va tez
tugamaydi.
Bundan tashqari, moddaning suvda erish jarayoni qiyinlashadi. Ammo
termokimyoning asosiy qonuni yordamida suvsiz tuzning va kristallgidratning
erish isiqligini
o’lchash va birinchi kattalikdan ikkinchisini ayirish bilan kristallgidrat hosil bo’lish
issiqligini
aniqlash mumkin.
Q = Q
suvsiz tuz
– Q
kristallgidrat
(1)
Tuz suvda erishi bilan birga yana ikki jarayon sodir bo’ladi:
1. Modda kristall panjarasining buzilishi va molekulalarning ionlarga dissosilanishi, bunda
Q
1
ga teng miqdorda issiqlik yutiladi.
2. Ionlarning gidratlanishi. Bunda Q
2
ga teng miqdorda issiqlik ajraladi.
Tuzning erish issiqligi bu ikkala jarayondagi issiqlik effektlarining algebraik yig’indisiga
teng: