Ishning borishi. Tajriba. Tuzning gitratlanish issiqligini aniqlash uchun 1 mol suvsiz tuz va uning
kristallgidratining erish issiqligini aniqlash lozim. Ularni topish uchun aniq tuz massasining
erishidagi temperatura o’zgarishi aniqlanadi. Erish issiqligini topishda (2-formula) kalorimetr
doimiysi ishlatilganligi tufayli suv miqdori barcha tajribalarda kalorimetr doimiysini aniqlagandek
massada, ya’ni 300 g olinishi kerak. Taxminan 8 g maydalangan mis kuporosi o’lchab olinadi va
uni probirkaga joylashtiriladi. Olingan tortimda qancha suvsiz tuz a (g) va suv b bo’lishi hisoblab
topiladi. Oldindan o’lchangan stakanga 300 g suv quyiladi va yana 0,1 g gacha aniqlikda
o’lchanadi. Mis kuporosining erishi issiqlik yutilishi bilan borganligi uchun Bekman
termometridagi simob ustunini shkalaning yuqori qismiga moslanadi. Tuzli probirka idish
qopqog’iga o’rnatiladi. Dastlabki, asosiy va so’nggi bosqichdagi temperatura o’zgarishi aniqlanadi
hamda grafikdan tuz erishida kuzatilgan temperatura o’zgarishi topiladi.
Kukun holidagi 9-10 g mis kuporosi chinni tigelda suvsiz oq kukun hosil bo’lguncha
aralashtirib turgan holda qizdiriladi. Olingan oq kukun darhol probirkaga solinadi va rezina tiqin
bilan mahkamlanadi. Sovutilgandan so’ng a (g) ga teng bo’lgan suvsiz tuz tortib olinadi va
yuqorida ko’rsatilganidek 300 g suvda uning erishidagi temperatura o’zgarishi aniqlanadi.
Mis(II) sulfat erishida issiqlik ajralishini inobatga olib, Bekman termometri-dagi simob
ustuni shkalaning pastki qismiga sozlanadi.
Topilgan kalorimetr doimiysi K dan va tajriba natijalaridan suvsiz tuz va uning
kristallgidratining
erish
issiqligi
quyidagi
formula
bo’yicha
hisoblab
topiladi:
n t K Q erish
(4)
Suvsiz tuzdan kristallgidrat hosil bo’lish issiqligi – Q (1) tenglama bo’yicha topiladi:
Q = Q
suvsiz tuz
– Q
kristallgidrat